25
o‗rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‗zaro munosabatlar
yig‗indisini o‗zida ifodalaydi‖
22
, - deb ta‘rif berilgan.
Tor ma‟noda byudjet tizimi
mamlakat ma‘muniy-hududiy tuzilishiga mos
ravishda shakllangan va yagona byudjet tizimiga kiruvchi barcha darajadagi
byudjetlar yig‗indisidan iborat.
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek,
byudjet tizimi byudjetlari o‗rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O‗zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi,
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har moliyaviy yil qabul qilinadigan
―O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‗g‗risidagi‖ Qonuni va O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan ―O‗zbekiston
Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti
parametrlari to‗g‗risida‖gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga
oshiriladi.
O‗zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining
asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat
23
:
1.
Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi
–byudjet hujjatlari va byudjet
hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‗lishi hamda byudjet tizimi
byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet
hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.
2.
Byudjet tizimining O„zbekiston Respublikasi ma‟muriy-hududiy tuzilishiga
muvofiqligi prinsipi
– byudjet tizimi O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-
hududiy tuzilishiga muvofiq bo‗lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq,
O‗zbekiston Respublikasining har bir ma‘muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog‗iston
Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o‗z byudjetiga ega bo‗lib, u mamlakatdagi
yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo‗g‗inini tashkil qiladi.
3.
Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o„zaro bog„liqligi prinsipi –
byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va
taqchillikni qoplash manbalari yig‗indisining hajmiga muvofiq bo‗lishi kerak. Bu
prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika byudjeti, mahalliy
byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo‗lishini, shu bilan birga, byudjet
ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan nomutanosibligi
byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda
tutadi, ya‘ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag‗lari
mazkur byudjetlarning balansliligini ta‘minlash uchun turli darajadagi byudjetlar
o‗rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: