Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

AGITATSIYA
(lot. 
agitatio
harakatga keltirish, uyg‗otish) — ommani siyosiy 
faollikka chorlash maqsadida ularning onggi va kayfiyatiga og‗zaki, matbuot va 
ko‗rgazmali qurollar orqali ta‘sir ko‗rsatishdan iborat siyosiy faoliyat. Suhbatlar, 
mitinglar, gazeta va jurnallarda e‘lon qilingan maqolalar, radio, televidenie, kino va b. 
yerdagi chiqishlar A. vositalari hisoblanadi.
AGLOMERATSIYA
— bir qancha sanoat korxonalari joylashgan, ko‘plab bir-
biriga tutash aholi punktlarini qamrab olgan va shu tufayli iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy va 
b. manfaatlar uyg‗unlashib ketgan hudud. A.dagi ma‘muriy-hududiy birliklar o‗z 
mustaqilligini saqlab qoladi, lekin ularning organlari umumiy muammolarni hal etishda 
hamkorlik qilishlari kerak bo‗ladi. A. bitta katta shahar va uni o‗rab olgan nisbatan kichik 
shaharlar hamda shaharchalardan iborat bo‗lishi mumkin. Biroq A. bir necha katta va 



o‗zaro tutash mustaqil shaharlardan ham iborat bo‗lishi mumkin (mas., Germaniyadagi 
Rur Aglomeratsiyasi). A. – avvalo iqtisodiy (va muayyan darajada ijtimoiy) kategoriya. 
Lekin unga davlat-huquqiy nuqtai nazaridan ham qarash mumkin. Mas., katta shahar 
organlarining A. butun hududi bo‗yicha muayyan muvofiqlashtiruvchi vazifalarni 
bajarishi (xususan, poytaxt shaharlarning ma‘murlari hamisha poytaxt atrofidagi 
shaharlar rivojlantirilishiga ta‘sir ko‗rsatishga harakat qiladilar), ularning tutash hududlar 
ma‘murlari bilan birgalikda ish olib borishi, A. muammolari bo‗yicha umumiy organning 
tuzilishi va uning A.da mavjud bo‗lgan ma‘muriy-hududiy birliklarning organlari bilan 
o‗zaro hamkorlik qilishi shular jumlasidandir. 
AGRAR TANGLIK
— qishloq xo‗jaligida yuz beradigan iqtisodiy inqiroz. Uning 
mahsulotlarni ko‗p ishlab chiqarish tufayli yoki mahsulotlarni kam ishlab chiqarish 
oqibatida yuz beradigan ko‗rinishlari bor. Birinchi turdagi A. t. sababi bozor 
iqtisodiyotidagi noaniqlikning bulishidir, buning natijasida talab va taklif muvozanati 
buziladi. Talab ortib borganda narx ko‗tarilib xo‗jaliklar foydani ko‗p ko‗radilar, ular 
ishlab chiqarishni kengaytiradilar, mahsulotlar haddan ortiq ko‗payib ketib, ularning 
taklifi talabdan oshib boradi. Mahsulotlarning bir qismi sotilmay qoladi yoki o‗ta past 
narxda sotiladi. Bozorning kasodligi dehqonlarni og‗ir ahvolga solib qo‗yadi, ular ishlab 
chiqarishni qisqartirishga majbur bo‗ladilar, o‗z sarf-xarajatlarini qoplay olmay 
xonavayron bo‗ladilar. Shunday tangliklar XX a. mobaynida bir necha bor yuz bergan. 
Uning eng dahshatlisi 1929-1932 yillardagi tanglikdir. Bu A.t. butun dunyodagi 
mamlakatlarni, qishloq xo‗jaligining barcha tarmoqlarini chulg‗ab oldi. A.T.ning ikkinchi 
turi agrar munosabatlar eskirib qolganda, ular ishlab chiqarishni rag‗batlantirmay 
qo‗yganda yuz beradi. Dehqonlar mahsulotni ko‗paytirishdan manfaatdor bo‗lmay 
qoladi, chunki ularning daromadi qisqarib ketadi. Bozor narxlarining o‗zgarishi 
dehqonlar zarariga bo‗ladi, ya‘ni dehqonchilik mahsuloti narxiga nisbatan sanoat 
mahsuloti narxi tez o‗sadi. Natijada dehqonlar sanoat mahsulotini olish uchun o‗z 
mahsulotini tobora ko‗proq sotishga majbur bo‗ladilar. Bunday A.t. dan chiqish uchun 
qishloq xo‗jaligi isloh etiladi: yerga mulkchilik o‗zgartiriladi, yer dehqonlar mulkiga 
aylantiriladi, ijarachilikka keng yo‗l beriladi, serkapital inshootlar (irrigatsiya), yo‗llar va 
energetika sohalari davlat hisobidan rivojlantiriladi va h.k. Rivojlangan mamlakatlarda 
A.t.ni bartaraf etish uchun qishloq xo‗jaligi bo‗yicha maxsus qonunlar qabul qilingan 
bo‗lib, davlat qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini sotish mumkin bo‗lgan narxlarning eng 
quyi chegarasini belgilab qo‗yadi («fermerlarni qo‗llab-quvvatlash narxi»), ortiqcha 
qishloq xo‗jaligi mahsulotini xarid etib, uning zaxiralarini tashkil etadi, ortiqcha 
mahsulotni bozorga chiqarmay turgan yoki ekin maydonini bozorga qarab qisqartirgan 
fermerlarga subsidiya beradi va b. Qishloqdagi mulkiy munosabatlar va xo‗jalik yuritish 
usullarini o‗zgartirish ishlab chiqarishni rivojlantirib, A.t.dan chiqish imkonini beradi. 
AGRAR
(lot. 
agrarius
) — 1) yerga, yerdan foydalanishga, unga egalik qilishga oid 
(mas., A. tanglik, A. islohot); 2) sanoatga nisbatan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi 
asosiy o‗rinda turishini ifodalovchi so‗z (mas., A. mamlakat va h.k.). 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish