4.1-jadval
MDH davlatlarida Byudjet kodeksining mavjudligi to„g„risida ma‟lumot
№ MDHdavlatlari
Byudjet kodeksining mavjudlik holati
1.
Armaniston
mavjud emas
2.
Belorussiya
mavjud, 16.07.2008 yilda qabul qilingan
3.
Moldaviya
mavjud emas
4.
Ozarbayjon
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
5.
Rossiya
mavjud, 31.07.1998 yilda qabul qilingan
6.
Tojikiston
mavjud emas
7.
Turkmaniston
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
8.
Ukraina
mavjud, 21.06.2001 yilda qabul qilingan
9.
Qozog‗iston
mavjud, 04.12.2008 yilda qabul qilingan
10. Qirg‗iziston
mavjud emas, loyihasi ustida ishlanmoqda
11. O‗zbekiston
mavjud, 26.12.2013 yilda qabul qilingan
Yuqorida sanab o‗tilgan barcha o‗zgartirishlar va yangiliklar ilg‗or xalqaro
tajribani o‗rganish asosida joriy etilgan bo‗lib, ularda mamlakatimiz byudjet
tizimining samaradorligi hamda ochiq-oydinligini yanada oshirish ko‗zda tutilgan.
4.3. Soliq kodeksi, uning davlat byudjetini shakllantirishdagi ahamiyati
Mamlakatimizda
kechayotgan
iqtisodiy
jarayonlar,
tadbirkorlar
va
ishbilarmonlarga biznesni yuritish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish
borasidagi yengilliklar, kichik biznes subyektlariga berilayotgan preferensiyalar soliq
mexanizmlarini ham yanada takomillashtirishni hamda yangi tahrirdagi Soliq
kodeksini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga keltirdi.
2007-yilgacha amalda bo‗lgan Soliq kodeksi 135 moddadan iborat bo‗lib, soliq
munosabatlarini tartibga solishda kodeks bilan birga ko‗pgina yo‗riqnoma, nizom va
tartiblar ham qo‗llanilar edi. Soliq qonunchiligiga tez-tez o‗zgartirishlar kiritilishi va
soliq normalarining boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinishi
muayyan noaniqlik, tushunmovchilik va soliq normalarining har xil talqin qilinishiga
olib kelardi, bu aksariyat hollarda soliq to‗lovchilarning haqli e‘tirozlariga sabab
bo‗lardi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisida soliq
siyosati va soliq tizimini yanada isloh qilish hamda erkinlashtirish maqsadida
O‗zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksi ma‘qullanib, Prezident
41
tomonidan imzolanganidan so‗ng, 2008-yil 1-yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi.
Kodeksda ko‗zda tutilgan me‘yor va qoidalar, avvalo, soliq tizimi va soliq
munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va mutanosib
rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini kuchaytirishga qaratilgan.
―O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan, ikki yil davomida
O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining amal qilishi va
samaradorligini muntazam monitoring va tahlil qilib borish, zarur bo‗lgan hollarda
esa uni yanada takomillashtirish uchun takliflar kiritish belgilandi. Shu maqsadda
Vazirlar Mahkamasi huzurida idoralararo maxsus guruh va uning doimiy ishchi
organi tuzildi. Ikki yil mobaynida ushbu ishchi organga Soliq kodeksini
takomillashtirish bo‗yicha mingdan ortiq takliflar kelib tushdi. Ular asosan
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‗mitasi tomonidan o‗tkazilgan seminarlarda, davra suhbatlarida xo‗jalik yurituvchi
subyektlar, tadbirkorlar, tijorat banklari, xalqaro moliya tashkilotlari va ekspertlar
tomonidan berilgan takliflar bo‗lib, 2008-yildayoq ana shu takliflar asosida Soliq
kodeksining 79 ta moddasiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritilgan edi.
2008-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda
O‗zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‗armalariga
to‗lash, shuningdek, soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq munosabatlarni
tartibga solish uchun xizmat qildi. Kodeks 64 ta bob, 392 moddadan iborat bo‗lib, u
oʻsha davrda soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me‘yor va qoidalarni
mujassamlashtirdi va to‗g‗ridan to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan,
yangi Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident farmonlari va
qarorlarida bayon etilgan normalar to‗liq ifodasini topdi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va
manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati ortdi. Unga muvofiq, soliqqa tortish
masalalarida bahsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‗lovchi foydasiga hal
etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi kodeksda mavjud bo‗lmagan) soliq
to‗lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya‘ni soliq to‗g‗risidagi qonun
hujjatlaridagi bartaraf etib bo‗lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar
soliq to‗lovchi foydasiga talqin etiladi va bu Soliq kodeksining tamoyillarida alohida
belgilab qo‗yildi.
Soliq kodeksiga muvofiq, soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlari soliq solishning
majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‗g‗risidagi
qonun hujjatlarining oshkoraligi va yuqorida ta‘kidlanganidek, soliq to‗lovchining
haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi. Soliq to‗g‗risidagi qonun
hujjatlarining qoidalari Kodeksda belgilangan ushbu prinsiplarga zid bo‗lishi mumkin
emasligi belgilandi.
Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma‘murchiligi masalalariga
bag‗ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o‗zgartirildi va
kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo‗lishi uchun soliqlar
va boshqa majburiy to‗lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, jismoniy
42
shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta‘riflar berildi.
Endilikda barcha soliq to‗lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda to‗layotganliklari
to‗g‗risida to‗liq va kengroq tasavvurga ega bo‗ladilar, bu esa, o‗z navbatida, soliq
madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me‘yor va qoidalarni
mujassamlashtirgan, to‗g‗ridan to‗g‗ri amal qiluvchi hujjatga aylantirilganligi bois,
uning amalga kiritilishi munosabati bilan o‗z ahamiyatini yo‗qotgan bir qator qonun
hujjatlari butunlay bekor qilindi. ―Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarni undirib olish to‗g‗risida‖gi, ―Davlat boji to‗g‗risida‖gi, ―Patta
to‗lovi to‗g‗risida‖gi qonunlar shular jumlasidandir.
Lekin keyingi yillarda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-
iyuldagi ―Soliq ma‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa
majburiy to‗lovlarning yig‗iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga
qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning
qo‗shimcha zaxiralarini aniqlash, soliq ma‘muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorijiy mamlakatlarning soliq
qonunchiligi
va ma‘muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‗or yutuqlarini
implementatsiya qilish ishlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2018-yil
13-fevralda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Soliq qonunchiligini tubdan
takomillashtirish bo‗yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoyishi qabul
qilindi. Farmoyishda Soliq ma‘muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy
usullarini, soliqlarning to‗liq yig‗iluvchanligi va byudjetga o‗z vaqtida tushishi
ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet siyosatini
yanada takomillashtirish, byudjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida
bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-
aprelga qadar O‗zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish
konsepsiyasi loyihasini, ikkinchi bosqichda – 2018-yil 1-iyulga qadar O‗zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni ta‘minlash
belgilandi. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririni
ishlab chiqishga xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish nazarda tutildi.
Natijada Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi ―Oʻzbekiston
Respublikasining Soliq kodeksiga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi
OʻRQ–599-son Qonuni bilan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi qabul qilinib, 2020-yil 1-
yanvardan boshlab amalga kiritildi. Ushbu qonunning 4-moddasida metodologik
nuqtayi nazardan muhim bo‗lgan quyidagi qoidalar belgilab berilgan: Oʻzbekiston
Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan
tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan
imtiyozlar 2020-yilning 1-apreliga qadar amal qiladi; 2020-yilning 1-yanvarigacha
qabul qilingan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida, shu jumladan Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar ularning amal qilish muddati tugaguniga qadar
amal qiladi. Yagona ijtimoiy to‗lov, yagona soliq to‗lovi va qat‘iy belgilangan soliq
o‗rniga tegishlicha ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq hamda qat‘iy
43
belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‗i kiritildi,
ularning to‗lovchilariga qonun hujjatlarida ilgari belgilab qo‗yilgan imtiyozlar va
alohida hisoblash tartibi tatbiq etiladigan bo‗ldi; 2020-yildan boshlab soliq stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yil uchun Davlat byudjeti to‗g‗risidagi Qonuni
hamda Soliq kodeksining moddalarida belgilab qo‗yilgan qoidalar asosida o‗rnatiladi.
Ushbu Soliq kodeksining qabul qilinishi soliqlarning uslubiy asoslarni hamda davlat
moliyasini tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishda muhim asos bo‗lib
xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal
sur‘atlar bilan o‗sishiga, uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta‘minlashga
qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik biznes va
fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni
davom ettirishda huquqiy asos bo‗lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va soliq
munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror va mutanosib
rivojlantirishda soliqlarning rag‗batlantiruvchi rolini yanada kuchaytirish, yurtimizda
islohotlarni amalga oshirish uchun ilg‗or zamonaviy soliq solish tizimiga mos
keladigan, byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror ravishda
ta‘minlaydigan hamda iqtisodiy o‗sishga ta‘sirchan omil bo‗ladigan samarali soliq
tizimi barpo etilishini ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |