kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib
o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’prok foyda keltiruvchi sohalarga intilib,
ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar
pasaya boshlaydi.
Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi
tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab
chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif kilishidan oshib ketadi,
buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan oirga foyda normasi oshadi. Natijada
tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib
chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital
uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital
qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda
normasiga «baravarlashtiradi».
Raqobatni, uning vujudga kelishi va amal qilishidagi tabiiylik, bu jarayonlarga
tashqi kuchlarning ta’sir qilish darajasidan kelib chiqqan holda ikki asosiy guruhga -
mukammal va nomukammal raqobatga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi:
■
bozor ichidagi resurslarning harakatchanligi;
■
bozorga kirish va undan chiqishning erkinligi;
■
sotuvchilar xatti-harakatining bir-biriga bog’liq bo’lmasligi;
■
ishlab chiqarilgan mahsulotning bir xil ko’rinishda ekanligi;
■
sotilgan mahsulot hajmi;
■
narx to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lish imkoniyati.
Mukammal raqobatning yagona ko’rinishi - sof yoki erkin raqobatdir. Sof
raqobat gomogen mahsulotning savdo-sotig’i bilan shug’ullanuvchi ko’plab sotuvchi va
xaridorlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda
ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Bunday sharoitda
bozorda mahsulot tabaqalashuvi mavjud bo’lmay, ko’p
sonli sotuvchi va xaridorlar,
erkin holda harakat qilib, bozor narxining shakllanishiga ta’sir ko’rsata olmaydilar.
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi
uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi
yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli ta’sir
ko’rsatmaydi.
Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud
bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi
korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda
mahsulotlarini sotishga
huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda «samarali raqobat» tushunchasi ham
qo’llaniladi. Samarali (real) raqobat bozorda sof raqobat yoki mukammal raqobat
sharoiti mavjud bo’lmagan holda ham undagi sotuvchi va xaridorlar bir -biriga bog’liq
bo’lmagan holda harakat qilgan chog’da vujudga keladi.
Sof raqobat, umuman olganda, raqobatning har bir shakli ham milliy
iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini
49
batafsil o’rganish, cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita
bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi.
Shu sababli sof raqobatli bozorning xarakterli belgilari bilan, sof monopoliya,
monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o’rtasidagi fa rqlarni ko’rsatib
berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun
bozorning keyingi uchta
modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» raqobat degan
umumiy nomdan foydalaniladi.
Nomukammal, monopolistik raqobat XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida
monopoliyalarning paydo bo’lishi bilan vujudga keldi. Mazkur davr kapitalning
kontsentratsiyasi, aktsiyadorlik jamiyatlarining vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.
«Monopoliya» atamasi tom ma’noda tovarning yagona sotuvchisi mayjudligini
anglatadi. Biroq, hozirgi vaqtda bu atama o’zining dastlabki talqinini yo’qotib,
nomukammal raqobatga xos bo’lgan bozor holatining turli ko’rinishlarini belgilashda
foydalaniladi. Monopolistik raqobatning asosiy belgisi bo’lib yuqori monopol narxlar
va monopol foydalar hisoblanadi.
Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot
(xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik
shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopoliyaning mayjud bo’lish tarmoqqa kirish uchun to’siqlarning
mayjud
bo’lishiga sabab bo’ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to’siqlar yangi
raqobatchilarning tarmoqqa kirishiga yo’l qo’ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to’siqlar
har xil ko’rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
a)
ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar;
b)
tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar;
v) patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar;
g) xom-ashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik;
d) g’irrom raqobat.
Shu o’rinda halol raqobatning belgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Halol raqobat:
-
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
-
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy
holatlarga
barham beradi;
-
qarindosh-urug’chilikni, oshna-og’aynigarchilikni, tanish- bilishlikni,
n
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi .
Nomukammal raqobat turlarini tahlil qilishda monopoliya sharoitida raqobatning
yana quyidagi ko’rinishlari ham farqlanadi: monopsoniya, oligopsoniya, duopoliya,
bilateral monopoliya.
Monopsoniya - muayyan tovarning yagona xaridori monopoliyasi mavjud
bo’lgan bozor tuzilmasi turi. O’z xarid hajmini cheklash orqali xaridor sotuvchi
7
Do'stlaringiz bilan baham: