asosiy vazifalarni amalga oshirishda yordamchi boigan qo'shimcha
vazifa bo'lib ko'riladi.
Hozirda omonat saqlashning yangi-yangi turlari paydo bo'ldi. Masalan,
tovar omborida omonat saqlash, ashyolarni transport tashkilotlarining
yukxonalarida saqlash, boyliklarni bankda saqlash (qimmatbaho metallar
va toshlarni, hujjatlarni saqlash) va boshqalar.
Omonat saqlash shartnomasi fuqaro va yuridik shaxslaming zaruriy
ehtiyojlarini qondirish uchun qo'llaniladi. Jumladan, lombardda omonat
saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’moliga mo'ljallangan ko'char
ashyolar qabul qilinishi mumkin (FKning 394-moddasi). Boyliklarni bankda
saqlash
shartnomasiga muvofiq, bank qimmatli qog'ozlarni, qimmatbaho
metallar va toshlarni, boshqa boyliklarni, shuningdek, hujjatlarni saqlash
uchun qabul qilishi mumkin (FKning 896-moddasi). Ashyolarni
transport
tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasiga muvofiq transport
tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar y o io v ch ila r va boshqa
fuqarolardan, ulardan yo'l hujjatlari bor yoki yo'qligidan qat’iy nazar,
ashyolarni saqlash uchun topshiradi (FKning 897-moddasi). Ashyoni
tashkilotlarning kiyim xonalarida saqlash, bunda tashkilotlarning
kiyimxonalarida ashyolarni haq evaziga saqlash haqida ashyoni saqlashga
topshirish vaqtida kelishib qo'yilgan yoki boshqa ochiq usulda shartlashilgan
bo'lmasa, ularda ashyoni saqlash bepul hisoblanadi (FKning 898-moddasi).
Ashyoni mehmonxonada saqlashda mehmonxonada yashayotgan shaxs
tomonidan olib kirilgan ashyolarning yo'qolganligi,
kam chiqqanligi yoki
shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv
bo'lmagan taqdirda ham javob beradi. Ashyo yengib bo'lmaydigan kuch,
ashyoning o'z xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining
o'zi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan
yo'qolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasnodir
(FKning 899-moddasi).
Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati sifatida tovarlarni saqlaydigan
va saqlash bilan bog'liq xizmatlarni ko'rsatadigan tashkilot tovar ombori
deyiladi (FKning 901-moddasi).
Amaliyotda ushbu munosabatlarga o'xshash,
lekin mazmunan
nihoyatda farq qiladigan, jumladan, qarovsiz yoki adashgan chorva mollari
to'g'risidagi qoidalar (FKning 195-moddasi)ga muvofiq bunday chorva
mollari yoxud boshqa qarovsiz uy hayvonlari yoki qoiga o'rgatilgan
hayvonlar topilganda yoki adashganda vaqtincha saqlash, boqish va
foydalanish uchun yaqindagi xo'jalik yoki jamoalarga topshiriladi. Chorva
mollari va hayvonlami vaqtincha saqlash hayvonni to egasi topilguncha
asrashdan iborat bo'lib, omonat saqlash shartnomasiga asoslanmasdan,
balki qonun hujjatlari bilan belgilanadigan majburiyatning bir xilini
tashkil
etadi.
Omonat saqlashning ayrim turlarini tartibga soladigan bir qancha
nizom lar m avjud. Masalan, m u zxon alarda o ziq -o v q a t saqlash
munosabatlari O'zbekiston Respublikasining oziq-ovqat sanoati Davlat
komiteti tomonidan muzxona omborlari to'g'risida chiqarilgan Nizomda
ko'rsatilgan. Lombardlarda buyumlarni omonat tariqasida saqlash ishi
lombardning nam unaviy ustaviga asosan amalga oshiriladi. Qo'l
yuklarini va bagajlarni saqlash kameralaridan foydalanish to'g'risidagi
qoidalar O'zbekiston Transport aksionerlik korporatsiyasi tomonidan
qabul qilingan rasmiy qo'llanmalarda belgilab qo'yilgan. Yuklar temir
yo'llarga qarashli joylarda
saqlash uchun topshirilganda, qoldirilganda
ularning to'la-tukis saqlanishi uchun temir yo'l muassasasi javobgar
bo'lishi haqida O'zbekiston Respublikasi Tem ir yo'llari ustavida
ko'rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: