Qora metallurgiya sanoati rivojlangan bo’lib, cho’yan, po’lat va prokat eritish bo’yicha
MDH doirasida 3-o’rinda turadi (Rossiya, Ukraina). Temir rudasi qazib olish va boyitish
Sokolov, Sarbay, Lisakovsk, Kagar tog’-kon
boyitish kombinatlarida, Kustanay viloyatidagi
kombinatlarda amalga oshiriladi. SHuningdek, Qarag’anda va Temir-Tauda ham metallurgiya
kombinatlari mavjud. Ferrosplav ishlab chiqarish Aktyubinsk va Yermak shaharlarida
joylashgan. Aktyubinsk viloyatida xromit rudasi qayta ishlanib,
MDH mamlakatlariga yetkazib
beriladi.
Yoqilg’i sanoati – ko’mir, neftь va tabiiy gaz qazib chiqarishdan iborat. Ko’mir qazib
chiqarish hajmi bo’yicha MDH mamlakatlari o’rtasida 3-o’rinda turadi (Rossiya va Ukraina).
Kokslanuvchi ko’mir Qarag’anda, toshko’mir Ekibastuz havzasida (Pavlodar viloyati) ochiq
usulda qazib olinadi (ko’mir qatlami 100 m.). Ekibastuz yoqilg’i-energetika majmuasi
shakllangan bo’lib, tarkibiga Yermak GRESi, Ekibastuz GRES-1 va GRES-2 hamda 2
ta yirik
GESlar kiradi. Keyingi ymillarda To’rg’ay qo’ng’ir ko’mir havzasi o’zlashtirilmoqda. Neftь
asosan ikkita – Mang’ishloq (Uzen, Jetiboy) va Emba rayonlarida qazib olinadi.
Yirik neftni qayta ishlash zavodlari – Gurьev, Pavlodar va CHimkent shaharlarida
joylashgan. Tabiiy gaz sanoati istiqbolli yo’nalishga ega (Qoragag’anak havzasi).
Elektroenergetika tizimida issiqlik elektrostantsiyalari (yirik sanoat markazlarida), Irtish
daryosida – Ust-Kamenogorsk, Buxtamin, Ili daryosida Qapchag’ay GESlari qurilgan.
Hozirda
eng yirik SHulьbin GES qurilmoqda. Kaspiy dengizi bo’yidagi Aktau shahrida SHevchenko
AESi qurilgan.
Kimyo sanoatida osh tuzi va kaliyli tuzlar, fosfat-tuk qazib chiqarish (Jambul, CHimkent,
Aktyubinsk), azot-tuk (Qarag’anda), sulьfat kislotasi (CHimkent, Ustь-Kamenogorsk, Balxash),
farmatsevtika (dorivor o’simliklar va go’sht kombinatlari chiqindilari asosida) rivojlangan.
Mashinasozlik milliy iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bog’liq holda mahalliy qora va rangli
metallurgiya mahsulotlariga tayanadi. Qarag’anda, Almati va Ust-Kamenogorskda tog’-shaxta
sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, Pavlodarda-traktor, Astana va Petropavlovsk shaharlarida
qishloq xo’jaligi mashina va jihozlari ishlab chiqarish korxonalari mavjud.
Qurilish industriyasi tez taraqqiy etmoqda. Qarag’anda, CHimkent, Semipalatinsk, Ustь-
Kamenogorsk va boshqa shaharlarda tsement zavodlari, qurilish materiallari korxonalari
qurilgan.
Engil sanoat korxonalari (to’qimachilik,
tikuvchilik, poyabzal va boshq.) Almata,
Pavlodar, Qarag’anda, Astana, Jambul, CHimkent, Qizil-O’rda, Ustь-Kamenogorsk va boshqa
shaharlarda rivojlangan.
Oziq-ovqat sanoatida sut-go’sht, baliq konservalari ishlab chiqarish muhim o’rin tutadi.
Yirik go’sht kombinatlari – Semipalatinsk, Aktyubinsk, Pavlodar, Qarag’anda shaharlarida
joylashgan. Almati va Jambul viloyatlarida qand-shakar korxonalari mavjud. Baliqchilik Kaspiy
dengizida rivojlangan. Gurьev – baliq konservalari ishlab chiqarish markazi.
Do'stlaringiz bilan baham: