5-laborotoriya mavzu: Teri, terini hosila organlari va nafas olish organlarini preparovka qilish Teri qoplami



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana01.11.2022
Hajmi1,06 Mb.
#858877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5-laborotoriya mavzu

Cho‘chqalarning 
burnida serharakat xartumcha — rostrum bor, 
uning usti teri bilan qoplangan, terida ta’sir sezuvchi junlar, 'bezlar va 
retseptorlar bo‘ladi. Ularning burun bo‘shlig‘i anchagi-na tor va uzun, 
yuqorigi chig‘anog‘iga qaraganda keng bo‘ladi. Burun-ko‘z yoshi kanali 
ikkita teshik orqali pastki chig‘anoqning quyi qismiga ochiladi. Bir 
tuyoqlilarda burun-lab ko‘zgusi bo‘l-maydi. Burun bo‘shlig‘i keng 
yarim oy shaklida, burunning yon qanoti terisi ichki tomonga burilib, 
divertikula 
hosil qiladi. Burun qanotining asosini qanotsimon tog‘ay — 
cartilago alares tashkil etadi, uning yon plastinkasi va shoxchasi bo‘ladi. 
Burun bo‘shlig‘ining shilimshiq osti qon tomirlari, ayniqsa, vena to-mirlari 
yaxshi rivojlangan. 
hiqildoq
Hiqildoq — larynx tog‘aylar qo‘shilishidan hosil bo‘lib, xoana 
teshigining pastki qismida joylashadi. Hiqildoq nafas yo‘li-ning 
boshlang‘ich qismidir, bu nafas olishdan tashqari, ovoz chi-qarish yo‘li 
sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. Hiqildoq beshta tog‘ay, bir qancha 
muskullar va ovoz payidan tuzilgan.
Hiqildoq tog‘aylari
Halqasimom tog‘ay — cartilago cricoidea hiqildoqning orqa qismida, 
kekirdakning birinchi halqasi bilan qo‘shilgan holda turadi, unda 
yoysimon tog‘ay, old tomonida bo‘g‘im chuqurchasi va ustida muskul 
o‘simtasn bo‘ladi.
8- rasm. 
Hiqildoq tog‘aylari. 
■■ A—t\ B—
cho‘chsa, 
V—
qoramol; 
G—
otlar hiqildog‘i; 
D—
hiqildoqning ayrim tog‘aylari: /—hiqildoq 
!'u.sti tog‘ayi; /'—ponasimon tog‘ay; 
2—
chalqonsimon tog‘ay; 
3—
shoxsimon tog‘ay; 
4—
halqasimon 
tog‘ay 
', 
vlastinkasi; 5—halqasimon tog‘ayniing shoxi; 5
1
—qalkonsimon kesik; 
6—
qalqonsimon tog‘ay 
tanasi; 7—qalqonsimon tog‘ayning keyingi igoxi; 
8—
muskul tarog‘i; 
9— 
cho‘michsimon tog‘ayning 
bo‘g‘im yuzasi; 1
10—
qalqonsimon tog‘ayning bo‘yin yuzasi; //—halqasimon tog‘ay byi; 
12—
kekirdak 
tog‘ayi; 
13— 
tooush o‘simtasi; 
13'— 
tovush payi; 
14—
til osti suyagi; 
A—
pay.


Qalqonsimon tog‘ay — cartilago thyreoidea yaltiroq bo‘lib, hi-
qildoqning yon devorlarini hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ay-ning o‘rta 
tanasiga o‘ng va chap plastinkalar — lamina thyreoidea dextra et sinistraga 
kelib qo‘shiladi. Yuqori qismida oldingi va keyingi shoxchalar — cornu 
craniale et caudale bo‘lib, ular cho‘-michsimon tog‘ay bilan va til osti 
suyagining 
katta 
shoxi 
bilan 
birlashadi. 
Qalqonsimon 
tog‘ay 
plastinkasining teshigi pay bi-lan to‘lgan, unda hiqildoqning oldingi nervi 
o‘tishi uchun te-shnk — foramen thyreoidea bo‘ladi.
Cho‘michsimon tog‘ay — cartilago arytaenoidea hiqildoqning ust-ki 
tomonida juft bo‘lib joylashgan. Uning tanasi — corpus va ilmoqsimon 
tog‘ay shoxchasi — cartilago corni bor. Tananing pastki qismida o‘simta 
— processus vocales bo‘lib, unga ovoz payi va mus-kuli birlashadi.
Hiqildoq usti tog‘ayi — cartilago epiglottidis qalqonsimon to-g‘ayning 
old tomoni yuqorisida joylashib, shakli yaproqsimon, old qismi 
uchliroq, zlastik bo‘ladi. Bu tog‘ay harakatlanganda hiqildoqning teshigi 
ochilib-yopilib turadi (8-rasm).
Yuqorida tog‘ay plastinkalarining hammasi bir-biri bilan va til osti 
suyagi bilan bo‘g‘imlar yordamida birlashib turadi. Qoramollarning 
qalqonsimon tog‘ayi to‘rtburchak bo‘lib, tanasi uzun, halqasimon 
tog‘ayining yoyi o‘tkir burchak hosil qiladi. Cho‘michsimon tog‘ayining 
tovush o‘simtasi yaxshi rivojlangan, hi-qildoq usti tog‘ayi oval shaklda 
bo‘ladi. Cho‘chqalarning hiqildog‘i uzunroq, xalqasimon tog‘ayining yoyi 
anchagina qiyshiq, qalqon-simon tog‘ayi uzun, cho‘michsimon tog‘ayida 
muskul birlashishi uchun yaxshi rivojlangan tarog‘i bo‘ladi. Hiqildoq usti 
tog‘ayi keng va yumaloqdir. Bir tuyoqli hayvonlarda halqasimon 
tog‘ayning yoyi to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning orqa 
tomo-nida chuqur kesik — incisura thyreoidea caudalis bor, tog‘ayning ta-
nasi kalta va qalin, cho‘michsimon tog‘ayning tanasi katta, hiqil-doq usti 
tog‘ayi uzun, yaproqsimon bo‘lib, undan o‘ng va chap tomon-ga 
ponasimon tog‘aylar — cartilago cuneilformis ketadi.
Hiqildoq bo‘shlig‘i — cavum larynx yuqorida ko‘rsatilgan besh-ta 
tog‘ay plastinkaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Hiqildoq bo‘shlig‘ining 
ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan bo‘-lib, unda tebranuvchi 
silindrsimon va qadoqsimon epiteliy bor. Hiqildoqqa zardobsimon bezlar 
joylashgan. Undagi tovush par-dalarining burmasi ko‘p qavatli yassi 
epiteliy bilan qoplan-gan.
Hiqildoqning boshlanish — aditus laryngis qismini pastdan hiqildoq 
tog‘ayi, yon tomondan qalqonsimon tog‘ay va ustki tomondan 
cho‘michsimon tog‘ay hosil qiladi. Bu tog‘aylarning ichki yuzasida 
shilimshiq pardadan burmalar hosil bo‘ladi. Hiqildoq-ning har ikkala yon 
devoridagi shilimshiq pardalar xaltasimon burma, tovush labi, ular orasida 
esa hiqildoqning yon xaltachasi — plica ventricularis ni hosil qiladi. Bu 
xaltachaning old tomonida xaltachasimon burma —plica vetricularis 
bo‘ladi. Tovush labida elastik to‘qimadan iborat tovush payi va
I tovush muskuli — lig. Vocale et m. vocalis bo‘ladi. Tovush lablari orasida 
kichik yoriqcha — rima glottidis bor, uning ustki tomoni |havo o‘tkazish, 
pastki tomoni esa tovush hosil qilish vazifasi-1'ni bajaradi. Kavsh 
qaytaruvchi hayvonlarda yon xaltacha bo‘lmay-|di, tovush lablari tik 
joylashadi. Cho‘chqalarda tovush lablari |qiyshiq, yon xaltachaning teshigi 
juda tor bo‘ladi. Bir tuyoqli-|larda yon xaltacha yaxshi rivojlangan, tovush 
lablari qiyshiq, vya’ni oldinga, so‘ngra pastga tomon qaragan bo‘ladi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish