taʼminlanganlik darajasi
boʻyicha ham
tasniflanadi. Bunda taʼminlangan va taʼminlanmagan obligatsiyalar ajratib
koʻrsatiladi. Taʼminlangan obligatsiyalarda garov sifatida mol-mulk, kafillik, garov
masalalari koʻriladi. Taʼminlanmagan obligatsiyalar boʻyicha esa hech qanday
taʼminot koʻrsatilmaydi. Bunday obligatsiyalar odatda bozorda yuqori nufuzga
hamda yuqori moliyaviy barqarorlikka ega emitentlar tomonidan muomalaga
chiqariladi.
Umumiy holda obligatsiyalar muomalasi emitent uchun ham, investor uchun
ham maʼlum bir afzalliklarga va kamchiliklarga ega hisoblanadi (3.2-jadval).
3.2-jadval
Obligatsiyalarning ayrim turlari afzalliklari va kamchiliklari
Obligatsiya
turi
Afzalliklari
Kamchiliklari
Emitent uchun
Investor uchun
Emitent uchun
Investor uchun
Taʼminlangan
obligatsiyalar
Obligatsiyani
joylashtirish
boʻyicha
muammoning
deyarli yoʻqligi
Qarz majburiyatni
qaytarish kafolati
yuqori darajada
Moddiy
aktivlarning
garov riski
Boshqa
obligatsiyalarga
nisbatan
foizli
daromadning
pastligi
Taʼminlanmaga
n obligatsiyalar
Mablagʻlarni
moddiy
aktivlar
garovisiz
jalb
qilish imkoniyati
Taʼminlangan
obligatsiyaga
nisbatan
yuqori
foizli
daromad
olish
Qarz
zayomi
hajmi
kompaniyaning
ishbilarmonlik
nufuzi
va
moliyaviy
holatga
bogʻliqligi
Qarz majburiyati
qoplanmasligi
vaziyati
yuzaga
kelganda
talab
qilish imkoniyati
pastligi
Qayta chaqirib
olinadigan
obligatsiyalar
Qoplash
muddatidan avval
qaytarib olish va
qoplash
muddatlarini
Qaytarib olish va
nominal
narxlar
tafovutidan foyda
olish imkoniyati
Qoplash
muddatidan
avval
qaytarib
olinganlik uchun
toʻlov
Obligatsiyaga
egalik
qilish
huquqi
cheklanganligi
27
tanlash
imkoniyati
mavjud
Konvertatsiyala
nuvchi
obligatsiyalar
Qarz majburiyati
qiymati pasayishi
imkoniyati
Qoʻyilmalar
xavfsizligining
yuqori darajasi
Aksiyadorlar
tarkibining
kengayishi
natijasida
gʻarazli
aksiyadorlar
paydo boʻlishi
Boshqa
obligatsiyalarga
nisbatan daromad
pastroq
boʻlishi
mumkin
Umumiy olganda obligatsiyalarning boshqa turlari ham investor yoki
emitent nuqtai nazaridan maʼlum bir ustuvorliklarga hamda kamchiliklarga ega
hisoblanadi.
3.2. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini baholash
Qarz
munosabatini
anglatuvchi
moliyaviy
instrumentlar
sifatida
obligatsiyalar qatʻiy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar toifasiga
kiritiladi. Bunday toifaga qatʻiy belgilangan miqdorda dividend toʻlash belgilab
qoʻyilgan imtiyozli aksiyalarni ham kiritish mumkin.
“Qatʻiy belgilangan daromad” umumqabul qilingan atamasini qatʻiy
ravishda tushunmaslik lozim. Bu atama bunday qimmatli qogʻozlar boʻyicha
operatsiya oʻtkazish vaqtida nazariy jihatdan toʻlovlar muddatlari va
miqdorlarining oldindan maʻlum qilinishini anglatadi.
Xalqaro tajribaga koʻra obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga
qaramasdan ularni daromad toʻlash shakllari boʻyicha quyidagicha uchta tur keng
qoʻllaniladi:
-
kuponli
, qatʻiy belgilangan yoki suzib yuruvchi kupon stavkali
obligatsiyalar;
-
diskontli
(
kuponsiz
), yoki
nollik kuponli obligatsiyalar
;
-
qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan obligatsiyalar
.
Kuponli obligatsiyalar
qarzning asosiy summasi qaytarilishi bilan bir vaqtda
davriy ravishda pul toʻlovlarini ham nazarda tutadi. Bunday toʻlovlarning miqdori
nominalga nisbatan foizlarda ifodalanadigan k kupon stavkasida belgilanadi.
Kuponli toʻlovlar odatda bir yil davomida bir, ikki yoki toʻrt marta amalga
oshiriladi.
Bunday qimmatli qogʻozlar harakati natijasidagi pul oqimlari qatʻiy
belgilangan kuponda operatsiya muddatining oxirida obligatsiyaning diskontlangan
nominal qiymatiga qoʻshiladigan annuitetni oʻzida aks ettiradi. Soddalashtirish
maqsadida diskontlash yagona
r
stavka boʻyicha amalga oshirilishini shart qilib
qilib qoʻyamiz. Shunda kuponli obligatsiya qiymati quyidagi formula boʻyicha
aniqlanishi mumkin:
𝑉 = ∑
(𝑁 × 𝑘) ÷ 𝑚
(1 + 𝑟 ÷ 𝑚)
𝑡
𝑚𝑛
𝑡=1
+
𝐹
(1 + 𝑟)
𝑛𝑚
bu erda
F
– qoplash summasi (qoidaga koʻra nominal);
k –
yillik kupon stavkasi;
28
r –
bozor stavkasi (diskont meʻyori);
n –
obligatsiya muddati;
m –
bir yilda kuponli toʻlovlar soni.
Misol koʻrib chiqamiz.
Agar daromadlilik meʻyori (bozor stavkasi) 12 foizga teng boʻlsa, har
chorakda toʻlanadigan yillik kupon stavkasi 8 foiz boʻlgan 1000 birlik nominalga
ega uch yillik obligatsiyaning joriy qiymatini aniqlang.
𝑉 = ∑
(1000 × 0,08) ÷ 4
(1 + 0,12 ÷ 4)
𝑡
12
𝑡=1
+
1000
(1 + 0,12 ÷ 4)
12
= 900,46 𝑏𝑖𝑟𝑙𝑖𝑘
Shunday qilib, mazkur operatsiya boʻyicha daromadlilik meʻyori 12 foiz
boʻlganda taxminan 900,46 birlikka teng bahoda obligatsiyani xarid qilish
mumkin.
Yuqoridagi masala boʻyicha daromadlilik meʻyori (bozor stavkasi) 6 foizga
teng boʻlganda obligatsiya qiymatini aniqlaymiz.
𝑉 = ∑
(1000 × 0,08) ÷ 4
(1 + 0,06 ÷ 4)
𝑡
12
𝑡=1
+
1000
(1 + 0,06 ÷ 4)
12
= 1054,53 𝑏𝑖𝑟𝑙𝑖𝑘
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, obligatsiyalar joriy qiymati talab
qilinadigan daromadlilik meʻyori va qoplash muddatiga bogʻliq. Bu bogʻliqlik
teskari xususiyatga ham ega. Keltirilgan baholashning bazaviy modelidan isbot
talab qilmaydigan quyidagi ikkita aksiomalar guruhini keltirish mumkin.
Birinchi aksiomalar guruhi obligatsiya qiymati, kupon stavkasi va bozor
stavkasi (daromadlilik meʻyori) oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻzida aks ettiradi:
- agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan yuqori
boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan past boʻladi, yaʻni obligatsiya
diskont bilan sotiladi;
- agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan past boʻlsa,
obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan yuqori boʻladi, yaʻni obligatsiya
mukofot bilan sotiladi;
- bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) va kupon stavkasi teng boʻlganda
obligatsiya joriy qiymati va nominali teng boʻladi.
Yuqorida keltirilgan masalalar bunga misol boʻla oladi.
Ikkinchi aksiomalar guruhi obligatsiya qiymati va uni qoplash muddati
oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni ifodalaydi:
- agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan yuqori
boʻlsa, obligatsiya boʻyicha diskont summasi qoplash muddatining yaqinlashishiga
qarab kamayib boradi;
- agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan past boʻlsa,
obligatsiya boʻyicha mukofot miqdori qoplash muddatining yaqinlashishiga qarab
kamayib boradi;
- obligatsiyani qoplash muddati qancha uzoq boʻlsa, bozor stavkasiga
nisbatan uning bahosi taʻsirchanroq boʻladi.
29
Kuponli obligatsiya qiymatini aniqlash formulasidagi oʻzaro nisbat davriy
ravishda qatʻiy belgilangan daromad keltiruvchi har qanday moliyaviy
instrumentning qiymatini baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Agar kuponli obligatsiyaning qoplash muddati yetarli darajada yuqori,
masalan 50 yildan ortiq boʻlsa, tahlil jarayonida bunday muddatlarni muddatsiz
sifatida qarash qulay hisoblanadi.
Muddatsiz obligatsiyalar
qiymati oʻzida doimiy rentani aks ettiruvchi pul
oqimlari harakatiga ega degan farazdan kelib chiqqan holda aniqlanishi mumkin.
Shunda uni quydagicha aniqlash mumkin boʻladi:
𝑉
∞
=
𝐶𝐹
𝑟
Agarda bir yil davomida toʻlovlar m marta amalga oshirilsa, obligatsiya
qiymatini hisoblash formulasi quyidagicha koʻrinishga ega boʻladi:
𝑉
∞
=
𝐶𝐹
𝑚[(1 + 𝑟)
1
𝑚
− 1]
Misol koʻrib chiqamiz.
IBM kompaniyasining 100 birlik nominalga ega, qoplash muddati 100 yil
boʻlgan obligatsiya qiymatini talab qilinadigan daromadlilik meʻyori 8,5 foiz
boʻlgan holatda aniqlaymiz. Kupon stavkasi 7,72 foiz va har yarim yilda bir marta
toʻlanadi.
𝑉
∞
=
7,72/2
2[(1,085)
1
2
−1]
= 48,25
birlik
Muomala muddati bir yildan kam boʻlmagan kuponsiz yoki diskontli
obligatsiyalar qiymatini baholash jarayoni
F
nominal qiymat,
r
foiz stavka va
n
qoplash muddati maʻlum boʻlgan holatda elementar toʻlov oqimi hozirgi miqdorini
aniqlash orqali ifodalanadi. Qabul qilingan belgilashlardan kelib chiqqan holda
bunday aktiv joriy qiymati formulasi quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
𝑉 =
𝐹
(1 + 𝑟)
𝑛
Bundan kuponsiz obligatsiya nominali 100 foiz deb qabul qilinadi, uning
kurs qiymati esa quyidagiga teng boʻladi:
𝐾 =
100
(1 + 𝑟)
𝑛
Misol koʻrib chiqamiz.
Qoplash muddati uch yil, talab qilinadigan daromadlilik meʻyori 4,4 foizga
teng boʻlsa nominal qiymati 1000 birlikka teng boʻlgan kuponsiz obligatsiyani
investor qanchaga sotib olishi mumkin?
1000/(1+0,044)
3
=878,82 birlik.
Nol kuponli obligatsiyalar aniq belgilab qoʻyilgan vaqt gorizonti boʻyicha
oʻtkaziladigan operatsiyalar nuqtai nazaridan investorlar qiziqishiga sabab boʻladi.
Ular foiz stavkalarining vaqtinchalik tarkibini belgilab beruvchi investitsion
tahlilda muhim rol oʻynaydi.
30
Keltirib oʻtilgan oʻzaro bogʻliqliklar va misollardan koʻrinib turibdiki, koʻrib
chiqilgan obligatsiyalar tiplari qiymati
r
bozor stavkasi va
n
qoplash muddati
oʻrtasida teskari bogʻliqlik mavjud.
Uzoq muddatli
qoplash vaqtida foizlar toʻlanadigan obligatsiyalar
bahosi
talab qilinadigan daromadlilik meʻyori (bozor stavkasi) boʻyicha daromad olish
imkonini beruvchi amal qiladigan toʻlovlar oqimining hozirgi qiymatiga teng.
Bunda k – eʻlon qilingan toʻlov foiz stavkasi. Qabul qilingan belgilashlarni hisobga
olgan holda obligatsiyaning V haqiqiy qiymati va K kurs qiymati talab qilinadigan
daromadlilikdan kelib chiqqan holda quyidagiga teng boʻladi:
𝑉 = 𝐹 (
1 + 𝑘
1 + 𝑟
)
𝑛
𝐾 = 100 (
1 + 𝑘
1 + 𝑟
)
𝑛
Obligatsiyalarga investitsiyalar samaradorligi umumiy oʻlchovi sifatida
qoplash muddatigacha daromadlilik (Yield To Maturity – YTM) koʻrsatkichidan
foydalaniladi.
Qoplash muddatigacha daromadlilik
investorning qimmatli qogʻozni
qoplash muddatigacha saqlashi natijasida olishi mumkin boʻlgan daromadlilik
darajasini oʻzida aks ettiradi. Bunda obligatsiyaning joriy bahosi va uning bozor
bahosi (P) oʻrtasidagi nisbatning foizdagi ifodasi olinadi.
Bir yilda bir marta toʻlanadigan qatʻiy belgilangan kuponli obligatsiyalar
uchun belgilangan tenglikdan kelib chiqqan holda YTM quyidagicha aniqlanadi:
𝑃 = ∑
𝐶𝐹
(1 + 𝑌𝑇𝑀)
𝑡
+
𝑛
𝑡=1
𝐹
(1 + 𝑌𝑇𝑀)
𝑛
bu erda F – qoplash bahosi (qoidaga koʻra nominal bahosi).
Keltirilgan matematik ifodadan YTM ni aniqlash mumkin. Qayd etib oʻtish
kerakki, formula boʻyicha hisoblanadigan YTM koʻrsatkichi investitsiya ichki
daromadlilik meʻyorini oʻzida aks ettiradi. Bu erda eʻtibor talab qiladigan jihat
shuki,
obligatsiyani
qoplashgacha
real
daromadlilik
quyidagi
shartlar
bajarilgandagina aniqlanadi:
- obligatsiya qoplash muddatigacha saqlanishi lozim;
- olinadigan kuponli daromadlar darhol r = YTM stavka boʻyicha qayta
investitsiyalanishi kerak.
Shunday qilib, qoplashgacha boʻlgan daromadlilik YTM va kuponli
daromadni reinvestitsiyalash stavkasi r oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik amal
qiladi. Yaʻni r pasayishi bilan YTM ham pasayadi, r oʻsishi bilan YTM ham oʻsib
boradi.
YTM koʻrsatkichiga obligatsiyaning xarid bahosi ham taʻsir koʻrsatadi.
Kuponli obligatsiyaning qoplashgacha daromadliligi YTM ning uning bozor
qiymati P ga fundamental bogʻliqligi quyidagi rasmda keltirilgan (16-rasm). Qayd
etish kerakki, bu erda teskari bogʻliqlik amal qiladi.
31
Do'stlaringiz bilan baham: |