Biologiya 17 14-04-2022. indd


PROKARIOT VA EUKARIOT HUJAYRALARNING BO‘LINISHI



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
Bog'liq
10 sinf

2.12 PROKARIOT VA EUKARIOT HUJAYRALARNING BO‘LINISHI
Tayanch bilimlarni sinang. 
Hujayralar qanday ko‘payadi?
Prokariot va eukariot hujayralar bo‘linish xusu-
siyatiga ega. Bakteriyalar ikkiga bo‘linish yo‘li bilan 
ko‘payadi. Ularning ko‘payishi geometrik progressi-
ya asosida amalga oshadi. (2,4,8,16,32...). Prokari-
otlarning bo‘linishi mitozga asoslanmagan. Bakteri-
yalarda birinchi navbatda DNK replikatsiyalanadi 
va replikatsiya tugagach, DNKlar bir-biridan ajralib 
chiqadi. Hujayra membranasi ichkariga botib kirib, 
sitoplazma ikkiga bo’linadi. Natijada yangi bakteri-
yalar hosil bo’ladi (-rasm). Qulay sharoitlarda ba’zi 
bakteriyalar har yigirma daqiqada bo‘linadi.
Eukariot hujayralar mitoz va meyoz usul-
ida bo‘linadi. Bo‘lingan hujayraning keyingi 
bo‘linishgacha yoki nobud bo‘lguncha bo‘lgan davri
hujayra sikli
deyiladi.
Hujayra sikli interfaza va mitozdan iborat. Interfaza uchta davrga bo‘linadi:
G
1
 sintezdan oldingi davr
– hujayra o‘sib kattalashadi va sintez davri uchun kerak 
bo‘lgan moddalar (RNK, ferment) sintezlanadi. 2n2c
S sintez davri
– DNK reduplikatsiyasi kuzatiladi. Xromosoma tarkibiga kiruvchi gis-
tonli oqsillar sintezlanadi. Har bir xromosoma ikkitadan xromatidaga ega bo‘ladi. Sentri-
ola ikki hissa ortadi. 2n4c
G
2
 sintezdan keyingi davr
– mitoxondriya ikkiga bo‘linadi. Bo‘linish urchug‘i tarkibi-
ga kiruvchi tubulin oqsili sintezlanadi. 2n4c
Mitoz to‘rtta fazadan iborat:
1. Profaza. 
Xromosomalar spirallashish jarayonida kaltalash-
ib yo‘g‘onlashadi. Bu davrda xromosomalarni bo‘yab, mikroskopda 
ko‘rish mumkin. Xromosoma sentromera bilan birikkan ikkita xro-
matidadan tashkil topgan. Hayvon hujayralarida sentriola qarama 
qarshi qutblarga tarqaladi. Sentrioladan bo‘linish urchug‘i shakllana-
di. Yadrocha erib ketadi. Yadro qobig‘i parchalanadi. 2n4c.


69
Biologiya 10
2. Metafaza 
– Xromosomalar ekvator tekisligiga joylashadi. 
Bo‘linish urchug‘i iplari (axromatin iplari) xromosoma sentromer-
asiga ikki tomondan birikadi. 2n4c.
3. Anafaza.
Qisqa vaqt davom etadi. 
Sentromeralar ikkiga bo‘linadi. Axromatin 
iplarining qisqarishi hisobiga xromatidalar 
qutblarga tortiladi. Qutblarga xromosoma 
ko‘rinishida yetib boradi. 4n4c.
4.Telofaza. 
Xromosomalar 
despillanadi va xromatinga ayla-
nadi. Bo‘linish urchug‘i parchala-
nadi. Yadrocha va yadro qobig‘i 
paydo bo‘ladi. 2n2c.
Yadroning bo‘linishi kariokenez, sitoplazmaning 
bo‘linishi 
sitokenez deyiladi. O‘simlik va hayvon-
larda sitokenez farqlanadi. Hayvon hu-
jayralarida sitoplazma yon tomonga bo-
tib kirib ikkita hujayra hosil qiladi. Qalin 
qobiqqa ega o‘simlik hujayralarida to‘siq 
hosil bo‘ladi. Bu to‘siq yon tomonga ken-
gayib borib hujayrani ikkiga bo‘ladi.

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish