Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/462
Sana25.10.2022
Hajmi2,52 Mb.
#856021
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   462
Bog'liq
LUG\'AT (1)

IKKI PARTIYALI TIZIM 
— partiyaviy tizim ko‗rinishi. U hokimiyat uchun 
kurash ikki yirik partiya o‗rtasida kechishi va ularning hukmron hamda muxolif partiya 
sifatida o‗rin almashinib turishi bilan ajralib turadi. Mas., AQSHda – respublikachilar 
partiyasi bilan demokratlar partiyasi, Buyuk Britaniyada – konservatorlar partiyasi bilan 
1920-yillargacha liberallar partiyasi, so‗ngra esa uning o‗r-nini egallagan leyboristlar 
partiyasi. Ikki partiyaviy tizim yana boshqa partiyalar mavjudligini istisno qilmaydi


124 
lekin kichik partiyalarning davlat boshqaruvida ishtiroki uchun imkon qoldirmaydi. 
Fransuz politologi J.L.Shabo turkumlashuviga ko‗ra mukammal ikki partiyaviy tizim va 
nomukammal (ikki yarim) partiyaviy tizimlar ajratiladi. 
IKKINCHI JAHON URUSHI 
(1939-1945) — Germaniya, Italiya va 
Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. XX a. fojiasi 
sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar 
Germaniyasi o‗ynadi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniya Polshaga bostirib kirdi va I.j.u.ni 
boshlab berdi. 3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e‘lon qildi. 
SSSR 1939-yil 17-sentabrda Polsha hududiga qo‗shin kiritdi. G‗arb mamlakatlari 
(Angliya, Fransiya, AQSH) hukmron doiralarining «kelishtirish» siyosati Avstriyani 
(1939-yil mart), Chexoslovakiyani (1939-yil mart) Germaniyaga qo‗shib olinishiga va 
Myunxen bitimiga (1939-yil sentabr) yo‗l ochib berdi. 1945-yil 2-mayda sovet 
qo‗shinlari Berlinni ishg‗ol qildi. A. Gitler o‗zini o‗ldirdi. 8-mayda Berlin yaqinidagi 
Karlsxorstda Germaniya oliy qo‗mondonligi vakillari fashistlar Germaniyasining 
ikkinchi jahon urushida so‗zsiz taslim bo‗lganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi. 
Manjuriyadagi yapon qo‗shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya 
1945-yil 2-sentabrda so‗zsiz taslim bo‗lganligi haqidagi hujjatga qo‗l qo‗ydi. Shu tariqa 
I.j.u.ga yakun yasaldi. I.j.u.ga jami 72 davlat jalb etildi. Urushda ishtirok qilgan 
mamlakatlarning 110 mln. aholisi unga safarbar etildi. Harbiy harakatlar 40 davlat 
hududida bo‗lib o‗tdi, barcha xarajatlar 4 trillion dollarni tashkil etdi. Urush davomida 62 
mln. kishi (shu jum. 27 mln. SSSR fuqarosi) halok bo‗ldi. 
IMIJ
(ing. 
image
, lot. 
imago
– timsol, ko‗rinish) — shaxs, hodisa, narsaning 
ommalashtirish, reklama qilish va h.k. maqsadlarda odamlarga hissiy-ruhiy ta‘sir 
ko‗rsatishni ko‗zlab shakllantiriladigan qiyofasi; targ‗ib qilish vositalaridan biri (mas., 
siyosiy arbob I.i). 

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   462




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish