3. S h a rtn o m a n in g shakli, m uddati.
S h artn om a bo'yicha ta ra fla rn in g ja v o b g a rlig i
Ayirboshlash shartnom asi, odatda, fuqarolar o 'rtasida tuzilganda
va shartnom a predm etining bahosi Respublikada o'rnatilgan eng kam
oylik ish haqining o'n baravarigacha bo'lgan hollarda og'zaki shaklda
tuzilishi m um kin. Shuningdek, yozma shaklda tuzilgan shartnom ani
1 Узбекистон Республикаси конун хужжатлари туплами, 2003 йил, 1-2-сон,
3-модда; 2005 йил, 37-38-сон, 282-модда.
bajarishga qaratilgan bitimlar, ag ar qonun hujjatlari va shartnom aga
zid bo'lmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq og'zaki tuzilishi mumkin
(FK 106-modda, 3-band). Qolgan hollarda, y a’ni yuridik shaxslarning
o'zaro va fuqarolar bilan tuzgan ushbu turkum dagi bitimlari, fuqarolar
o'rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o'n baravaridan ortiq
summ adagi bitimlari yozma shaklda tuziladi. Ba’zi hollarda shartnom aning
predm eti y er uchastkalari va boshqa ko'chmas m ol-mulklar bo'lganda,
bunday bitim lar notarial tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi
talab qilinadi (FK. 110-111-moddalari tartibida). Shuningdek, FKning 497-
moddasining 2001-yil 7-dekabrdagi tahririga ko'ra, qonun hujjatlarida
b e lg ilan g an ta r tib d a d a v la t ro 'y x a tid a n o 'tk azilishi lozim b o 'lg an
a v to m o to tra n s p o rt v o sita la rin i ay irb o sh lash s h a rtn o m a s i n o ta ria l
tasdiqlangan bo'lishi kerakligi belgilanadi.
Shubhasiz, shartn o m a shakliga doir yuqoridagi talablarga rioya
qilmaslik b ir qancha huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (FK 109,
112-moddalari).
Ayirboshlash shartnomasining m uddati bevosita taraflarning kelishuvi
bilan belgilanadi.
S h a rtn o m a b o 'y ic h a ja v o b g a rlik oldi-sotdi sh a rtn o m a s id a g i
javobgarlikka juda o'xshab ketadi. Um um iy holda FKning 393-moddasiga
ko'ra, sotuvchi tovam i sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning h a r qanday
huquqlardan ozod holda topshirishi shart, deb belgilab qo'yilgan. Qonunda
agar topshirilgan tovarni sotib oluvchidan uchinchi shaxslar olib qo'yadigan
bo'lsa, sotuvchi tarafning bevosita javobgarligi belgilab qo'yilgan. Ya’ni,
“FKning 501-moddasiga ko'ra, ayirboshlash shartnomasi bo'yicha olgan
tovarini uchinchi shaxslar olib qo'ygan taraf, FK ning 395-moddasida
nazarda tutilgan asoslar m avjud bo'lsa, boshqa tarafd an ayirboshlash
asosida olingan tovarni qaytarishni yoki zararni qoplashni talab qilishga
haqli. K o'rinib turibdiki, ayirboshlanayotgan tovarni uchinchi shaxslar
huquqidan ozod qilmasdan ayirboshlash keyinchalik bunday harakatni
am alga oshirgan tarafning javobgarligini keltirib chiqarar ekan. Biroq
shuni aytish joizki, sotib oluvchi uchinchi shaxsning huquqlari bo'lgan
tovam i qabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasnodir.
S h a rtn o m a b o 'yicha ay irb o sh lan ay o tg an to v a rla rn in g m iqdori,
assortim enti, uning sifati, tov arn in g butligi m uhim u n su r hisoblanib,
ularni sh a rtn o m a d a kelishilganidek bajarm aslik yoki lozim darajad a
bajarm aslik tegishincha taraflarning javobgarligini keltirib chiqaradi.
Xususan, tovarni topshiruvchi shartnom a shartlarini buzib, tovarni
qabul qilib oluvchiga shartnom ada belgilangan m iqdordan kam tovar
topshirgan boisa, tovarni qabul qilib oluvchi agar shartnom ada boshqacha
tartib nazarda tugalm agan boisa, tovarning yetishm ayotgan miqdorini
topshirishni talab qilishga yo topshirilgan to v ard a n va uning haqini
to 'la sh d a n bosh tortishga, b o rd i-yu uning evaziga kelishilgan to v ar
topshirilgan boisa, oldin topshirib qo'yilgan tovarni q aytarib berishni
talab qilishga haqli. Umuman, ayirboshlash shartnom asi bo'yicha ko'p
hollarda oldi-sotdiga doir qoidalar qoilanilgani bois, bu haqdagi norm alar
batafsilroq oldi-sotdiga bag'ishlangan bobda keltirildi.
T a’kidlash joizki, qonunda belgilanganidan tashqari, to'g'ridan-t.o'g'ri
shartnom a bo'yicha ayirboshlash natijasida ham javobgarlikning boshqa
tu rla ri nazarda tutilishi m um kin. Ayirboshlash shartnom asi bo'yicha
javobgarlik faqat bir tom onda emas, h a r ikki tom onda ham yuzaga
kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |