23
1-jadval
Hisobot shakllarining turkumlanishi
6
№
Turkumlashish belgilari
Hisobot shakllari
1
Turlari bo‗yicha
Moliyaviy.
Buxgalteriya.
Statistika
2
Ahamiyati bo‗yicha
Asosiy.
Qo‗shimcha.
3
Qamrab olinadigan davri bo‗yicha
Kunlik.
Oylik.
Choraklik.
Yarim yillik.
9 oylik.
Yillik.
4
Doimiy ravishda tuzilmaydigan hisobotlar
O‗zbeiston
Respublikasi
tegishli
organlari so‗rovi bo‗yicha
5
Qo‗llanilayotgan aks ettirish usullarining
xususiyatlari bo‗yicha
Milliy standartlar bo‗yicha hisobotlar.
MHXS talablarini hisobga olgan holda
tuzilgan hisobotlar
Moliyaviy natijani aniqlash muammosini o‗rganishda korxonalar subyektlari
buxgalteriya foydasi (zarari) ko‗rsatkichlari muhimdir. Respublikamizda xo‗jalik
yurituvchi subyektlar uchun umumiy qabul qilingan va O‗zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirigining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug‗i ko‗ra moliyaviy
hisobotlar shakllari tarkibi tasdiqlangan. Moliyaviy natijalarni aniqlashda
o‗rganiladigan asosiy xujjat ―Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot‖ (2-shakl)
hisoblanadi.
Ushbu hisobot nafaqat korxonalarning asosiy va boshqa faoliyatidan olingan
buxgalteriya foydasining miqdorini, balki uning sof foydasi (zarari)ni ham aks
ettiradi
7
.
Buning barobarida O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2439-
7-son bilan 2019-yil 21-yanvarda ro‗yxatdan o‗tkazilgan ―soliq hisobotining
shakllarini tasdiqlash to‗g‗risida»gi qaror, shuningdek unga o‗zgartirish va
6
Ma‘lumotlar asosida muallif ishlanmasi
7
O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi ―Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash
to‗g‘risida‖gi buyrug‘i. Norma Hamkor me‘yoriy hujjatlar to‗plami. T. 2010.
24
qo‗shimchalarni o‗z kuchini yo‗qotgan deb topish haqida‖qarorida keltirilganidek,
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‗zbekiston Respublikasi «Davlat soliq
xizmati
to‗g‗risida»gi
Qonunining 7-moddasi va
O‗zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son «O‗zbekiston Respublikasining
2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti
parametrlari
hamda
2020-2021
yillarga
budjet
mo‗ljallari
to‗g‗risida»gi qaroriga muvofiq, Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar o‗z
kuchini yo‗qotgan
8
. Jumladan:
1. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining
2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash
to‗g‗risida»gi qarori (ro‗yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) (O‗zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2013 y., 12 (I)-son, 162-modda).
2. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining
2014-yil 14-maydagi 34, 2014-19-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash
to‗g‗risida»gi qarorga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida»gi qarori (ro‗yxat
raqami 2439-1, 2014-yil 13-iyun) (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‗plami, 2014 y., 24-son, 300-modda).
3. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining
2014-yil 31-dekabrdagi 93, 2015-1-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash
to‗g‗risida»gi qarorga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida»giqarori (ro‗yxat
raqami 2439-2, 2015-yil 28-yanvar) (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‗plami, 2015 y., 4 (I)-son, 49-modda).
4. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining
2016-yil 25-martdagi 19, 2016-13-son «Soliq hisobotining shakllariga o‗zgartirish va
qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi qarori (ro‗yxat raqami 2439-3, 2016 yil 21 aprel)
(O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2016 y., 16-son, 171-modda).
5. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining
2017-yil 21-fevraldagi 16, 2017-07-son «Soliq hisobotining shakllariga o‗zgartirish
8
www.lex.uz
25
va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi qarori (ro‗yxat raqami 2439-4, 2017-yil 14-
mart) (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 11-son, 178-
modda).
6. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining
2017-yil 20-noyabrdagi 160, 2017-62-son «Yagona ijtimoiy to‗lov va fuqarolarning
budjetdan tashqari Pensiya jamg‗armasiga sug‗urta badallari bo‗yicha soliq hisoboti
shakllariga qo‗shimcha kiritish to‗g‗risida»gi qarori (ro‗yxat raqami 2439-5, 2017-yil
29-noyabr) (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 y., 48-son,
1189-modda).
7. O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasining
2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash
to‗g‗risida»gi qarorga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida»giqarori (ro‗yxat
raqami 2439-6, 2018-yil 20-avgust) (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‗plami, 2018 y., 34-son, 702-modda).
O‗zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida»gi Qonunga
muvofiq moliyaviy hisobotda quyidagi axborotlar bo‗lishi lozim:
-investitsiya qarorlari va kreditlar berish to‗g‗risida qarorlar qabul
qilishda kerak bo‗ladigan axborot;
-subyektning bo‗lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;
-subyektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o‗zgarishlar
to‗g‗risida axborot.
Yuqoridagi O‗zbekiston Respublikasi 1-BHMA «Hisob siyosati va
moliyaviy hisobot»ga asosan, moliyaviy hisobot foydalanuvchilarga pul
mablag‗lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning
mulki va ixtiyoridagi resurslari to‗g‗risida quyidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga olishi
zarur:
-korxonaning nazorati ostida bo‗lgan aktivlar haqida;
-korxonaning passivlari haqida;
-korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa
davrga o‗tishdagi iqtisodiy imkoniyatilari va majburiyatlaridagi o‗zgarishlar haqida;
26
-pul mablag‗larining harakati haqida.
Ushbu ma‘lumotlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‗jalik
yurituvchi subyekt faoliyati to‗g‗risida batafsilroq va to‗la axborot olish
imkonini beradi. Moliyaviy hisobot ma‘lumotlari hisobot davri tugagandan
keyingi sanaga shakllantiriladi va unga qo‗shimcha ma‘lumotlar, izohlar va
tushuntirishlar berilishini talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |