116
Asarda buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan
o‗zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi konseptual
fikr ilgari suriladi.
Bizning o‗lkamiz ham ana shunday qismatdan qochib qutulolmadi. Buyuk
davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tahdidi haqida fikr yuritganda biz
quyidagi xavfni nazarda tutamiz:
birinchidan
, xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama - qarshilikni keltirib
chiqarish;
ikkinchidan
, xalqaro - huquqiy va ichki
davlat suverenitetimizni
ro‗yobga chiqarishga qarshilik ko‗rsatish;
uchinchidan
, O‗zbekistonning tashqi
iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo‗lmagan sharoitga solib
qo‗yishga urinish;
to„rtinchidan
, Mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va
mafkuraviy yo‗l bilan tazyiq o‗tkazish, jahon afkor ommasida O‗zbekiston haqida
noto‗g‗ri tasavvur tug‗dirishga
intilish;
beshinchidan
, agar buyuk davlatchilik
shovinizmi bilan ekstremistik millatchilik abadiy hamrohlar ekani nazarda
tutiladigan bo‗lsa, u holda millatlar o‗rtasida o‗zaro ishonchsizlikni keltirib
chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish;
oltinchidan
,
yangi
mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‗rlab qabul qildirish,
hamma sohalardagi o‗zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish
xavfi.
Gapning sirasini aytganda, Rossiyada imperiyacha fikr yuritishdan voz
kechish va O‗zbekiston bilan ana shunday hamkorlikka tayyorlikni izhor etish
buyuk qo‗shnimiz uchun g‗oyat samarali imkoniyatlar ochib beradi. Avvalambor,
ochiq ko‗rinib turgan bir haqiqatga e‗tiborni qaratmoqchiman. Mustaqil va kuchli
sherikka ega bo‗lish "ukani boqish" yoki "kichik ittifoqchini chegaralab turish"ga
qaraganda arzonroq va ishonchliroqdir.
Boshqacha aytganda, zaif ittifoqchidan
ko‗ra kuchli va barqaror sherik bilan ish olib borgan afzalroq.
Ikkinchidan, bir - birimizning manfaatlarimizni hisobga olish va muvozanatda
saqlab turishga asoslangan teng huquqli, izzat - ikromli munosabat
mamlakatimizning siyosiy rahbarlaridagina emas,
balki butun xalqimizda ham
hurmat hissini uyg‗otadi. Xalqning ezgu his - tuyg‗ulari va munosabati, aytish
mumkinki, rossiyalik siyosatchilar bizning mintaqada topishlari mumkin bo‗lgan
eng yirik kapitaldir. Va aksincha, xalq aksariyat qismining his - tuyg‗ulari "nafrat"
degan birgina so‗zga jamlanganda nimalarga olib kelishi mumkinligini
Chechenistondagi mojaro yaqqol eslatib turuvchi yorqin misoldir. Nihoyat,
mintaqaviy qalqon vazifasini bajarishga qodir bo‗lgan mustaqil,
yetarli darajada
barqaror davlatlarni shakllantirish Rossiyaning jeografik - siyosiy manfaatlariga
mutlaqo mos tushib, chiqimi ham ancha kam bo‗lishini tushunish juda muhimdir.
Iqtisodiyoti barqaror bo‗lgan mintaqa Rossiya yoki o‗zga birorta davlatga tahdid
117
solmaydi. Aksincha, bu hol juda ulkan iqtisodiy va boshqa istiqbollarga yo‗l
ochadi.
Eng muhimi - bu mintaqaning hech qachon sivilizatsiyalar to‗qnashadigan
joyga aylanmasligiga, balki ular bir - biriga ta‗sir etib,
bir - birini boyitishning
ibratli namunasi bo‗lib xizmat qilishiga kafolatdir. O‗zbekiston Respublikasi ana
shunday olijanob va tarixiy vazifani bajarishga har jihatdan tayyor. Rossiyada
mamlakatlarimiz o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning ana shunday istiqbolini
ma‗qullayotgan odamlar va sog‗lom fikrli siyosatchilar tobora ko‗paymoqda. Ular
kelajagimizni faqat bir - birimizning manfaatlarimizni hisobga olgan holda, teng
huquqli va o‗zaro foydali hamkorlik asosida tashkil etishimiz zarurligini tushunib
yetayotganligi muayyan darajada umid uyg‗otmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: