183
davlatning qonuniyligi bilan bog‗liq jamiyat manfaatlarini ifodalagan. Shundan so‗ng, u
xalqaro munosabatlarda davlat kuchi ishlatilishini asoslab bergan bir butunlikni ifodalay
boshladi. Siyosiy tadqiqot quroli sifatida milliy manfaat siyosiy realizm maktabi bilan
bog‗liq va uning ko‗zga ko‗ringan tarafdori Gans Morgentau hisoblanadi. Ushbu qarash
uning uchun xalqaro siyosiy jarayonlarni tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‗lgan
Mongentauning «kuchga ega bo‗lish va zarur bo‗lganda uni ishga solish davlatning
birlamchi milliy manfaatidir» degan tezisi 1950 va 1960-yillar olimlar avlodiga va
umuman ilmiy izlanishlar taraqqiyotiga chuqur ta‘sir o‗tkazdi. «Kuch – davlat xulq-
atvorida markaziy harakatlanuvchi vosita» sifatida talqin qilingan milliy manfaat
Morgentau uchun boshqa omillar (asosan tamoyillar va ma‘naviy qadriyatlar siyosatni
ishlab chiqish jarayonida asosiy o‗rinni egallashi mumkin degan tushuncha)ni
hisoblamagan holda obyektiv va iqtisodiy o‗lchamga ega edi, ya‘ni bu prinsiplar yoki
ma‘naviy qadriyatlar siyosatni belgilashda ustivor rol o‗ynashi va bunday rol qonuniy
ravishda kuch ishlatishga tengdir. Mohiyatan milliy manfaat g‗oyasining ildizida milliy
xavfsizlik yotadi. Bunda davlat himoyasi va hududiy yaxlitlikni saqlash muhim
omillardan hisoblanadi. Boshqa barcha siyosiy afzalliklar shularga bo‗ysunishni
anglatadi. Hayotiy muhim bo‗lgan manfaatlar tushunchasi davlat barqarorligi uchun
asosiy ahamiyat kasb etuvchi muhim masalalarni bildiradi. O‗ta muhim manfaatlarni
himoya qilish va qo‗llab-quvvatlash uchun xatto harbiy kuch ishlatilishi ham mumkin.
Shunga qaramay, hayotiy ahamiyatga ega bo‗lgan manfaatlar faqat milliy saqlanish
masalalari bilan bog‗liq bo‗lmasligi mumkin. Mas., Vetnam urushi AQSHning hududiy
milliy yaxlitligiga hech qanday tahdid qilmagan holda ba‘zi bir ma‘muriyatchilar
tomonidan hayotiy muhim manfaat deb topilgan. Boshqa qarashlar esa, undan yuqori
ahamiyatga ega – qulay dunyo tartibi va muvozanatini o‗rnatish, iqtisodiy barqarorlik,
g‗oyaviy tamoyillar, qo‗llab-quvvatlash kabi tushunchalarni o‗z ichiga oladi. Mana shu
barcha oddiy va murakkab tushunchalar bir vaqtning o‗zida qaror qabul qilishda boshqa
barcha omillar orasida muhim o‗rin egallashi mumkin. Manfaat tomonidan keltirib
chiqarishi mumkin bo‗lgan turli darajadagi taranglik holatining modellari va
matritsalarini ishlab chiqishga qaratilgan barcha harakatlarda (xoh u saqlanish, xoh u
hayotiy muhim, xoh umumiy yoki ikkinchi darajali xususiyatlarga ega bo‗lsin)
subyektivizm ustunlik qiladi. Bir tomon uchun ikkinchi darajali bo‗lgan manfaat ikkinchi
tomon uchun hayot-mamot masalasi bo‗lishi mumkin. Ushbu konsepsiya tashqi siyosat
tadqiqotida asosiy faktor bo‗lib, siyosiy tafakkurda ishlatilaveradi. Lekin ilmiy izlanish
quroli sifatida uning imkoniyatlari cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: