IJTIMOIY UYUSHMALAR
—
fuqarolar manfaatlari umumiyligi va ixtiyoriylik
asosida vujudga keluvchi, lekin o‗z faoliyati natijasida daromad olishni ko‗zlamaydigan
tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, ayollar,
keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniy-ma‘rifiy, sport
va b. ko‗ngilli jamiyatlar, jamg‗armalar, assotsiatsiyalar, boshqa tuzilmalar). Demak,
fuqarolarning har qanday ko‗ngilli uyushmasi – ijtimoiy uyushmadir. Mavjud siyosiy
hayotni o‗zgartirishiga yoki unga ta‘sir etishiga urinuvchi ijtimoiy uyushmalar siyosiy,
deb qaraladi.
IJTIMOIY VAKOLATLAR TIZIMI
—
fuqarolar irodasining siyosiy qarorlar
qabul qilish sohasiga o‗tishini ta‘minlovchi institut. U hokimiyat tizimi va b. uyushgan
guruhlar tizimi bilan chambarchas bog‗liq.
IJTIMOIY YORDAM
— ayrim ijtimoiy guruhlarga har tomonlama yordam berish
uchun yo‗naltiriladigan davlat tadbirlari yig‗indisi bo‗lib, davlat va jamiyatning qariligi,
sog‗lig‗i, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik uchun vositalar bilan yetarli ta‘minlanmagani tufayli
yordamga muhtoj fuqarolar to‗g‗risida g‗amxo‗rligi hisoblanadi. I.yo. pensiyalar,
nafaqalar to‗lash, kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam ko‗rsatish, 16 yoshgacha
farzandi bo‗lgan kam ta‘minlangan oilalarga oylik nafaqa to‗lash, bemorlar va keksalarga
122
xizmat ko‗rsatish, bolalarga g‗amxo‗rlik qilish ko‗rinishida amalga oshiriladi. Mehnatga
layoqatsizlarni moddiy ta‘minlashning qatiy kafolatli tizimi ijtimoiy sug‗urta deb ataladi.
IJTIMOIYLASHUV AGENTLARI
—
insonni siyosatga jalb etishni amalga
oshiradigan ijtimoiy tuzilmalar.
IJTIMOIY–SIYOSIY HARAKATLAR
—
muayyan ijtimoiy maqsadlarga
intiluvchi, lekin tugal tashkiliy tuzilmalarga va qayd etiluvchi a‘zolikka ega bo‗lmagan
fuqarolarning birgalikdagi faoliyatidir. Partiyalar, jamg‗armalar va h.k. ijtimoiy
tashkilotlardan farqlicha harakat rahbarlikning aniq tamoyillariga va faoliyatining
kompleks dasturiga ega emas. Harakatlar o‗z tarkibida bir qancha ijtimoiy uyushmalarni
ham, fuqarolarni ham birlashtirishi bilan ajralib turadi. Harakatning asosiy maqsadi –
umumiy tushunchalar (mas., erkinlik, tenglik, adolat, tiklanish, xavfsizlik singari) orqali
ifodalanadi. I.s.h – ijtimoiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri
hisoblanadi. Ular siyosiy jarayonlarga kuchli ta‘sir ko‗rsatib, ijtimoiy hayotni o‗zgartiradi
va rivojlantiradi. I.s.h., xaddan tashqari xilma-xil siyosiy kuchlardan tashkil topadi.
Ularga koalitsion tamoyil asosida turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, yoshlar,
xotin-qizlar tashkilotlari va b. guruhlar kira oladi. Harakat qiluvchi tashkilotlar va
guruhlardan har biri o‗zining mustaqilligini saqlab qoladi. I.s.h.ga, shun., birorta siyosiy
yoki jamoatchilik tashkilotiga a‘zo bo‗lmagan oddiy odamlar ham kirishi mumkin.
Harakatlar shuning uchun ommaviyligi, keng ijtimoiy negizga egaligi, tashkiliy va
g‗oyaviy jihatdan amorfligi, yo‗nalishi va tarkibi nobarqarorligi, faoliyatining stixiyali va
noaniqligi bilan tavsiflanadi. Polshalik sotsiolog E.Vyatr fikriga ko‗ra I.s.h. o‗z
rivojlanishida bir qator bosqichlarni o‗tishlari zarur: shakllanish bosqichida harakat
omillari, shart-sharoitlari vujudga keladi; Artikulyatsiya bosqichida dasturlar bayon
etiladi, harakat maqsad va vazifalari rasmiylashadi; tashviqot bosqichi; keng faollik
bosqichi va so‗nish bosqichi. Harakat ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan talablar
o‗zining miqyoslari, hamda ustuvorligi jihatdan bir xil emas. Ulardan ayrimlari hozirgi
zamonning eng o‗tkir umumbashariy muammolari – tinchlikni himoya qilish, atrof-
muhitni muhofaza etishga borib taqalsa, ba‘zilari esa umumilliy vazifalarni: ishsizlikni
bartaraf etish, milliy ozodlik teng huquqlilik, uy-joyga ega bo‗lish huquqi, unga
to‗lanadigan haqni kamaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarining ekologik sofligi uchun va b.
talablarni ilgari suradilar. I.s.h. ishtirokchilarining maqsadi va vazifalariga quyidagilar
kiradi: jamoatchilik fikriga ta‘sir ko‗rsatish; u yoki bu masala buyicha hukumat
siyosatiga ta‘sir ko‗rsatish; o‗zlari yashab turgan jamiyatni kuch ishlatmasdan
o‗zgartirish; Demokratik harakatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi jarayonida,
uning alohida bo‗limlari foydalanadigan kurash shakllari va usullari yuksalib va
takomillashib boradi. Hozirgi sharoitda ham ommaviy manifestatsiya va mitinglar,
imzolarni yig‗ish – ilgarigidek bu chiqishlarning tarkibiy qismi bo‗lib qolmoqda. Ammo
vaqt o‗tishi bilan yanada ko‗proq uyushgan xarakterga ega bo‗lgan: tinchlik yurishlari
(GFR, Daniya, Finlyandiya), tinchlik va qurolsizlanish uchun harakatlar kuni (Fransiya,
Italiya, AQSH), tinchlikning bahorgi, kuzgi yurishlari katta ahamiyat kasb etmoqda.
Tinchlik lagerlari (Buyuk Britaniya, Italiya) tinchlik, poezdlari, GFR korxonalarida amal
qilayotgan tinchlik uchun kurash qo‗mitalari demokratik harakatlarning noan‘anaviy
usullaridir. Harakatlar ham siyosiy spektrning barcha qirralarini aks etadi: radikaldan
konservativgacha. Ular yuqori darajada tashkil etilgan bo‗lishlari va umuman tashkiliy
123
tuzilmlarga ega bo‗lmasliklari ham mumkin. Harakatlar muayan siyosiy vazifani hal
qilish uchun paydo bo‗ladi va maqsadga erishgach tarqalib ketadi. Ba‘zan I.s.h. negizida
siyosiy partiyalar shakllanishi mumkin: mas., ayollar partiyalari, ekologik partiyalar va
h.k.
Siyosiy harakatlar turli asoslar bo‗yicha tasniflanishi mumkin. Mas., ularning asosida
yotgan muammolarning ahamiyatiga, jamiyatda yuz berayotgan o‗zgarishlarning ko‗lami
va chuqurligiga qarab: a) tarixiy (epoxal) siyosiy harakatlar (qullar, ludditlar, levellerlar
harakatlari, dehqonlar urushlari, proletariat inqiloblari va b. shu kabilar); b) xalqaro
siyosiy harakatlar (urushlarga qarshi, ekologik harakatlar); v) milliy siyosiy harakatlar
(davlat suvereniteti uchun harakatlar); g) mahalliy siyosiy harakatlar. Tasniflash siyosiy
harakatlarning kelib chiqishiga, siyosiy tizimga nisbatan munosabatiga, siyosiy
hokimiyatga nisbatan munosabatiga qarab va b. asoslar bo‗yicha amalga oshirilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |