Biologiya 17 14-04-2022. indd



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143
Bog'liq
10 sinf

VI BOB. EKOSISTEMA
6.1 EKOSISTEMANING TARKIBIY TUZILMASI
Tayanch bilimlarni sinang
Hayot tuzilishining ekosistema darajasiga ta’rif bering. Hayotning ekosistema
darajasi strukturaviy funksional birligi nimadan iborat? Hayotning ekosistema dara-
jasiga xos qanday hayotiy jarayonlarni bilasiz?
Yer yuzidagi dengizlar, daryolar, ko’llar, tog’lar, o’rmonlar va cho’llar tirik mavjudotlar 
yashaydigan joylardir.
Muayyan muhitda yashovchi tirik organizmlar va jonsiz tabiatning majmuasi ekosiste-
ma deyiladi. Materiklar, okeanlar, koʻllar, oʻrmonlar va oʻtloqlar ekotizimlarga misol boʻla 
oladi (-rasm). Tabiatdagi barcha ekotizimlar birlashib, biosferani hosil qiladi.
«Ekosistema» atamasi 1935-yilda angliyalik botanik olim A. Tensli tomonidan fanga kiritilgan. 
Uning fi kriga ko‘ra, ekosistemalar faoliyati moddalar almashinuvi va energiya oqimi bilan 
bog‘liq bo‘lgan tirik organizmlar va atrof-muhitning fi zik omillari majmuasidir. 
«Ekosistema» deyilganda o‘lchami jihatdan xilma-xil, moddalar va energiya almash-
inuvi orqali o‘zaro bog‘liq tirik organizmlar va anorganik tabiat omillarining yig‘indisi 
tushuniladi. Ekosistemalar hudud jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin: kichik ekosiste-
malar – mikroekosistemalar (mikrobli suv tomchisi, mikroorganizmlar va umurtqasiz 
hayvonlarga ega chiriyotgan to‘nka, ko‘lmak suv, akvarium va boshq.); o‘rtacha o‘lcham-
ga ega ekosistemalar – mezoekosistemalar (olmali bog‘, dala, archazor o‘rmon, hovuz, 
ko‘l, daryo va boshq.); yirik ekosistemalar – makroekosistemalar (okean, dasht, tayga, 
tropik o‘rmon, tog‘lar, cho‘l va boshq.); global ekosistema (biosfera).Ekosistemalar tabiiy 
va sun’iy bo‘lishi mumkin. Sun’iy ekosistemalar insonlar tomonidan o‘z xo‘jalik faoliyatini 
yuritish maqsadida yaratiladi. 
Ekosistema ikkita tarkibiy qism – muhit sharoitlari (biotop) va Yer yuzida moddalarn-


146
Biologiya 10
ing davriy aylanishi hamda energiya 
oqimini ta’minlovchi uchta funksional 
guruhga birlashadigan tirik organizm-
lar (biotsenoz)dan tashkil topgan.
Biotop (yunoncha «bios» – hayot 
va «topos» – joy yoki yashash joyi), na-
faqat jamoaning egallagan joyi, balki 
jamoa hayotini belgilovchi muhit omil-
larining o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq 
kompleksidir. Tirik organizmlar o‘z ha-
yotiy faoliyatlari davomida muhitning 
abiotik shart-sharoitlari (ekotop)ga o‘z 
ta’sirini o‘tkazib, uni biotopga aylanti-
radi. 
Ekosistemaning abiotik muhiti 
(ekotop)ni notirik tarkibiy qismlar – 
klimatop (yorug‘lik, harorat, namlik, 
havo va boshq.) va tirik organizmlar 
faoliyati natijasi hisoblangan tarkibiy qism – edafotop (tuproq) tashkil etadi. 
Ekotop tirik organizmlar tomonidan hali o‘zgarmagan, o‘z tuprog‘i, iqlimiga ega 
ma’lum hudud hisoblanadi. Ekotopga vulqon otilishi natijasida yangidan paydo bo‘lgan 
hududlarni yoki yangi paydo bo‘lgan korall orollarini misol qilib keltirish mumkin. Tir-
ik organizmlar tomonidan o‘zgartirilgan ekotop yoki ma’lum turdagi o‘simlik va hayvon 
turlari yashaydigan hudud biotop deb ataladi. 
Biotsenoz – biotopda yashovchi tirik organizmlar yig‘indisi hisoblanadi. Biotsenoz 
xilma-xil turlar tarkibi va soni bilan, har xil turga mansub tirik organizmlar o‘rtasidagi 
munosabatlar hamda tirik organizmlar va tashqi muhit omillari o‘rtasidagi turli-tuman 
o‘zaro munosabatlar bilan ta’ri�lanadi. 
Ekosistemaning yashil o‘simliklari (�itosenoz) quyosh energiyasi hisobiga fotosintez ja-
rayonida hosil qiladigan organik birikmalari hayvonlar (zoosenoz) uchun oziq hisoblana-
di. Zamburug‘lar (mikosenoz) va mikroorganizmlar (mikrobiotsenoz) organik qoldiqlar-
ni mineral moddalargacha parchalab, tashqi muhitga qaytaradi. Tabiatdagi organizmlar 
o‘rtasidagi oziq orqali bog‘lanishlar hisobiga moddalar va energiyaning tashqi muhitdan 
tirik organizmlar tarkibiga o‘tishi, ulardan esa yana anorganik tabiatga qaytishi sodir 
bo‘ladi. Ekosistemalardagi moddalar va energiyaning aylanishlari birlashib biosfera da-
rajasidagi moddalar va energiyaning global aylanishini ta’minlaydi. Biotsenoz tarkibidagi 
barcha tirik organizmlar 3 ta funksional guruhga bo‘linadi: produtsentlar, konsumentlar 
va redutsentlar (3-rasm). Bu guruhlar ekologik xususiyatlari bo‘yicha bir-biridan farq 
qiladi, ular tarkibiga muayyan ekosistema uchun xos bo‘lgan har xil turlarning populat-
siyalari kiradi. Ularning o‘zaro va atrof-muhit bilan murakkab munosabatlari ekosiste-
maning yaxlitligini ta’minlaydi. 
Produtsentlar (lot. «producens» – yaratuvchi) – organik birikmalarni hosil qiluvchi-
lar, ya’ni avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik moddalardan organik birikmalarni sint-
ezlaydi. Bu guruhga yashil o‘simliklar, fotosintezlovchi va xemosintezlovchi bakteriyalar 
kiradi. 
Konsumentlar (lotincha «consume» – iste’mol qilaman) yoki iste’mol qiluv chilar – get-
erotrof organizmlar bo‘lib, tayyor organik birikmalar bilan oziqlanadi va oziq tarkibidagi 


147
Biologiya 10
energiyani oziq zanjiri bo‘ylab uzatadi. Oziq (tro�ik) zanjiri – organik birikmalarni hosil 
qiluvchilardan iste’mol qiluvchilarga bosqichma-bosqich modda va energiyani uzatuvchi 
organizmlar ketma-ketligidir. 
Konsumentlarga barcha hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. Redutsentlar (lotin-
cha «reduco» – qaytaraman, tiklayman) yoki destruktorlar (lotincha «destruo» – parcha-
layman) – geterotrof organizmlar bo‘lib, organik birikmalarni anorganik moddalargacha 
parchalaydi. Ularga saprotrof (sapro�it) bakteriyalar va zamburug‘lar kiradi. Saprotro�lar 
qoldiq organik birikmalar bilan oziqlanib, ularni mineral moddalarga parchalaydi. Hosil 
bo‘lgan mineral moddalar tuproqda to‘planib, produtsentlar tomonidan o‘zlashtiriladi. 
Shunday qilib, biotsenoz produtsentlar, konsumentlar, redutsentlardan tashkil topadi. Bu 
guruhlarning hayoti bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
Sayyoramizdagi ekosistemalar juda xilma-xil. Kelib chiqishiga ko‘ra ekosistemalarning 
quyidagi xillari farqlanadi. 1. Tabiiy ekosistemalar – bu turdagi ekosistemalarda biologik 
o‘zgarishlar insonning bevosita ishtirokisiz boradi. Masalan, dengiz, ko‘l, o‘rmon va bosh-
qalar. Tabiiy ekosistemalar tabiat omillari ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. 2. Sun’iy 
(antropogen) – ekosistemalar, inson tomonidan yaratilgan va inson ko‘magida faoliyat 
yurita oladigan ekosistemalar. Bu guruh ekosistemalariga agroekosistemalar, urbanoeko 
sistema (shahar ekosistemalari) misol bo‘ladi.

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish