218
barcha respondentlaringizga ma’lumotlarni sizga shifrlangan xolda
jo’natishlari uchun ochiq kalitingizni tarqatasiz (
bu kalitni saytingizga
ham qo’yishingiz mumkin
). Shirflangan ma’lumot olganingizdan so’ng,
yopiq kalit yordamida uni bemalol o’qib olasiz. Ammo bu ma’lumotni
olgan har qahday inson sizning ochiq kalitingiz yordamida bu ma’lumotni
o’qiy olmaydi. Yopiq kalit esa unda yo’q.
Yopiq kalit faqatgina uning
egasida bo’lgani tufayli, ushbu usulning paydo bo’lishi kriptografiya
usulining ishlatilish chegaralarini yanada kengaytirish imkonini yaratdi.
Endi elektron raqamli imzo yaratish orqali autentifikatsiya muammosini
hal qilish uchun, elektron pullar bilan havfsiz ishlash uchun,
himoyalangan ovoz berish
tizimlarini yaratish uchun, elektron xujjatlarni
notarial tasdiqlash uchun va turli xildagi kriptovalyutalar tizimini yaratish
uchun ushbu usulni bemalol qo’llash mumkin bo’ldi. Endilikda
foydalanuvchi bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ikkita kalitni – ya’ni, kalitlar
juftligini generatsiya qilishi mumkin bo’ldi. Ochiq kalit mahfiy bo’lmagan
kanallar orqali foydalanuvchi ma’lumot almashinishni istagan insonlarga
jo’natiladi. Foydalanuvchining ochiq
kalitini bilgan xolda unga
yo’naltirilgan ma’lumotlarni shifrlash mumkin bo’ladi, ammo uni
rasshifrovka qilish uchun esa kalitlar juftligining ikkinchisi kerak bo’ladi.
Bunda ochiq kalit yopiq kalitni aniqlash uchun hech qanday imkoniyat
bermaydi. Nazariy jihatdan bu masalani yechish mumkin – lekin bu ish
juda katta miqdordagi hisoblash ishlari hajmini bajarishni talab qiladi.
Ma’lumotni rasshifrovka qilish vaqti juda katta (
bir nechaoylar va yillar
)
bo’lgani uchun, uni rasshifrovka
qilingan taqdirda ham, u vaqtga kelib
ma’lumot o’zining aktualligini yo’qotadi va u endi hech kimga kerak
bo’lmay qoladi. Agar siz biror bir tanishingiz bilan ma’lumotlarni
himoyalangan xolda elektron imzo vositasida almashinishni istasangiz u
xolda quyidagi amallarni bajarishingiz lozim bo’ladi:
Eng avvalo elektron imzolar kalitlarini yarating – har biringiz o’z
ochiq va yopiq kalitingizga ega bo’lishingiz kerak;
219
Yopiq kalitlarni o’zingizda olib qoling va ochiq kalitlarni o’zaro
almashining;
Yopiq kalit bilan tanishingizga jo’natilayotgan xatga elektron imzo
qo’ying va xatni elektron imzo bilan birgalikda do’stingizga
jo’nating;
Elektron imzo bilan ta’minlangan ma’lumotni olgandan so’ng,
do’stingiz sizning ochiq kalitingiz
yordamida bu xatning
xaqiqiyligini tekshiradi;
Tekshirish natijasi ikki javobdan biri – to’g’ri yoki noto’g’ri bo’ladi;
Shunday qilib, elektron imzo ma’lumotning haqiqiyligini aniqlab
beradi;
Agarda ma’lumot uzatish jarayonida unga biror bir o’zgartirishlar
kiritilgan bo’lsa, bu ish darxol ma’lum bo’ladi;
Elektron imzoning yana bir muhim jihati – ma’lumot muallifining
tasdiqlanishidir. Ko’pincha elektorn raqamli imzo fayliga kalit bilan
birga uning egasi ismi-sharifi, ish joyi, elektron imzoning amal qilish
muddati kabilar ham yozib qo’yiladi. Ma’lumot yoki xujjat ostidagi
imzoga esa mahfiy kalitdagi ma’lumotlar nushalanadi – bu esa o’z
navbatida mualliflikni aniqlashga imkon beradi. Demak, ochiq kalitni
kim jo’natgani haqidagi ma’lumotlarni
yodda saqlash talab
qilinmaydi. Bu juda ham muhim, chunki sizda bir qancha
insonlarning ochiq kalitlari bo’lishi mumkin.
Ammo yopiq kalitni juda ham mahfiy ravishda saqlashingiz talab
etiladi – chunki biror bir kimsa uni bilib qolsa, u sizning elektron imzoingizni
qalbakilashtirib, xujjatlarga imzo qo’yishi mumkin. Agarda kalitingizni
yo’qotib qo’ysangiz, albatta zudlik bilan kerakli bo’lgan
chora-tadbirlarni
ko’ring. Va eng avvalo, bu ma’lumotni o’z potentsiyal adresatlaringizga
tezda yetkazing – “
Do'stlaringiz bilan baham: