Beruniy-Uyg’onish davri mashhur namoyondasi Ozoda Karimova Murodillo qizi



Download 22,71 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi22,71 Kb.
#334078
Bog'liq
karimova ozoda


Beruniy-Uyg’onish davri mashhur namoyondasi

Ozoda Karimova Murodillo qizi

Buxoro Davlat Universiteti talabasi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada IX-XI asrlarda musulmon uyg’onish davrida barakali ijod qilgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning mashaqqatli hayot va ijod yo’llari, bular haqidagi hozirgi zamon olimlarining fikrlari haqida so’z yuritib o’tilgan.



Kalit so’zlar: Kat shahri, Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq, Ibn Sino, Ray, “Donishmandlik uyi”, Abu Sahl Masihiy, “tashqarilik”, XX asrning 30-yillari, Mahmud G’aznaviy, Hindiston.

Beruniy- uning to’liq ismi Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy bo’lib, o’rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy 973-yil 4-oktabr (hijriy yil hisobi bilan hisoblaganda 362-yil)da Xorazmning poytaxti Kat shahrida dunyoga kelgan. Ayrim manbalarda burni katta bo’lganligi sababli uni “Burunli” deya atashgan deyiladi. Biroq ko’rimsiz tashqi ko’rinish ostida ziyrak aql egasi yashiringan bo’lib, vazir va amakivachchasi Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog’ida Beruniy shunday yozadi: “Iroq oilasi menga choy-non berib, odamlar orasiga olib chiqdi.” Ammo yana ba’zi manbalarda Beruniyni Kat shahrining tashqarida tug’ilgan, shu tufayli uni “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Al Beruniyning erta damlari haqida ma'lumotlar kam. O’z tarjimai holida ota-onasini eslolmagani va o’zini yetim deb bilishini tan oladi. Beruniy hayotining dastlabki yillarini uni asrab olgan oilada o’tkazgan bo’lib, o’shanda Abu Rayhon Beruniyga dars berishni o’z zimmasiga olgan o’sha davrning taniqli olimi Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq yosh iqtidor egasi e’tibor qaratgan. Ibn Iroq falakiyot va riyoziyotga oid bir qancha asar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag’ishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo’r hurmat bilan tilga oladi. Abu Rayhon Beruniyning yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta boradi va ko’p vaqtini turli kuzatishlar bilan o’tkazgan. Hatto u bolalik chog’larida astranomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatlarini aniqlash bilan shug’ullangan va 995-996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziro’ (Ziro’- qadimgi o’lchov birligi, 49 santimetr chamasida) bo’lgandoira va boshqa asboblar bilan astranomik o’lchash ishlarini olib borgan. Beruniy deyarli fanning barcha sohalari bilan shug’ullangan. U tarix, geografiya, mineralogiya, farmakalogiya, geologiya va boshqa ko’plab fanlarga oid asarlar yaratgan. Olim tomonidan 150 dan ortiq asari (ba’zi manbalarda 152 ta ) yaratilgan bo’lib ulardan bizgacha 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astranomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiyaga va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag’ishlangan. SHarqning boy fan va madaniyatini puxta o’rganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo’lib yetishadi. Beruniy shoir adabiyotshunos ham edi. Al Beruniy oltitadan ko’p tilni, shu jumladan fors, xorazmiy, yahudiy, arab, yunon, suriya tillarini bilgan va Hindistonda 50 yoshida Sanskrit tilini ham o’rgangan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Yevklid geometriyasi, Ptolomeyning astranomik ta’limotlari bo’yicha dars olgan. 995-yilgacha u astranomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va Osmon globusini yasadi hamda astranomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri “Geodeziya” 1025-yilda yozib tugatilgan. U arab va fors tillarida ravon so’zlasha olgan. Al Beruniy Buxoroda yashagan Ibn Sinoning zamondoshi hisoblanib, u bilan doim fikrlar almashinib turgan. Olimning taqdiri ko’plab daholar singari juda qiziq va g’ayrioddiy bo’lgan. Mamlakatda taxt uchun boshlangan kurashlar olimning ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermadi. Qoraxoniylar somoniylarga qarshi hujum boshladi. Buning natijasida ham Xorazmda davlat to’ntarishi bo’lib, Urganch amiri Ma’mun tomonidan bosib olinadi. Beruniy hayoti xavf ostida qolganini sezib, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib, Kaspiy dengizining janubiy- sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida yashashga majbur bo’lgan. So’ng qadimgi Ray shahriga boradi, 998-yildan keyin yana Jurjonga keladi va bu yerda o’zining ikkinchi ustozi tabib, astranom, faylasuf Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishib, undan ta’lim oldi. O’sha vaqtda Kaspiy oldi viloyatlarida ziyoriylar sulolasi (928-1042) hukumronlik qilgan. Bu sulolaning vakili Qobus ibn Vahimgir yosh olimni o’z himoyasiga oladi. Yoqut Hamaviyning yozishicha,Qobus ibn Vahimgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo’lmagan. Beruniy Xorazmning yangi hukumdori Abu Abbos Ma’mun II Ibn Ma’mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan va shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Beruniy Urganchda Ma’munning bevosita rahnomaligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko’rsatadi. Bag’dodda tashkil topgan “Donishmandlik uyi” nomli o’sha davrning fanlar akademiyasida o’rta osiyalik olimlardan Xorazmiy, Farg’oniy, Habash Hasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali ibn Sino ham Gurganjga keladi. “Donishmandlik uyi”ning olimlari ikki guruhga bo’linib, Iroqning Mosul shahri g’arbidagi Sandar sahrosida gradus o’lchash usuli asosida yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu Ali ibn Sino ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Al Beruniyning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u islom olamining universal xarakterdagi olimi sanalgan, barcha tadqiqotlarini qog’ozga tushiribgina qolmay, bu tadqiqotlarni amalga oshirish bosqichlari va tarixini ham yoritib o’tgan. Uning bu sohada olib borgan ishlari juda ham muvoffaqiyatli bo’lgan. O’z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990-yillardan boshlab, Kat shahrida astranomik kuzatishlar o’tkazgan, Bu kuzatishlar uchun o’zi astranomik asboblar ixtiro qilgan. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko’zga ko’ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. SHu bilan birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Al Beruniy singari olimlarni Fridrix Nitsshe “ideal inson” deb atagan. Xorazmning Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotida o’zgarish yasadi. 1017-yil yozida Mahmud G’aznaviyning buyrug’iga ko’ra Beruniy asir sifatida G’aznaga olib ketildi. U yerda og’ir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shug’ullanish sharoitiga erishdi. Uning “Xorazmning mashhur kishilar” asari ham shu davrda yaratilgan. 1022-1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni o’zi bilan olib ketdi. Yo’lda sharqiy Pokistonning Mo’lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to’g’ri keladi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug’ullandi. Bu yurish hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o’sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o’lmas asar yaratishga imkon berdi. Beruniyning “Hindiston” nomli mashhur yirik asari 1030-yilda yozilgan bo’lib, bu shohasar g’arb va sharq olimlari, shu jumlada, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholanga. Akademik Viktor Rozen “SHarq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo’q”, deb baho bergan. U o’zga yurtda bo’lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo’ltondan 400 kilometr g’arbdagi Nandna qo’rg’onida yer kurrasi o’lchamini aniqlashga kirishadi. Beruniy “Osor al- boqiy an alqurun al- xoliya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-yilda tamomlagan. “Osor al-boqiya” Beruniyga katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko’rsatdi. “Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud G’aznaviy vafot etadi va uning o’rniga taxtga o’gli Ma’sud (1030-1041) o’tiradi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilanadi. Astranomiyaga oid “Ma’sud qonuni” asarini sulton Ma’sudga bag’ishlaydi. O’sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha, “Ma’sud qonuni” kitobi matematika va astranomiya bo’yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o’chirib yuborgan. Beruniy o’z asarlari ro’yxatini tuzgandan keyin, yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri “Mineralogiya”dir. Bu risola o’z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin SHarq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo’q asar hisoblanadi.Beruniyning oxirgi asari- “Dorivor o’simliklar haqida kitob”ning qo’lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyadan topildi. Asar “Saydana” nomi bilan mashhur, unda Beruniy SHarq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o’sadigan dorivor o’simliklarning to’la tavsifini beradi. Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi. Beruniyning shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiyning ma’lumoti bo’yicha 1048-yil dekabrda G’azna shahrida Beruniy vafot etgan. XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oladi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinga. J.Sarton Beruniyning merosiga oliy baho berish bilan birga, uni o’z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Beruniyning o’z vatani O’zbekistonda ham uning ijodiga katta e’tibor berib kelinmoqda. H.M.Abdullayev, I.M.Mo’minov, V.Yu.Zohidov, Ya.G’.G’ulomov, U.Karimov, S,A,Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag’ishlangan qator xalqari ilmiy konferensiya o’tkazdilar. Birinchi bor Beruniyning “Qadimgi yodgorliklar”,”Hindiston”,”Ma’sud qonuniy”,”Geodeziya”,”Saydona” kabi asosiy asarlarini o’z ichiga oluvchi ko’p tomli saylanma asarlari o’zbek va rus tillarida O’zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Fan sohasida Beruniy nomiga davlat mukofoti ta’sis etilgan.

Xulosa qilib aytganda, o’sha davrdagi siyosiy vaziyat ilm-fanning yuksalishiga juda katta to’siq bo’gan. SHunday og’ir vaziyatda ham Beruniy singari olimlar izlanishdan to’xtashmagan. Beruniy erishgan fan sohasidagi yutuqlar hozirgi kunda ham dunyo olimlarini hayratga solib kelmoqda.

Reference:

1. M.M.Xayrullayev “Ma’naviyat yulduzlari”(Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent.1999)

2. Aziz Qayumov “Abu Rayhon Beruniy. Abu Ali ibn Sino”. Yosh gvardiya nashriyoti, Toshkent. 1987

3. B.A.Rozenfeld, M.M.Rojanskiy “SHarq mamlakatlarida fan va texnika tarixi”. Fan.:1983, s. 141-160



4. B.A.Rozenfeld “SHarq mamlakatlarida fanva texnika tarixi”.3, 1963,s. 148-170 nashr
Download 22,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish