251
SANOAT INQILOBI
— qo‗l mehnatiga asoslangan manufaktura sanoatidan
mashinalashgan yirik industriya (fabrika, zavod)ga o‗tish jarayonini ifodalovchi iqtisodiy
va ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlar tizimi. Bu tushuncha XIX asrning 2-yarmida A.Toynbi
tomonidan kiritilgan. S.t. ishlab chiqarish mashinalarining ixtiro qilinishi va qo‗llanilishi
bilan boshlandi, mashinalarni mashina tomonidan ishlab chiqarish, ya‘ni mashina sanoati
(og‗ir sanoat) paydo bo‗lishi bilan yakunlandi. S.t. faqat texnikaviy emas., balki ijtimoiy-
iqtisodiy burilishdir, chunki u kapitalistik munosabatlarning to‗la shakllanishiga olib
keldi. Manufaktura mashina industriyasining paydo bo‗lishi
uchun shart-sharoit yaratib
berdi. S.t. qator mamlakatlarda kapitalizmning sanoatdagi ma‘lum rivojlanish bosqichini
ifodalovchi umumtarixiy hodisa hisoblanadi, ammo manufakturadan yirik mashina
industriyasiga o‗tish shart-sharoitlarining yetilishi jahon mamlakatlarida S.t. ob‘ektiv,
ko‗p jihatdan stixiyali rivojlanish oqibati bo‗lib,
birinchidan, iqtisodiyotning keskin
o‗sishiga olib keldi, yirik sanoat yetakchi o‗rniga chiqdi, ikkinchidan,
yirik sinfiy va
ijtimoiy o‗zgarishlarga sabab bo‗ldi. Feodal va yarim feodal munosabatlar yemirildi,
kapitalizm tizimi uzil kesil qaror topdi.
SANOAT
, industriya — xalq xo‗jaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari
taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadigan yetakchi tarmog‗i; S.ning o‗zi
uchun hamda xalq xo‗jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va b.
mahsulotlar ishlab chiqarish,
shuningdek, xom ashyo, yoqilg‗i qazib olish, energiya
ishlab chiqarish, yog‗och tayyorlash, S.da yoki qishloq xo‗jaligida olingan mahsulotlarga
ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar,
zavodlar,
elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va b.) majmui. S. kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial o‗sish ta‘minlaydi. O‗zbekiston davlat
mustaqilligiga erishganidan keyin S.da tub
islohotlar amalga oshirildi, ko‗pgina
tarmoqdardagi S. korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlat
aksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va b. tashkiliy-huquqiy
mulk shakllariga
aylantirildi. Chet ellarda S.ning rivojlanishi sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlarning
paydo bo‗lishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda iqtisodiyot taraqqiyoti katta hajmda
jamg‗arilgan texnika jihatidan ilg‗or kapital asosida va mavjud yuqori malakali ishchi
kuchi bilan ta‘minlanadi. Ularga AQSH, Kanada, Yaponiya, ko‗pgina G‗arbiy Yevropa
mamlakatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: