Subtropik chalacho‘l va cho‘l zonalari. Bu zonalar mo‘tadil
mintaqa cho‘llaridan farq qilib, yozi ancha issiq, yomg‘ir kam
yog‘adi. Lekin mo‘tadil mintaqaning cho‘l o‘simliklari bilan
o‘xshashligi bor. Bu mintaqadagi cho‘l va chalacho‘llarni quruq
subtropik cho‘llari deb ham ataladi. Nam subtropik mintaqasiga
Qora dengiz qirg‘oqlari tiðik misoldir. Quruq subtropik min-
taqasiga moslashgan oq va qora saksovullar, shuvoq, yantoq,
qum majnuntoli, erta bahorda lolaqizg‘aldoqlar, iloq kabi o‘sim-
liklar o‘sadi. Hayvonlardan jayron, sayg‘oq, turli kaltakesaklar
va ilonlar, kemiruvchilar, cho‘l burguti, kalxat, yovvoyi kap-
tarlar, toshbaqa, quyon, tulki, turli qushlar yashaydi. Bular
O‘zbekiston cho‘llari uchun ham xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |