Ma’lumki, m il.aw . Ill asrda Sirdaryoning o ‘rta oqimida turkiy va
so‘g‘diylar ittifoqi asosida Qang‘ davlati tashkil topgan. Qang‘ davlati
davrida Movarounnahr va unga tutash mintaqalardagi xalqlaming
iqtisodiy, siyosiy hamda etnomadaniy aloqalaming tobora rivojlanishi
natijasida turkiy tilli etnoslar ustuvorlik qilib,
yangi turkiy etnoslar -
qang‘ar elati paydo bo‘ldi va o ‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat
shakllandi.
Tarixiy va arxeologik tadqiqotlarda ushbu madaniyat “Qovunchi
madaniyati” nomini olgan. Antropolog olimlaming ta'kidlashlaricha,
aynan shu davrlarga kelib, Markaziy Osiyoning vodiy va vohalarida
yashovchi sug‘diylar hamda qang‘arlaming tashqi qiyofalarida hozirgi
o ‘zbek va voha tojiklariga xos 0 ‘rta Osiyo ikki daiyo oraligi
antropologik tipi to'liq shakllangan.
Akademik K. Shoniyozovning ta’kidlashicha, turkiy tilning
Markaziy Osiyoda keng tarqalishida qadimgi xun va usun hamda
ulaming tarkibidagi barcha turkiyzabon
qabilalaming hissasa juda
katta bo'lgan, albatta. Mazkur qabilalar ta’sirida miloddan aw algi I -
milodiy I asrlar davomida o ‘tmishda sharqiy eron til turkumidagi
turg‘un xalqiar (saklar, massagetlar, sug‘diylar, xorazmliklar va
boshqalar) hamda qabilalaming ma'lum bir qismi til jihatdan batamom
turkiylashgan edi.
Xun, usun va boshqa turkiy qabilalaming salmoqli qismi yettisuv,
Movarounnahr va Xorazm yerlarida yashovchi aholi, jumladan,
qang‘arlar bilan aloqada bo‘lib kelgan.
Ana shu etnik, iqtisodiy va
madaniy yaqinlashish jarayonida, tub yerli etnos asosida turkiy tilda
so‘zlashuvchi yangi etnos - qang‘arlar vujudga keladi. Aynan
miloddan aw algi I - milodiy I asrlarda Sirdaryoning o‘rta oqimlarida
yashovchi xalqning alohida etnos bo‘lib shakllanishi uchun asosiy
omillar mavjud edi: siyosiy tuzum, iqtisodiy va madaniy hayot birligi,
umumiy hudud hamda etnik nom (qang‘ar) vujudga kelgan edi.
Ammo, ushbu elat antik bosqichda vujudga kelgan va o‘z davriga xos
siyosiy hamda etnik birlik edi. Qang‘ davlatining
yemirilishi bilan
(milodiy V asr o‘rtalari) uning tarkibidagi elat va qabilalar tarqalib
ketadi, yangi siyosiy hamda etnik birliklar vujudga keladi.
VI asming ikkinchi yarmida 0 ‘rta Osiyo etnosiyosiy maydonida
G ‘arbiy Turk xoqonligining paydo bo‘lishi mintaqa xalqlari, shu
jumladan, 'V zbek xalqi etnogenezi va davlatchilik tarixida muhim
o ‘rin egallaydi. Ayniqsa, bu o ‘rinda G ‘arbiy Turk xoqonligining
52
o ‘zbeklar etnogenezida sezilarli o‘mi bo‘lib, mazkur davlat 568-740-
yillar oralig‘ida hukmronlik qilgan. G‘arbiy Turk xoqonligi haqida
qadimgi turk bitiklari (VTI-VIII asrlar)da, Xitoy yilnomalari (VI-X
asrlar)da va VII-VIII asrlarga tegishli sug‘diy tildagi bitiktosh hamda
numizmatik materiallarda ma'lumotlar qayd qilingan.
Turk xoqonligi mafkurasiga ko‘ra, “el”
deb atalib, qadimgi
tarixda u bilan bog‘liq “mangu el”, “tangri (ilohiy) el” va “turk eli”
kabi iboralar paydo boMgan. El va xoqon hokimiyatining Tangri
tomonidan Ashina xonadoniga “turk budun (xalqi)”ga in'om
qilinganiga ishonilgan.
Xoqonlikning davlat mafkurasi negizida “turk” etnosi, ya'ni
“mangu el”ning mustaqilligini saqlab turish bilan birga, uning boshqa
etnoslar ustidan hukmronlik qilishi yoki do‘stona munosabatlar
o‘matishini ta'minlash yotgan. Ushbu mafkura bitiktoshlarda xoqonlar
tomonidan xalqqa qilgan murojaatlari “Turk buduni (xalqi)”, “Turk
beklari va buduni”, “Turk, 0 ‘g‘uz beklari, buduni” va “Turk Sir
budun” kabi iboralar bilan boshlanishi, uning mustaqil yashashi va
egallangan hududlarda hokim tabaqaga aylanishini ta'minlagan.
Xitoy
yilnomalarida Turk xoqonlari unvonlarining tarkibiy qismi sifatida
“da tujyue (“buyuk turk”)” iborasi uchraydi. Bu esa qadimgi turklar
o ‘z davlatini “Buyuk Turk qag‘anlig‘i” shaklida ulug‘lashini
ifodalaydi.
Xoqonlik katta bir imperiya miqyosidagi davlat edi. Uning
tarkibiga Sharqiy Turkiston (Kumul, Turfon, Qorashahar, Kucha,
Qoshg‘ar va Xo‘tan), Movarounnahr va unga tutash hududlar —
Choch, 0 ‘tror, Isfijob, Farg‘ona, Ustrushona va Sug‘d (Samarqand,
Maymurg‘, Kushoniya, Panch, Kesh hamda Naxshab), Buxoro,
Tohariston, Xorazm, Shimoliy Hindiston va Afg‘oniston (Kashmir,
Qobuliston va Zobuliston), shimoliy-sharqiy Eron - Janubiy
Turkmaniston (Dehiston, Gurgon va Marv) hududlari kirgan.
Shunday qilib, VI asrning ikkinchi yarmida Turk xoqonligi
birinchi
navbatda, Sirdaryoning o ‘rta havzalari, umuman, butun 0 ‘rta
Osiyo hududlarini egallab olgan edi. Ammo, buning oqibati o‘laroq,
ilk o‘rta asrlarga kelganda Sirdaryoning o ‘rta havzalarida turk-sug‘d
etnomadaniy, etno-psixologik va etno-siyosiy maydon tarkib topdi.
“Qovunchi madaniyati” asosida qang‘ar elati, uning bazasida hozirgi
zamon o‘zbek xalqiga xos antropologik tip - “0 ‘rta Osiyo ikki daryo
oralig‘i tipi” uzil-kesil shakllandi.
V III-X asrlar davom ida va undan keyin ham turkiyzabon xalqlar
ham da qabilalam ing kattagina qismi o ‘z etnik nom lari bilan bir
vaqtda, Turk xoqonligi davrida turk ekanliklarini esdan chiqarmay
kelganlar. T urk xoqonligi hududida “Turk” atam asi bilan nomlanib
kelgan
qabilalar
qaerda
yasham asinlar,
bir-birlarini
qardosh
hisoblaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: