Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

RATSIONAL-TANQIDIY PARADIGMA
— siyosatning ichki tabiatini, uning 
eng muhim tarkibiy qismlarini ularning o‗zaro aloqalarida ochishga, siyosiy hayot 
rivojlanishi asosida yotgan ixtiloflarni aniqlashga yo‗naltiradi. 
RAZVEDKA
(rus.) – vaziyatni baholash va qaror qabul qilish uchun mavjud yoki 
ehtimol tutilgan dushman, joy va boshqalar haqida ma‘lumotlar to‗plash maqsadida 
amalga oshiriladigan tadbirlar majmui. 
REABILITATSIYA 
(lot.) — 1) noto‗g‗ri ayblangan yoki qoralangan kishining pok 
nomini, obro‗-e‘tiborini qayta tiklash; 2) sud orqali yoki ma'muriy tartibda avvalgi 
huquqlarni tiklash. 
REAKSIYA
— umri tugagan ijtimoiy tartiblarni saqlab qolish va mustahkamlash 
maqsadida ijtimoiy taraqqiyotga zo‗r berib qarshilik ko‗rsatish. 
REAKSIYA KUCHLARI
— ilg‗or g‗oyalarni ta'qib etuvchi, eski tartiblarni saqlab 
qolishga yoki ularni qayta tiklashga intiluvchi kuchlar. 
REALIZM (siyosiy realizm)
— siyosatshunoslik maktablaridan biri. Uning 
vakillari (R.Nibur, F.Shuman, G.Kissindjer, E.Karr) xalqaro munosabatlarni hokimiyatni 
zo‗ravonlik bilan qo‗lga kiritishning bir turi, ―tabiiy holat‖i tushunchalaridan kelib 
chiqadilar. Xalqaro siyosatni bir necha davlatlar faoliyatining umumiy yig‗indisi deb 
mensimaslik, yuzaki qarash, xalqaro tizim taraqqiyoti dinamikasi bilan hisoblashmaslik 
kabi xalqaro munosabatlarning an'anaviy usullari ―Siyosiy realistlar‖ tomonidan jiddiy 
e‘tirozlariga sabab bo‗ldi. 
REDEMARKATSIYA
— davlat chegaralarida buzib tashlangan yoki yo‗q bo‗lib 
ketgan ob‘ektlarni yoki chegara belgilarni qayta tiklash. 
REFERAT
(lot. xabar qilmoq) — 1) ommaviy ma‘ruza; 2) qandaydir mas.,ing 
mohiyatini bayon etish. 
REFERENDUM
(lot. 
referendum
– xabar berilishi lozim bo‗lgan narsa) — 
umumxalq ovoz berish yo‗li bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng 
muhim masalalarni hal qilish shakli. Bevosita demokratiyaning muhim vositasi. R.ning 
saylovlardan asosiy farqi shundaki, R. o‗tkazilayotganda biron bir lavozimga nomzod 
yoki nomzodlar ro‗yxati uchun ovoz berilmaydi, balki unda muayyan masala - qonun, 
qonun loyihasi, konstitutsiya, konstitutsiyaga tuzatishlar, mamlakat xalqaro maqomiga 


243 
taalluqli yoki ichki siyosatiga oid biron bir savol qo‗yiladi. R. natijalari faqat 
majoritarizm (mutlaq ko‗pchilik ovozini hisoblash) tamoyillari asosidagina aniqlanishi 
mumkin. R.ning o‗ziga xos shakli plebissit hisoblanadi. Ayrim mamlakatlar (mas., 
Fransiya)da plebissit R.ga nisbatan birmuncha kengroq tushuncha hisoblanadi. Ba‘zi 
mamlakatlar (mas., AQSH)da esa plebissit bilan R.ni farqlamaydilar. R – 
umummilliy
butun davlat hududida va 
mahalliy
federatsiyaning alohida sub‘ektlari yoki ma‘muriy-
hududiy birliklarida o‗tkaziladigan; 
konstitutsiyaviy
va 
qonun chiqaruvchi
referendumga 
ajratiladi (konstitutsiyaviy r. mavzusi yoki yangi konstututsiya loyihasi yoki 
konstitutsiyaviy islohot va konstitutsiyaga tuzatishlar, qonun chiqaruvchi r. mavzusi esa 
yangi qonun loyihasi yoki kuchga kirgan qonun bo‗lishi mumkin). Huquqiy ahamiyatiga 
ko‘ra 
maslahat
r.lari mavjud, ular biror masala bo‗yicha saylovchilar korpusi irodasini 
bilish maqsadidagina o‗tkaziladi, bu mas.,i hal qilish davlatning boshqa organlari 
zimmasida bo‗ladi (Shveysariya, Ispaniya) va ―
hal qiluvchi
‖ r.larga bo‗linadi. ―Hal 
qiluvchi‖ r, agar saylovchilarga ko‗pchilik ovoz bilan hali kuchga kirmagan hujjatni 
tasdiqlash tavsiya etilsa 
tasdiqlovchi
(Shveysariya, Fransiya) yoki agar saylovchilarga 
ovoz bilan kuchga kirgan hujjatni rad etish tavsiya etilsa, 
rad etuvchi
r.ga ajratiladi 
(Italiya). R.shuningdek, 
majburiy
va 
fakul‟tativ
r.ga ham ajratiladi. Birinchi guruhga 
o‗tkazish zarurligi shart qilib, konstitutsiya yoki konstitutsiyaviy-huquqiy hujjatda 
ko‗rsatilganlar (mas., konstitutsiya o‗zgartirilganda) kiritiladi. Ikkinchi holatda u yoki bu 
masala bo‗yicha referendumni o‗tkazish tegishli davlat organi yoki saylov korpusi 
irodasiga bog‘liq bo‗lib, ularning talabi asos bo‗lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 9-moddasida ―Jamiyat va davlatning eng muhim masalalari xalq 
muhokamasiga taqdim etiladi? umumiy ovoz (r.) ga qo‘yiladi. R. o‘tkazish tartibi qonun 
bilan belgilanadi.‖ deyilgan. 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish