31
Konsolidatsiyalashgan byudjetO‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan moliya yili yakunlari bo‗yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet
tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‗armalari
bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‗zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi mablag‗larini, ular o‗rtasidagi
transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi ―Byudjet kodeksi‖ning 46-moddasiga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga quyidagilar
kiradi: Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‗armalarining byudjetlari, byudjet
tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‗armalari, O‘zbekiston Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi mablag‗lari.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga
kiritiladigan davlat maqsadli jamg‗armalarining ro‗yxati O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti bilan bir qatorda,
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‗armalarining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar bilan ta‘minlash
maqsadida davlat byudjeti tarkibidan ma‘lum maqsadlarga mo‗ljallangan byudjetdan
tashqari maqsadli fondlar shakllangan. Masalan, davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi
―ijtimoiy sug‗urta fondi‖ negizida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi tuzilgan.
Bu va shu kabi boshqa fondlar davlat byudjetidan ajralib chiqqani bois adabiyotlarda
―nobyudjet fondlar‖ yoki ―byudjetdan tashqari fondlar‖ deb yuritilgan. Shuningdek,
Byudjet kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishigacha bo‗lgan oxirgi o‗n
yilliklar davomida ―Byudjet tizimi to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
Qonunining 20-moddasi bilan bir qator jamg‗armalarning davlat byudjetida
konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab berildi va ular byudjet nazariyasi va
amaliyotida ―davlat maqsadli jamg‗armalari‖ degan umumiy nom oldi. Lekin
jamlanma byudjet tarkibiga kirmagan, shakllanish manbalari va ishlatish yo‗nalishlari
hukumatning tegishli qarorlari bilan belgilab qo‗yilgan, vazirliklar va boshqa davlat
idoralari tasarrufidagi fondlar ham bugungi kunda davlatning ayrim ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarini qo‗shimcha mablag‗ bilan ta‘minlash uchun xizmat qilib kelmoqda va
ularga nisbatan adabiyotlarda ―maqsadli fondlar‖ iborasi qo‗llanilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga muvofiq, mablag‗lari soliqlar,
majburiy to‗lovlar va jarimalar, shuningdek, byudjet subsidiyalaridan
shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg‗armalari davlat funksiyalarini amalga
oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli jamg‗armalari O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi. Davlat maqsadli
jamg‗armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi
mumkin
25
.
25
O‗zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. 2013-y., 26-dekabr. 36-modda.
32
2021-yilning 1-sentyabr holatida konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi
davlat maqsadli jamg‗armalari qatoriga quyidagi jamg‗armalar kiritilgan
26
:
−
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini
rivojlantirish agentligining ―El-yurt umidi‖ jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat va jamiyat
ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‗yilishi munosabati bilan jismoniy va
yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‗yicha markazlashtirilgan
jamg‗arma;
−
O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
huzuridagi Bandlikka ko‗maklashish davlat jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‗llab-
quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
huzuridagi Jamoat ishlari jamg‗armasi;
−
Tadbirkorlik faoliyatini qo‗llab-quvvatlash davlat jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Davlat
aktivlarini
boshqarish,
transformatsiya
va
xususiylashtirish jamg‗armasi;
−
Xotin-qizlarni va oilani qo‗llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‗armasi;
−
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy
yordamni rivojlantirish jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi
bo‗lgan shaxslarni qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‗mitasi huzuridagi
byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‗llab-quvvatlash jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Qishloq xo‗jaligi vazirligi huzuridagi Bog‗dorchilik
va issiqxona xo‗jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‗dorchilik va issiqxona
xo‗jaligini rivojlantirish jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda
vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‗armasi;
−
―O‗zbekbaliqsanoat‖ uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat
qarziga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha kafolat jamg‗armasi;
−
O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan jamg‗armalar faoliyati amaldagi qabul qilingan
huquqiy-me‘yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi
26
O‗zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‗RQ-657-son ―2021-yil uchun O‗zbekiston Respublikasining
Davlat byudjeti to‗g‗risida‖gi Qonuni. 4-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: