62
3.3. Dasturiy-maqsadli rejalashtirish
Maqsadli dasturlar rejalashtirishning muhim unsuri hisoblanadi.
Davlat darajasidagi yig’ma maqsadli dasturlar hal etish uchun milliy
iqtisodiyotni rivojlantirish muammolarini qamrab olgan dasturlar sifatida
ishlab chiqiladi. Dasturiy-maqsadli usul yirik muammolarning hal
etilishini markazlashgan tarzda boshqarishning samarali vositasi bo’lishi
mumkin.
U
maqsadlar,
ustuvor yo’nalishlarni ajratishni, reja
ko’rsatkichlarida ifodalanadigan maqsad
vazifalarini shakllantirishni,
resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashni, oldinga qo’yilgan maqsadlarni
amalga oshirish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Davlat dasturlari o’ta muhim davlat vazifalarining cheklangan doirasi
bo’yicha prognozlardan kelib chiqib shakllanadi, ularni moliyalash esa
davlat byudjetidan va byudjetdan tashqari fondlardan
amalga oshirilishi
kerak. Shartnomaga ko’ra ushbu dasturlarga korxonalarni, aholini, xorijiy
sarmoyadorlarni jalb qilish mumkin. Dasturlarning moddiy-texnika
ta’minoti davlat ehtiyojlari uchun davlat shartnoma tizimi orqali davlat
buyurtmasi xili bo’yicha etkazib berishlar hisobidan amalga oshadi.
Loyihalashtirish. Loyihalashtirish
– rejalashtirishning barcha
tartibotlarining yakunlovchi bosqichi. Uning
maqsadi barcha darajalar va
vaqt gorizontlari indikativ rejalarining loyihalarini ishlab chiqishdan
iborat.
Reja loyihasi boshqaruv butkul obyektining holatini ilmiy jihatdan
oldindan ko’ra bilishdan iborat bo’lgan boshqaruv subyektlari
strategiyasini amalga oshirish yuzasidan boshqaruv qarorining loyihasini
o’zida namoyon etadi. Indikativ reja –
bu uzoq muddatli istiqbolda
boshqaruv butkul obyekti (korxona, mintaqa, mamlakat)ning holatini ilmiy
jihatdan oldindan ko’ra bilish. Oldindan ko’ra bilish quyidagilarga
asoslangan:
1) iqtisodiyot obyektlarining rivojlanishini loyihalashtirish tizimi;
2) muddatlar, resurslar, ijrochilar bo’yicha kelishilgan tadbirlar tizimi
(strategik reja loyihasining dasturiy qismi);
3) iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida quyidagi qoidaga amal qilinishi kerak:
boshqariladigan tizimning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, reja
loyihalarida
iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, ekologik tashqi iqtisodiy
rivojlanish prognozlari tizimi bo’lishi kerak.
63
Strategik rejalar boshqaruv subyektlarining siyosatini amalga
oshirish vositasi sifatida qo’llanilishi; ularni rivojlantirish
maqsadlari va
yo’nalishlarini ochib berishi; umuman jamiyatni va uning alohida kichik
tizimlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bosqichlarini belgilab berishi;
jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotining o’lchovi, mezoni sifatida
ishtirok etishi ushbu rejalarning muhim o’ziga xos xusuiyati hisoblanadi.
Loyihalashtirish jarayonida quyidagi
vazifalarni hal etish uchun
tegishli boshqaruv obyektlarini rivojlantirishning turli variantlari ishlab
chiqilishi kerak: a) ushbu xo’jalik vaziyatida optimal hisoblangan indikativ
reja loyihasini tanlash; b) bozor kon’yunkturasi sharoitlariga mos keluvchi
indikativ reja loyihasini ishlab chiqish.
Iqtisodiyotning o’tish davri sharoitida rejalarning ijtimoiy-iqtisodiy
yo’naltirilishi o’zgarishi kerak:
– rejalar ma’muriy bo’ysundirish qurolidan muvazanatlashgan
rejalashtirish vositasiga aylanadi;
– rejalarni loyihalashtirishning strategik
xususiyati kuchayadi
(makroiqtisodiy rejalashtirishda bozor xo’jaligi sharoitida asosiy e’tibor
iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishga qaratiladi);
– strategik rejalar loyihalarining ilmiy jihatdan asoslanganlik darajasi
ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: