241
bosqichida demokratiyani va turli ―ochiq jamiyat modellari‖ni eksport qilib
bo‗lmaganidek, davlat qurilishining universal loyihasini ham tashqaridan import qilish
yoki tiqishtirish mumkin emasligi tobora o‗z tasdig‗ini topmoqda. Dunyo sahnasida ―R.i‖
degan umumiy nomad bir-birini takrorlovchi spektakllar qo‗yilgani o‗z taqdiriga beparvo
bo‗lmagan kishini muayyan xulosalar chiqarishga undaydi. Ro‗y bergan turli
taloto‗plarni Ukrainada ―zarg‗aldoq inqilobi‖, Gruziyada ―atigullar inqilobi‖,
Qirg‗izistonda ―lolalar inqilobi‖ va h.k. deya jar solindi. Aslida, turli mamlakatlarda kuch
ishlatmasdan hokimiyatni ag‗darish texnologiyalari XX asrning 80-yilllarida ishlab
chiqildi va Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlarida sinovdan o‗tkazildi. Tinch
yo‗l bilan amalga oshirilishiga ishora qilinib, bu jarayonlar, baxmal inqiloblar deya
baholandi. XXI asrda bu texnologiyalar yanada takomillashtirilgan holda MDH
davlatlarining ayrimlarida qo‗llanib, ―R.i.‖lar maqomini oldi va ―demokratiya eksporti‖
strategiyasining taktik bosqichlariga aylantirildi. R.i.lar demokratiyaga emas, balki
demokratiya niqobi ostida milliy qiyofani buzish, milliy iftixor va o‗zlikni anglashdan
mahrum etish, hayvoniy hirs-ehtiroslarni kuchaytirib, ruhiy-ma‘naviy fazilatlarni, ya‘ni
odamiylikni yo‗q qilishga qaratiladi. Bunda nafaqat alohida kishilar shikastlanadi, balki
butun millatlar yemiriladi va odamlarimiz shunday g‗oyani olib kelib singdirganlar uchun
tayyor qurolga, ―taraqqiy etgan‖ qulga aylanadi.
RAQOBAT (siyosiy raqobat)
— biror maqsadga erishishdan manfaatdor shaxslar,
guruhlar, partiyalar o‗rtasidagi siyosatning qandaydir sohasi bo‗yicha musobaqa,
bellashuv, to‗qnashuv.
RATIFIKATSIYA
(lot.
ratus
- hal qilingan, tasdiqlangan va
facere
- qilmoq) — 1)
xalqaro shartnomaning davlat hokimiyati oliy organi tomonidan tasdiqlanishi. Odatda,
eng muhim xalqaro shartnomalargina R. qilinadi.
Ko‗pchilik davlatlarning
konstitutsiyalari xalqaro shartnomalarni R. qilish huquqini davlat boshlig‗i vakolatiga
yoxud bevosita oliy qonun chiqaruvchi organ vakolatiga kiritadi; O‗zbekistonda xalqaro
shartnomalarni R. qilish to‗g‗risida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati birgalikda
qaror qabul qiladi; 2) ba‘zi mamlakatlarda konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlar
tasdiqlanishining maxsus tartibi. Mas., AQSh kongressi konstitutsiyani qabul qilgandan
keyin unga qilinadigan tuzatishlar kamida 3/4 shtatlardagi qonun chiqaruvchi majlislar
yoki maxsus konventlar tomonidan tasdiqlanishi kerak. Avstraliyada konstitutsiyadagi
o‗zgartishlar loyihasi parlamentda ma‘qullangandan keyin u mamlakatda va aksariyat
shtatlarda saylovchilarning ko‗pchilik ovozi bilan referendumda tasdiqlanishi talab
qilinadi.
RATSIONAL
(fr
. rationalis –
oqilona) — maqsadga muvofiq, asoslangan,
dalillangan (eng to‗g‗ri yo‗l ma‘nosida ham ishlatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: