4.2. O„zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, mazmuni va ahamiyati
Ma‘lumki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh
qilishning asosiy yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. 2000 yil 14 dekabrda ―Byudjet
tizimi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri
o‗tgan davr mobaynida byudjet tizimi amaliyotida bir qator o‗zgarishlar sodir bo‗ldi,
ular:
davlat byudjeti ijrosi g‗aznachilik tizimining joriy etilishi;
bir qator davlat maqsadli jamg‗armalari va boshqa nobyudjet fondlarining
tuzilishi va amal qilishi;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo‗shimcha mablag‗larni jalb
qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi;
byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi;
yangi tahrirdagi O‗zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va
amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog‗liq bo‗lib, byudjet qonunchiligini
yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi.
Natijada amaldagi ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi hamda ―Davlat byudjetining
g‗azna ijrosi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan
normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida o‗z aksini
topdi.
Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014 yildan boshlab amalga kiritilgan
yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada
mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet
mablag‗laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim
etish sifatini oshirishga qaratilgan.
Ushbu Kodeks O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat
38
tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul
qilingan bo‗lib, 9 ta bo‗lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks:
-
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish
asoslarini;
-
O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning
tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
-
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalaridaromadlarini shakllantirish
va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
-
davlat
byudjeti
tuzilmasiga
kiruvchi
byudjetlar
o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‗lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi,
davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, respublika va mahalliy
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‗g‗inlari
o‗rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni tashkil
qilish va ular mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib
chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‗lgan ziddiyatlarni
bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet jarayonini tashkil
etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini
tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.
Byudjet Kodeksining alohida boblarida byudjet tizimi, uning tamoyillari,
byudjet tizimini boshqarish organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari, byudjet
tizimi tarkibiga kiruvchi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari kabilar belgilab
berilgan.
Xalqaro tajribada Byudjet kodeksi – ma‘lum bir mamlakat byudjet tizimining
asoslarini, uning tuzilishi, umumiy prinsiplarini, turli darajadagi byudjetlar va
ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo munosabatlarni,
byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilovchi qonun
hujjati hisoblanadi.O‗zbekistonda mazkur Kodeks mamlakatimizning mustaqillik
davridagi qonunchilik faoliyatida qabul qilingan o‗n oltinchi kodeks bo‗lib, u
ko‗pqirrali moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiluvchi Bojxona va
Soliq kodekslaridan keyin qabul qilingan byudjet-moliya sohasiga taalluqli bo‗lgan
uchinchi kodeksdir.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |