e-qaror.gov.uz
19.10.2022
43
sport maktabi direktorining buyrug’i bilan yetakchi trener-o’qituvchilardan, agar
ularning har birining rahbarligi ostida kamida ikki nafar to’liq yuklamali
trener-o’qituvchi ishlasa, sport bo’yicha trener-o’qituvchi lavozimida 3 yil ish stajiga
ega bo’lgan sport bo’yicha katta trener-o’qituvchilar tayinlanadi.
Katta trener-o’qituvchi ham maktabning sport bo’yicha bo’limiga, ham sport
tayyorgarligi bosqichlari bo’yicha aloxida o’quv guruhlariga rahbarlik qilish uchun
tayinlanishi mumkin.
66. Ixtisoslashtirilgan sport bo’yicha katta trener-o’qituvchi, trener-o’qituvchi
uchun nazarda tutilgan funksiyalar bilan birgalikda trener-o’qituvchilar ishi sifatini
nazorat qiladi, o’quv-mashq jarayoni tashkil etilishi, o’quv guruhlari to’ldirilishi,
o’quv rejalari va dasturlari bajarilishi, o’quvchi-sportchilarning qabul va nazorat
sinovlari o’tkazilishi, yuqori darajali sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi va
istiqbolli rejalari ishlab chiqilishi, bo’limlarning trener-o’qituvchilar kengashlari
o’tkazilishi, trener-o’qituvchilar malakasini oshirish tadbirlari tashkil etilishiga
ma’suldir.
67. Ixtisoslashtirilgan sport maktabida trener-o’qituvchilar kengashi tashkil
etiladi. Kengash o’quv-mashq va tarbiyaviy ishlar, o’quvchi-sportchilarni tanlash va
o’tkazish, ularni tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, ixtisoslashtirilgan sport
maktabining sport tadbirlarida ishtirok etishi, o’quv-mashq jarayonini o’tkazish
metodikasining takomillashtirilishi masalalarini, shuningdek ixtisoslashtirilgan sport
maktabi ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni ko’rib chiqadi.
7-bob. Ixtisoslashtirilgan sport maktabiga rahbarlik qilish
68. Ixtisoslashtirilgan sport maktabining rahbariyatiga maktab direktori,
direktorining o’quv-ishlari bo’yicha o’rinbosari, xo`jalik ishlari bo’yicha o’rinbosari,
inshoot mudiri va katta instruktor-metodistlar kiradi. Ixtisoslashtirilgan sport maktabi
boshqaruvining yuqori organi vazirlik hisoblanadi.
69. Ixtisoslashtirilgan sport maktabiga viloyat turizm va sport bosh
boshqarmasi rahbariyati tomonidan tegishli maxalliy davlat xokimiyati organlari va
vazirlik bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimdan ozod
etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori oliy ma’lumotli, jismoniy tarbiya va
sport tashkilotlarida besh yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lgan, xorijiy
tillardan birining boshlang’ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalardan foydalanishni biladigan mutaxassislardan tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |