R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni


  Korxona moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar va ularning



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

1.4. 
Korxona moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar va ularning 
manfaatlari 
Korxonalar faoliyatining tahlili natijalari undan foydalanuvchilar uchun 
ma‘lum ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy hisobot 
ma‘lumotlaridan foydalanuvchilar ikki asosiy guruhga ajratiladi:
-ichki foydalanuvchilar; 
-tashqi fodalanuvchilar.
Ichki foydalanuvchilarga, ma‘muriyat, ya‘ni boshqaruv xodimlari, menejerlar, 
rahbarlar va bo‗linmalar mutaxassislari, hamda ta‘sischilar va mulkdorlar kiradi.
Boshqaruv apparati xodimlari va mutaxassislari buxgalteriya hisobi
ma‘lumotlaridan keng foydalanuvchilar qatoriga kiradi. Ularga beriladigan 
ma‘lumotlar tarkibi, egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishiga bevosita 
bog‗liqdir.
Boshqaruv xodimlari va mutaxassislari bu asosida turli ishlab chiqarish va
moliyaiy xarakterdagi qarorlarni qabul qiladi. Shuning uchun ham bunday
qarorlarni qabul qilishda to‗liq, aniq va o‗z vaqtidagi ma‘lumotlar alohida 
ahamiyatga ega, aks holda korxona katta zararlar ko‗rishi va tanazzulga uchrashgacha 
yetib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobot bilan qiziquvchi tashqi 
foydalanuvchilar o‗z navbatida ikki guruhga bo‗linadi: korxona faoliyati bilan 
bevosita manfaatdor bo‗lganlar va bilvosita manfaatdor bo‗lganlar.


27 
Buxgalteriya 
ma‘lumotlaridan 
bevosita 
manfaatdor 
bo‗lgan 
tashqi 
foydalanuvchilarga mavjud yoki kelajakdagi investorlar, banklar, mol yetkazib
beruvchilar va boshqa kreditorlar kiradi. Ular asosan buxgalteriya hisobotlarida 
mavjud ma‘lumotlardan foydalanadilar. Shu ma‘lumotlar asosida ular korxonaning
istiqboldagi moliyaviy imkoniyatlari va barqaror rivojlanishi haqida xulosalar 
chiqaradilar.
O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 26.07.1998 yilda 17-
07/86- son bilan tasdiqlangan ―Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish‖ 
bo‗yicha buxgalteriya hisobining milliy standartiga asoslanadi.
Ushbu kontseptual asos O‗zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi 
to‗g‗risida"gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va foydalanuvchilar uchun moliyaviy 
hisobotni tayyorlash va taqdim etish asosini tashkil etuvchi tushunchalarni belgilab 
beradi. 
Ushbu konsepsiyaning maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat: 
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat 
organi - O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy 
standartlarini (keyingi o‗rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‗rib 
chiqishda; 
2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda; 
3. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni 
tayyorlashda; 
4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi 
ma‘lumotlarni tahlil qilishda. 
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va 
BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki 
ular bilan bog‗liq bo‗lgan izohlar, mo‗ljallar va tushuntirishlarni ham o‗z ichiga oladi. 
Bunday axborot sanoat va jug‗rofiy hududlarning faoliyat turlari to‗g‗risidagi 
moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o‗zgarishining moliyaviy natijalarga 
ta‘sirini tushuntirib berishi kerak. 


28 
Haqiqiy va bo‗lg‗usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, 
xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, 
jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilar qaroriga kiradi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish