Biologiya 17 14-04-2022. indd



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143
Bog'liq
10 sinf

Yashash uchun kurash
organizmlarning o’z hayotini saqlab qolishga hamda o‘z 
avlodlarining hayotini ta’minlashga qaratilgan joriy faoliyatidan iborat. Yashash uchun 
kurash tushunchani Ch.Darvin taklif etgan. Organizmlarning jadal ko’payishi bilan har 


175
Biologiya 10
bir individning normal yashashi uchun zarur bo’ligan tabiiy resurslar: oziq-ovqat, suv 
zaxirasi, maydon va boshqalarning yetishmasdan qolishi natijasida kelib chiqadi. 
Bitta cho’chqa tasmasimon chuvalchangi 200-300 mln tagacha tuxum qo’ysa, bir 
tup jag’-jag’ 70 ming, mingdevona o’simligining bir tupi esa 400 ming dan ortiq urug’ 
beradi. Agar ularning ko’payishiga hech qanday to‘siq bo’lmaganida birmuncha 
vaqtdan so’ng hamma suv havzalarini va quruqlikni egallab olgan bolar edi. Lekin 
tabiatda hech qachon bunday bo’lmaydi. Chunki tur individlarining ko‘payish tezligi 
bilan ularning hayoti uchun zarur bo’lgan vositalar miqdori o’rtasida nomutanosiblmk 
kelib chiqishi natijasida yashash uchun kurash boshlanishi tufayli individlarning juda 
ko’p qismi nobud bo’ladi.
Ch.Darvin yashash uchun kurashning uch xilini: tur ichidagi, turlararo va 
organizm bilan anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashni ko’rsatib 
bergan.
Tur ichidagi kurash
bir tur individlari o’rtasidagi raqobatni aks ettiradi (-rasm). 
Bu kurash bir turga, ayniqsa bitta populyatsiyaga mansub bo’lgan individlarning 
yashash va ko’payib nasi qoldirishi uchun bir xil sharoit zarur bo’lgani sababli juda 
murakkab va keskin bo’ladi. Misol tariqasida erkak hayvonlarning urg‘ochilarini 
talashib, yirtqich hayvonlarni olja talashib o‘zaro kurashishini ko’rsatish mumkin. 
Evolutsiya davomida bir turga kiruvchi individlar o’rtasidagi kurashning bartaraf 
qiluvchi turli moslanishlari paydo bo’lgan. Masalan, to’ng’izlar va chumolilar o’zlari 
yashavdigan maydonni biron belgi bilan chegaralab chiqadi. Ayrim hayvonlar 
populyatsiya soni oshib ketganida o’z naslini yeb qo’yadi (baliqlar, kemiruvchilar) 
yoki ezib tashlaydi (qushlar).
Turlararo kurash
har xil turga mansub bo’gan individlar o’rtasidagi kurashni 
aks ettiradi (-rasm) va quyidagi ko’rinishda, yuzaga chiqadi: a) bir xil muhitda 
yashayotgan ikki turga mansub individlarning yashash sharoiti uchun kurashi 
(ekinlar bilan begona o’tlar o’rtasida namlik, yoruglik, oziq moddalar uchun kurash); 
b) bir turdan ikkinchi turning bir tomonlama foydalanishi (yirtqich bilan uning o’ljasi 
o’rtasidagi munosabat); d) bir tur o’ziga zarar yoki foyda yetkazmasdan boshqa tur 
uchun qulaylik yaratishi ( o’simlik urug‘ining hayvonlar yungi orqali tarqalishi); e) har 
xil turlarning o’zaro qulaylik yaratishi (hasharotlar, gullarni changlatib o‘zlari uchun 
oziq yigishi).
-rasm.Tur ichda kurash
-rasm.Turlararo kurash
Muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurash organizmlarning noqulay abiotik 
tabiat omillariga qarshi kurashi tariqasida boradi. Bu kurash o’ta quruq yoki nam, 
issiq yoki sovuq bo’lgan mintaqalarda aniq yuzaga chiqadi. Evolutsiya jarayonida 


176
Biologiya 10
organizmlarda o‘ta noqulay sharoitda yashab qolishga imkon beradigan bir qancha 
moslanishlar paydo bo’lgan.
-rasm. Tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurash
Masalan, nam va issiq iqlimda o‘sadigan o‘simhklaming bargi yirik bo‘ladi. Quruq va 
issiq iqlimda esa o‘simliklarning bargi kichik bo’lib, tuklar bilan qoplangan, barg og’izcha-
lari kam bo’ladi. Bular suvni kam bug’antirishga imkon beradi.
XULOSA CHIQARAMIZ:
Demak, tabiiy tanlanish organizmning muhitga moslashishida yangi populatsiya, 
turlarning kelib chiqish jarayonida muhim ahamiyatga ega

Tabiiy tanlanishning stabil-
lashtiruvchi, harakatlantiruvchi, dizruptiv shakllari mavjud. Yashash uchun kurash or-
ganizmlarning o’z hayotini saqlab qolishga hamda o‘z avlodlarining hayotini ta’minlaydi.

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish