G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov


matal,  Buxoro atrofidagi qishloqlarda -  ushuk



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
matal, 
Buxoro atrofidagi qishloqlarda - 
ushuk, 
Xorazmda - 
varsaki, 
Toshkent shahri va uning atrofida - 
cho‘pchak 
atamasi ham 
ishlatiladi. Ertaklar o‘ziga xos kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. 
Ayniqsa kirish qism, boshlama, voqealar rivoji, tugallanmalar bu 
jihatdan alohida ko‘zga tashlanadi. Xalq ertaklari mazmunan uch 
guruhga bo‘linadi:
1. Hayvonlar haqidagi (majoziy) ertaklar. "Susambil", "Ochko‘z 
bo‘ri" "Ayiq polvon" va boshqalar; 
2. Sehrli fantastik ertaklar: "Guliqahqah", "Husniyabonu, 
"Guljamol", "Urto‘qmoq", "Ochildasturxon", Semurg‘ va boshqalar; 
3. Hayotiy-maishiy ertaklar: "Malikayi Husnobod", "Zumrad va 
Qimmat", "Oygul bilan Baxtiyor", " Ziyod botir"; 
4. "Tohir va Zuhra", "Ozodachehra", "Uch og‘ayni botirlar" va 
boshqalar.
Hayotiy ertaklarda kambag‘allar bilan boylar, donishmandlar 
bilan ilmsizlar o‘rtasidagi voqea-hodisalar, munosabatlar hikoya 
qilinadi. Bu voqea va hodisalar hayot haqiqati asosiga qurilgan bo‘lib, 
unda salbiy va ijobiy qahramonlarning istagi, xatti-harakati, erishgan 
yutuq va kamchiliklari ko‘rsatiladi. Ertaklarning yaratilishiga ko‘ra 
yana bir turi, yozma ertaklardir.
Bunday ertaklar shoir va yozuvchiar tomonidan yaratiladi. Jahon 
adabiyotida fransuz ertakchisi Sharl Perro, nemis ertakchilari Gofman, 
aka-uka Yakob Grimm va Velgelm- Karl Grimmlar, daniyalik 
ertaknavis Hans Kristian Andersen, angliyalik Oskar Uayld, rus 
shoirlari, Pushkin, Tolstoy, Ushinskiy va boshqalar juda ko‘plab 
yozma ertak namunalarini yaratganlar. O‘zbek adabiyotida Hamid 
Olimjonning, Sulton Jo‘ra, Shukur Sa’dulla, X. To‘xtaboev, A. 
Obidjon, T. Adashboev, O‘. Imonberdiev kabi adiblarimiz ham 
ertaknavislik an’analarini davom ettirmoqdalar.
Yertaklar o‘ziga xos g‘oyaviy tarbiyaviy ahamiyatga ega 
ekanligi bilan ajralib turadi. Ertaklarning ta’limiy hamda tarbiyaviy 
ahamiyati juda katta. Bu haqda M. Gor’kiy: "Dunyoda ibrat 


52 
bo‘lmaydigan hech narsa yo‘q, o‘zida "didaktika", ibrat vositalarini 
mujassamlashtirmagan birorta ham ertak topilmaydi", - degan edi.
Ertaklarning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq 
hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan 
bog‘lanib, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib 
kelishidadir. Ertaklar sodda va tushunarli bo‘lgani uchun har qanday 
kitobxonga tez yetib boradi. Ertaklarning bola tarbiyasidagi o‘rni 
shundaki, u boladagi ro‘stgo‘ylik, halollik, yor- u, do‘stga sadoqat, 
vatanga muhabbat, mehr- oqibat, mehnatsevarlik, ezgulikka intilish 
kabi barcha ijobiy xislatlarning shakllanishiga turtki berib, birovning 
haqiga xiyonat qilishdan, dangasalik, va’daga vafosizlikdan, 
ilmsizlikdan va barcha insonni to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan yomon 
xulqlardan saqlaydi.
Ertaklar shunchalik sehrli kuchga egaki, bola butun borlig‘ini 
berib uni tinglaydi. Uning butun azoi- badani, quloqqa aylanadi. 
Demak uning olamida yashayotgan bolaning tarbiyasiga ertaklar o‘z 
ta’sir kuchini o‘tkazmasdan qolmaydi. Ertak eshitayotgan bola o‘zi 
sevgan qahramoni bilan tog‘-u toshlar qir-u adirlarga boradi, yovlar 
bilan kurashadi, kulsa kulib, yig‘lasa yig‘laydi.
Aytayotgan tarbiyaviy gaplaringiz bola ongida abadiy muhrlanib 
qolishini xohlasangiz, bola qalbiga ertaklar orqali yetib boring. 
Ularning bor ong-u shuuri ertaklar orqali qaratilishini o‘z ko‘zlaringiz 
bilan ko‘p bora kuzatgansiz. Har kuni bolalarning ertak aytib 
berishlarini so‘rab harxasha qilganliklariga guvoh bo‘lgansiz. Oilada 
ota-onalar orzu-maqsadlarga erishishning asosiy kaliti hisoblangan 
mehnatsevarlik xislatini kichkintoylarda shakllantirish uchun, shu 
mavzuga oid ertaklar aytib berish samaralidir.
Ertaklar 
tarbiyasi 
orqali 
boshqalarga 
hech 
bir 
ozor 
yetkazmaslikni, takabburlik qilmaslikni, rostgo‘y bo‘lishni yalqovlik 
va egrilik qilmaslikni tushunib yetadilar. Ertaklar bola uchun dastlabki 
hayot darsligi, ma’naviy boyliklarning bitmas-tuganmas xazinasidir. 
Dastlab kattalar ko‘magi bilan ertaklar olamiga kirib kelgan bola, 
keyinchalik maktabda o‘z savodini chiqargandan so‘ng, o‘zi shu 
olamda o‘qib kezadi. Bola ertaklarni chanqoqlik bilan bosh ko‘tarmay 
o‘qiydi. Undagi ijobiy obrazlarga taqlid qilgisi keladi. Salbiy 
obrazlarga o‘xshash kimsalarni kundalik hayotda ko‘rib qolganida, 
ulardan uzoqroq yurishga urinadi. Bu hol ota-ona berayotgan 
tarbiyaga yana bir muhim qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi.


53 
Ertak o‘zining soddaligi, ravonligi, obrazliligi bilan bolalar 
uchun juda tushunarli, qiziqarlidir. Ertak bolalar tomonidan oson va 
tez o‘zlashtiriladi. Olib borilgan so‘rovlarda shuni bildikkki, hatto 
kattalar 7-8 yoshlarida yodlagan she’rlarini eslolmaydi, ammo o‘qigan 
ertaklarini hali unutganicha yo‘q. Zero, bu pallada bolaning ongi va 
qalbi nihoyatda ziyrak, sezgir, unga kuchli ta’sir ko‘rsatgan narsa 
butkul muhrlanib, hech qachon o‘chmaydi.
Ertaklar orqali bolalar o‘z xalqining o‘tmish hayoti va ijodi bilan 
tanishadilar, shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda xalq 
ertaklaridan keng foydalanilishi bejiz emas. Siz farzandingiz yostig‘i 
boshida o‘tirib, ertak aytib beryapsizmi, uning jajji murg‘ak qalbida 
nimalar shakllanayotganiga e’tibor qaratayapsizmi? Hammamizga 
ma’lumki, bolada ertak tinglash istagi juda erta 2-3 yoshdan 
boshlanadi. Bola katta bo‘lgan sari uning ertakka qiziqishi ortib 
boradi. Bola ertakni butun fikri-zikri bilan tinglaydi, undagi 
voqealarni, kishilar, hayvonlar o‘rtasidagi munosabatlarni fikran 
analiz qiladi va ertakdagi salbiy va ijobiy qahramonlarni darhol ajratib 
oladi. Xalq ertaklari bolalar fantaziyasini o‘stiradi, ularni fikr 
yuritishga undaydi.
Bola ertak qahramonlariga o‘xshagisi keladi. Malikalarni 
qutqarishga intilgan shahzodalarga, o‘z vatanini himoya qilib 
kurashgan paxlavonlarga havas qilar ekan, bola qalbida beixtiyor 
mardlik, jasurlik, vatanga muhabbat hislari uyg‘ona boradi. Bugun 
zamon shiddati, texnika vositalarining rivoji hayotimiz, taqdirimizga 
qaysidir ma’noda ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, bolalarning 
mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndirgani yo‘q. Agar kichkintoylarga 
o‘zi yaxshi ko‘rgan biror ertakni aytib bersangiz, jon qulog‘i bilan 
eshitadi. Bizdan ertak kitoblar keltirib berishimizni xohlashadi.
Yoshlikning go‘zal va esda qolarli onlari ko‘p. Eng baxtiyor 
damlari esa onajonimizdan ertak tinglaganimiz bo‘lgandir. Barchamiz 
ota-onamizning jondan aziz farzandlarimiz. Ota-onamiz yaxshi 
kitoblarni o‘qib, mehr-muruvvatli, mard, iymoni salomat insonlar 
bo‘lib kamol topishimizni xohlashadi. Shu yo‘ldagi ilk qadam lari biz 
uchun alohida vaqt ajratib ertaklar olamiga sayohat qildirganliklaridir. 
Ayniqsa, har kuni oila davrasida aytilgan ertaklar to‘g‘ri yashashga, 
mehnat qilishga mehr-oqibat, do‘stlikka, birodarlikka undagan. Bu 
sehrli olamning ko‘z ilg‘amas, qo‘l yetmas, quloq eshitmagan 
qirralarini qancha ta’rif etgan bilan ado qilolmaysan, kishi. Faqat 


54 
ushbu ibratli ertaklar bolalarning fikrlash qobiliyatini o‘stirib, yorqin 
kelajak sari yetaklashiga ishonamiz.
Chunki har bir bola ertaklardan g‘alaba qozonishga bo‘lgan 
ishtiyoqni, har qanday ishda yetti o‘lchab bir kesish kerakligini dil 
shuuridan o‘tkazadi. Inson baxtiyor hayot kechirishni, orzu-
maqsadlarga dadil harakat qilib murod-maqsadga yetishishni 
xohlaydi. Mana shu ezgu maqsadlar yo‘lida barcha qiyinchiliklarni 
yengib o‘tishga harakat qiladi. Ertaklar vositasida xalollik, vafodorlik, 
saxiylik kabi xislatlar ilgari surilib, kishilar harakteridagi yaramas 
odatlar, nomaqul illatlar qoralanadi. Ushbu ertaklarning ba’zi birlariga 
e’tiborimizni qaratsak.
Xalq ertaklari ichidan o‘rin olgan "Egri va To‘g‘ri" ertagi. 
Ushbu ertak bayonida, egrilik oqibatidagi ishlarning barchasi faqat 
afsus nadomat bilan tugashi, boshga faqat tashvishlar olib kelishi 
yaqqol ko‘rsatilsa, to‘g‘ri odamning doimo ishlari olg‘a siljishi, to‘g‘ri 
qadam bosmoqlik, maqsad - murodga yetmoqlikning asosiy kaliti qilib 
ko‘rsatiladi. Ertak orqali bola qalbida rostgo‘ylik, halollik, va’daga 
vafo, kamtarlik xislatlari jonlanar ekan, xalq nazarida ham "bo‘ladigan 
bola"ning xususiyatlari ko‘rina boshlaydi.
"Ikki aka-uka" ertagida bir-birini o‘ylab bir biriga mehr ulashgan 
yuksak hislarni ko‘rishimiz mumkin. Unda bir-biri bilan doimo axil 
bo‘lgan, shumlikni bilmagan, to‘gri niyat og‘a -inilar bug‘doy ekishib, 
teng bo‘lishib oladi. Ukasi akasining oilali ekanini o‘ylab, "akam 
qiynalmasin"- deb, kechasi bildirmay, o‘zining bug‘doyidan 
akasinikiga qo‘shib keladi. Akasi esa "ukam hali yosh endi oyoqqa 
turyapti"- deb, kechasi unga sezdirmay o‘zining bug‘doyidan 
ukasinikiga qo‘shib qo‘yadi. Mehribon aka-ukalar shundan keyin 
ko‘ngillari halovat topadilar. Ushbu ertak orqali farzandlar bir biriga 
nisbatan mehrli oqibatli bo‘lishlikni, bir biriga yelkadosh suyanchiq 
bo‘lish kerakligi uqtiriladi. Og‘a -inilar o‘rtasida uzib bo‘lmas 
mustahkam rishta o‘rnatilishi muhimligi aytib o‘tiladi.
Qo‘shnilarini bir necha bor uyimga o‘t ketdi deb aldab, 
qo‘shnilari kelganda ularni sinamoqchiligini aytib ustilaridan kulgani, 
haqiqatdan uyiga o‘t tushganda hech kim yordamga kelmay uyi yonib 
kul bo‘lgan yolg‘onchi haqidagi ertakni eshitgansiz.
Rostgo‘ylikni tarbiyalash, bolalarni rost so‘zlashga odatlantirish 
birinchi navbatda oila tarbiyasi bog‘liq. Oiladagi tarbiyada bola ertak 
eshitib to‘g‘riso‘zlikka o‘rganadi, aldamchilikning oxiri voy 


55 
ekanligini tushunib yetadi. Har bir ertak borki, avvolo uning asosiy 
markazida bola kamoloti go‘zal tarbiyasi turadi. Xalqimizning asrlar 
osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelayotgan buyuk ulkan me’rosi 
borki, ularning o‘rnini hech qanday narsa egallay olmaydi. Chunki 
ular tajribalar sinovidan o‘tgan va shu bugungi kungacha bardosh 
berib kelayotgan xalqimizning qalb ijodidir. Shu ijod sarasidan 
alohida o‘rin egallagan ertaklarning bola tarbiyasidagi ahamiyati 
haqida ozgina to‘xtalib o‘tdik.
Ertaklarning bola tabiatiga ta’sirini chuqurroq o‘rganish uchun 
Jizzax shahridagi 37- sonli maktabgacha ta’lim muassasasining 
bolalar bog‘cha opalari bilan suhbatda bo‘ldik. Ular aytishicha, ertak 
boshlashlari bilan bolalar tinchlanib, butun vujudi quloqqa aylanarkan. 
"Ertaklarni obrazga kirishib aytamiz. Bola ertakdagi holatni ko‘z 
o‘ngida gavdalantirishi uchun bu zarur.
Aytib bo‘lgandan so‘ng shu ertak qahramonlaridagi xislatlar, 
yaxshi yomon fazilatlar haqida mulohaza yuritamiz. Bolalar buni tez 
ajratib olishadigan bo‘lishgan" -deyishdi bog‘cha opalari. Ertaklarning 
bolalarga tarbiyaviy ta’sirini kuchli ekanligini inobatga olsak, bu 
tarbiyaning juda qulay usuli.
Yana suhbatimizni Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 9-
maktabning birinchi sinf o‘qituvchilari bilan muloqotda davom 
ettirdik. "Ertaklarni nafaqat bolalar balki biz kattalar ham sevib 
o‘qiydigan bo‘lganmiz"- deyishdi ular. "Bolalarga mustaqil ertak 
o‘qib 
kelishlarini 
ham 
tayinlaymiz. 
Bolalarga 
xotirasini 
mustahkamlash uchun, nutqini o‘stirish va rivojlantirish uchun 
she’rlar beramiz. Lekin ular she’rlardan ko‘proq ertaklarni ko‘proq 
esda olib qolishadi va ertaklarni chiroyli qilib gapirib berishadi. Shu 
bilan ularning nutq boyligini oshirib muloqotga jonliroq kirishamiz"- 
deyishdi. Ertak o‘qimagani ham uyida ota-onalari bobo -buvilaridan 
eshitgan ertaklarini aytib berishar ekan. Shu bilan har bir o‘quvchini 
faollikka undab mashg‘ulotlarni samarali olib borar ekan. Yuqori 2- 4 
-sinflarda ham ochiq darslar tashkil qilinib ertaklarni ro‘lli obrazlar 
bilan jonli tomosha tashkil qilinar ekan. Ustozlari "Bolalar shu 
ertaklardan o‘ziga xos tarbiya olishadi. Tarbiyaning boshlang‘ich 
poydevori boshlang‘ich sinf. Shuning uchun bunga alohida e’tibor 
beramiz. Bu o‘zining yuqori ko‘rsatkichlarini ko‘rsatayapti" - 
deyishdi. Demak ertaklar oilada ham, ta’lim muassasasida ham, o‘z 
beminnat xizmatini o‘tab kelmoqda.


56 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish