Atama, tayanch tushuncha va nomlar
„Chellenjer“, UNESCO, aysberg, dengiz toshbaqasi, de-
ngiz ilonlari, musson, tabiat mintaqalari.
Nazorat uchun savollar
1. Okean qaysi materiklar oralig‘ida joylashgan?
2. Kimlar okeanni o‘rganishgan?
3. Okeanda qanday tabiat mintaqalari bor?
Amaliy topshiriqlar
1. Bengaliya qo‘ltig‘ida suvning sho‘rlik darajasi eng past-
ligi sababini aniqlang.
2. Yozuvsiz xaritaga dengiz, okean tubi relyefini tushiring.
AVSTRALIYA VA OKEANIYA
29- §. Avstraliyaning geografik o‘rni,
o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi,
foydali qazilmalari. Relyefi
Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past,
eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning
yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i
o‘tadi, evkaliðt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha),
materikdagi berk havza maydoni (60 %) jihatidan birinchi
o‘rinda, yagona davlat — Avstraliya Ittifoqi bor, aholisining
deyarli yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi.
Maydoni — 7 mln 659 ming kv km.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |