Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

ADMINISTRATSIYA 

 
ma‘muriyat.
ADMIRAL 
(arab. 
amir ul-bahr
dengiz hukmdori, hokimi) — harbiy-dengiz 
flotining qo‗mondonlariga beriladigan harbiy unvon. Flot xizmatidagi A.lar uchun - 
kontr-admiral, vitse-admiral, admiral; kemasozlik injenerlik xizmatidagi A.lar uchun - 
injener kontr-admiral, injener-vitse-admiral va injener-admiral unvonlari bor. 
ADOLAT 
— ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiy-
siyosiy ongida katta rol o‗ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning 
tushunchalarini o‗zida aks ettiradi. Siyosiy xatti - harakatlar, huquq va burch me‘yorlari, 
axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, 
qadr-qimmatni e‘tirof qilish va h.k.ga mazkur tushuncha orqali baho beriladi. A. 
tushunchasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan 
belgilanadi. 
A.ning 
ijtimoiy-falsafiy 
jihati 
jamiyat 
a‘zolarining 
xilma-xil 
munosabatlaridagi o‗zaro tengligini nazarda tutadi. Axloqiy jihati insonlararo muomalada 
bir xil munosabatda bo‗lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob 
qoidalariga amal qilishni bildiradi. A.ning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, 
siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‗amini 
yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda A. kishilarning demokratik qonunlar asosida 
ish yuritishini taqozo etadi, unda har bir odam o‗z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati 
tufayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‗z faoliyatida fuqarolar tomonidan 
A. qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat a‘zolarining mol-mulki 
daxlsizligi va qonun oldida tengligini ta‘minlaydi. 
ADOLAT SOTSIAL-DEMOKRATIK PARTIYASI
— 1995-yil 18-fevralda
Ta‘sis quriltoyida tuzilgan O‗zbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Matbuot nashri 
«Adolat» gazetasi. Partiyaning bosh maqsadi mustaqillikni mustahkamlash, 
islohotlarning borishiga, huquqiy-demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishga 
va pirovardida O‗zbekistonning jahonda rivojlangan mamlakatlar safidan mustahkam 
o‗rin olishiga munosib hissa qo‗shishdan iborat. Pаrtiyaning oliy orgаni Qurultoy 
hisoblаnаdi. Siyosiy Kengаsh Plenumlаri hаr yildа kаmidа ikki mаrtа o`tkаzilаdi. 
―Аdolаt‖ ijtimoiy-siyosiy gаzetаsi O`zbekiston ―Аdolаt‖ sotsiаl-demokrаtik pаrtiyasining 
rаsmiy nаshriy orgаni hisoblаnаdi, gаzetа 1995-yil 22-fevraldа tаshkil etilgаn va shu yili 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida o‘z fraktsiyasini tuzgan. ASDP Oliy Majlisga 
bo‗lib o‗tgan saylovlarda quyidagicha deputatlik o‗rinlarini egalladi: 1999-yilda 11 ta (3 
foiz), 2004-yilda 10 ta (8 foiz), 2009-yilda 19 ta (14 foiz), 2014-yilda 20 ta (15 foiz) 
deputatlik o‗rinlarini egalladi.



ADXOKRATIYA
(lot. 
ad hoc
– munosabati uchun mo‗ljallangan) — iqtisodiy 
hayotida byurokratik tendentsiyalarini yengib va Qo‗shma Shtatlarda nazorat tizimi 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlar tizimi. 
AEROKRATIYA 
(yun. 
аer
– havo, 
kratos
– hukmronlik) — taraqqiyot va 
geosiyosiy ekspansiyani kengaytirish maqsadida o‗z fazoviy asoslangan kuchli tarkibga 
ega strategiya. A. strategiyaning kuch komponenti bo‗lib, strategik bosqinchilikni amalga 
oshirish maqsadida havo hududlarini egallashni ifoda etadi. Dengizchilikning 
rivojlantirilidan farqli o‗laroq aviatsiyaning rivojlantirilishi o‗zida yangi unsurni keltirib 
chiqarmasdan, talassokratik tamoyilni kuchayishiga olib keldi. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish