Giperproteksiya
– ota-onalarning farzandlariga nisbatan haddan
ziyod e’tibori bо‘lib, bu ularning bola tarbiyasi uchun kuch, vaqt va
e’tiborni ayamasliklarida namoyon bо‘ladi. Ota-ona bu ishni hayot
tarziga aylantiradi, ya’ni ona uchun ham, ota uchun ham bola tarbiyasi
hayotining mazmun-muddaosiga aylanadi.
Giperproteksiya
– ota-ona tomonidan bolaning barcha istak,
tilak va ehtiyojlarini kо‘r-kо‘rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga
intilish; bolani har qanday qiyinchiliklar va tо‘siqlardan himoya qilish,
uning barcha istaklarini joyida bajo keltirish, erkalatish, oddiy
yutuqlaridan quvonish, xatolarini sezmaslikka qaratilgan harakatlar.
Bolasi uchun “jonini jabborga beruvchilar” odatda о‘zlari bilmagan
holda farzandlariga yomonlik qilayotganliklarini sezmaydilar, natijada
bola kelajakda ishga toqati yо‘q, kо‘pchilikning ichida о‘zini tuta
olmaydigan, hayotning past-balandliklarida о‘zini nochor his etadigan,
tantiq, erka bо‘lib qoladi. Ayniqsa, bola о‘smirlik yoshiga yetganda,
erka, tantiq bо‘lgani uchun dо‘stlari va tengqurlari davrasida ham
hamma aytganlari bо‘lishini istaydigan, liderlikka intiluvchanligini
namoyon etgisi keladi, lekin ikkinchi tomondan, aslida unda bunday
sifatlar bо‘lmaydi. Gap shundaki, bunday holatlarda ota-ona zurriyodi
timsolida ilgari о‘z hayot tajribasida erisholmagan armonlarini
rо‘yobga chiqargisi keladi, ularning tarbiya uslublari aynan shunga
qaratilgan bо‘ladi, lekin bola kо‘p jihatdan nochor ekanligini
keyinchalik ijtimoiy muhitning turli vaziyatlariga tushganida his eta
boshlaydi.
G‘amxо‘rlikdan ustun keladigan giperproteksiya
– bunda
erkalatishdan kо‘ra ota-ona tomonidan bolasining har bir yurgan
qadami va xatti-harakatini nazoratga olish orqali unga e’tibor berish
nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida turli xil ta’qiqlar,
chegaralashlar (“u mumkin emas”, “bu mumkin emas” qabilida)
bisyor bо‘ladi. Bunday sharoitda katta bо‘lgan bola odatda mustaqil
fikrli, mustaqil qarorlar chiqaruvchi bо‘lolmaydi, lekin salga jahli
chiqadigan, kо‘p narsalardan norozi holda katta bо‘ladi, chunki u
doimiy nazoratga, birovlarning hamma yо‘l-yо‘riqlarni kо‘rsatib,
aytib berishlariga о‘rganib qoladi: onasisiz dars tayorlay olmaydigan,
otasisiz kо‘chaga chiqmaydigan bо‘ladi, barcha ishlarida kattalarning
aralashuviga kо‘nikib ketadi.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |