Shekspir o'ttiz yettita pyesa yozgan. Ijodining dastlabki o'n yilligi (1590-1600)
davomida ikki tragediya («Romeo va Julyetta», «Yuliy Sezar»)dan istisno faqat
komediya va tarixiy solnomalar yaratdi. Bu asarlarda Shekspirning hayotga bo'lgan
ishonchi ufurib turadi, shundan bo'lsa kerak, bu bosqichni — hayotbaxsh
ijod davri
deydilar. «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir» kabi asarlar yaratilgan 1600—1608-
yillar fojeaviy ijod davri, «Qish ertagi», «Bo'ron» kabi pyesalar dunyoga kelgan
1608—1612-yillar romantik ijod davri deb izohlanadi.
Tarixiy solnoma deganda Angliyaning keyingi uch yuz yillik tarixidan olib
yozilgan dramalar ko'zda tutiladi. Bular «Genrix VI» ning uch qismi va «Richard
III» va «Richard II», «Genrix IV»ning ikki qismi va «Genrix V» dan iborat ikki
tetralogiyadan iborat asarlar majmui bo'lib, ularda davlatning yaxlitligi, uning
xalqqa g'amxo'rligi, odil va dono hukmdor tomonidan boshqarilishi muammolari
olg'a surilgan. Hukmdorning shaxsi masalasi hamisha Shekspirning diqqat
markazida bo'lib kelgan. Shekspir oqil va qobil hukmdor obrazini
birdaniga
chizmaydi:
Shekspirning «Yanglishlar komediyasi», «Qiyiq qizning quyilishi», «Veronalik
ikki yigit», «Yoz tunidagi tush», «o’n ikkinchi kecha» kabi komediyalari 1590-
yillarning mahsuli bo'lib, ular Uyg'onish faslining nurli dunyoqarashi va erkin
insonning tabiiy mehr-saxovatiga ishonch tuyg'usi bilan limmo-Iim. Ulardagi kulgi
odatdagi fosh etuvchi komediyalarga xos qahrli, achchiq kulgiga o'xshamaydi. Bu
kulgi inkor etishga emas, balki shaffof hayot quvonchlari-yu sog'lom
va baxtli
kishilar quvonchlarini ifoda etishga qaratilgan. «Qiyiq qizning quyilishi» ham
bundan mustasno emas. Shekspir o'jar ayol va musht bilan uning esini kiritgan er
haqidagi ingliz farsidan shunday san'atkorona foydalanganki, natijada, ulkan sevgi,
vafo va sadoqat haqidagi komediya paydo bo’lgan. Luchensio, Gremio va
Gortenziodan iborat uch og'ayni zodagon Baptistaning Bianka degan qizini sevib
qolishgan. Lekin Bianka opasi Katarina turmushga chiqmaguncha erga
chiqolmaydi. Katarina shu darajada o'jar, qo'rski, biron yigitni yoniga yo’latmaydi.
Shunday vaziyatda Katarinaga munosib xushtor topiladi, u qizdan ham o'jar,
chapdast Petruchcho edi. O'jarlikda bir-biridan qolishmaydigan bu ikki yosh
«tanishuv, olishuvlar» orqali bir-birini topadi va baxtli nikohga erishadi, Bianka
esa Luchensioga turmushga chiqadi.
«Yozgi tundagi tush» asarini Shekspir komediyalari orasida eng shoirona
komediya deyish mumkin. Unda nafis lirizm, sehrli fantastika, dag'al kulguli
turmush lavhalari ajib bir uyg'unlikda namoyon bo'lgan. Asar voqeasi graf
Tezeyning to'yida ko'rsatilishi lozim bo'lgan tomoshaning mashqi
tarzida tasnif
etilgan. Germiyaning otasi uni Demetriyga turmushga bermoqchi, qizi esa
Lizandrni sevadi. Ikki yosh otalar tazyiqidan qochib, o'rmon quchog'idan panoh
topadilar. Oxiri Lizandr va Germiya Yelena va Demetriy bir-birilarining visoliga
erishadilar.
Shekspir ijodining ikkinchi bosqichida inson tabiatining go'zalligi va
komilligini madh etuvchi komediyalar, odil saltanat tarzini tasdiq etuvchi
solnomalar o'rnini dard-alam, qahr-g'azabga to'la tragediyalar egallaydi, ularda
gumanistlar ezgu niyatlarining sarob bo'lib
chiqishi, qabihona xudbmlik tantanasi,
«zamonlar rishtalarining uzilishi» o'z ifodasini topdi.
Shekspir ijodining birinchi bosqichida yaratilgan «Romeo va Julyetta»
tragediyasida feodal adovat o'rta asr bid'ati Uyg'onish davrining serzavq yoshlari
olamiga qarama-qarshi qo'yildi. Romeo va Julyettalarning oilalari — Mantekki va
Kapulettilar shunday murosasiz raqiblarki, dushmanlik hissi keksalaradan
yoshlarga ham ko'chgan edi: Kapulettining jiyani Tibalt Romeoning do'sti
Merkutsioni olishuvda qilich bilan halok etadi, so'ng Romeo Tibaltni o'ldiradi.
Romeo Veronadan badarg'a qilinadi. Julyetta cherkovda rohib Lavrentiy
homiyligida Romeo bilan nikohlangan bo'lsa-da, lekin
vaziyatdan foydalanib, ota-
onasi uni Bekning qarindoshlaridan Parisga turmushga berib yuborishlari mumkin
edi. Ruhoniyning maslahatiga ko'ra Julyetta 42 soat uxlatuvchi dori ichadi, toki,
o'lik deb sag'anaga ko'milgach, uyg'onish soatida Romeo yetib kelishi kerak.
Julyettaning o'limidan xabar topgan Romeo sag'anaga o'zi yetib keladi, Julyettani
o'lik
deb bilib, zahar ichadi. Julyetta uyg'onadi, Romeoning o'lik jasadini ko'rgach,
uning yonidan pichog'ini olib, o'zini o'zi nobud qiladi.
Veronalik ikki oshiq-ma'shuq haqidagi qayg'uli qissa - bu ayni zamonda jahon
adabiyotida g'olib sevgi haqidagi doston hamdir. Shekspirning «Romeo va
Julyetta» dramasining shukuhi bu sevgi g'oyasidan iborat, - deb yozgan edi. V. G.
Belinskiy, - zero, oshiqlarning ko'tarinki, dil so'zlari yulduzlar nuridan porlab, o'tli
to'lqin bo'lib yog'ilib turadi...»
Oshiqlar halok bo'ladi, lekin Tohir va Zuhralardek, ularning sevgisi boqiy
qoladi, ahdu paymonlari aslo o'lmaydi. Oshiq-ma'shuqlarning jonsiz jasadlari
ustida Mantekki va Kapulyettining yarashuvi Uyg'onish davri g'oyasining shaksiz
g'alaba qilishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: