3.2.Bozor sharoitida muvozanatlashgan rejalashtirishning
zaruriyati
Rejalashtirish – davlat, boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi
subyektlarning mamlakat, mintaqalar, tarmoqlar, mulkchilikning barcha
shakllaridagi korxonalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini
ishlab chiqish bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati.
So’nggi o’ttiz yildan ortiq yil mobaynida iqtisodchilar reja va bozorni
uyg’unlashtirish muammosi borasida baxs-munozaralar olib borishdi.
Bozor munosabatlari haqiqatga aylangach, reja va bozor – bu bir-biriga
qarama-qarishi emas, balki iqtisodiy tizimning bir-birini to’ldiruvchi
unsurlari ekanligi tushunib etildi. Muvazanatlashgan umumdavlat
rejalarisiz pul-kredit, soliq, bojxona siyosati asosida ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni boshqarish o’zini oqlamaydi.
Davlat tomonidan rejalashtirilishi lozim bo’lgan obyektlar doirasi
ancha keng. Birinchi galda – bu ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibi.
Bozorning mavjud bo’lishi ulushlar va tarkibiy siljishlarga ta’sir
ko’rsatishi mumkin va davlat ulushlarning qanday yuzaga kelishiga befarq
emas. Ijtimoiy sohada esa, eng asosiysi – iqtisodiyotning kelgusidgi rivoji
aholining turli ijtimoiy guruhlari turmushiga qanday ta’sir ko’rsatishini
oldindan ko’ra bilish, ushbu ta’sirning salbiy tomonlarini aniqlash va
muhtojlarni himoyalash choralarini ko’rishdan iborat.
58
Jahonda rejalashtirishga bo’lgan qiziqish va e’tibor 1930-yillarga
kelib kuchaydi. Bunda jahon iqtisodiy inqirozi va sobiq ittifoqda
rejalashtirish tajribasining ta’siri katta bo’ldi. Makrodarajadagi dastlabki
rejalar moliya-byudjet va pul-kredit sohasini qamrab oldi. Ular moliya
vazirliklari tomonidan ishlab chiqiladigan milliy byudjetlarda o’z ifodasini
topdi.
Belgilangan tartibga muvofiq davlat prognozlari va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish dasturlari ishlab chiqiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy,
shuningdek tarmoq, mintaqaviy va faoliyatning ijtimoiy ahamiyatga ega
bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.
Ijtimoiy rivojlanishning tebranuvchanlik nazariyasiga muvofiq
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holatidagi o’zgarishlar ko’p
jihatdan tabiiy rivojlanishga bog’liq bo’lib, tabiiy jarayonda yuz beradi.
Lekin jamiyat ijtimoiy jarayonlarni uyg’unlashtirishga, taraqqiyotning
moddiy va ma’naviy yo’qotishlarini kamaytirishga qodir, bu uzoq
muddatli rejalashtirishda nazarda tutiladi.
Rejalashtirish direktiv, indikativ, shartnomaviy va tadbirkorlikni
rejalashtirish kabi turlarga bo’linadi.
Direktiv rejalashtirish manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni
bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida
taqsimlash orqali amalga oshiriladi. Asosiy ishlab chiqarish vositalariga
nisbatan davlat mulkchiligi monopoliyasi sharoitida rejalashtirish jamiyat
hayot faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladi. Byudjetdan
moliyalash, kapital qo’yilmalar me’yorlari, moddiy-texnika resurslari
fondlari, davlat buyurtmalari direktiv rejalashtirishning asosiy vositalari
hisoblanadi.
Direktiv reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqishda uning ijrochilari
asosiy rolni o’ynamaydi. Rejaning asosiy ijodkorlari reja ko’rsatkichlari
bajarilishining moddiy-texnika ta’minoti yuzasidan majburiyatlarni o’z
zimmasiga olishadi. Ushbu holat direktiv rejalashtirishdagi eng zaif nuqta
hisoblanadi, ko’pincha rejalar uchun zarur resurslar ajratilmaydi.
Mulkchilik
shakllarining
xilma-xilligi
sharoitida
direktiv
rejalashtirish unsurlari davlat sektori va byudjetdan moliyalash doirasida
davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etkazib berish; iqtisodiyotning davlat
sektorini rivojlantirish; davlat byudjetidan moliyalash uchun qabul
qilingan davlat dasturlari; davlat byudjeti kabi reja hujjatlarida saqlanib
qoladi.
59
Direktiv rejalashtirishdan uning boshqa shakllariga o’tish, birinchi
galda, rejalar ishlab chiquvchilari va ijrochilari o’rtasidagi manfaatlar
ziddiyatiga barham berilishini nazarda tutadi. Rejalar topshiriqlar
ko’rinishida etkazilmaydi va o’z ijrochilari tomonidan ishlab chiqiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan davlat va nodavlat sektorlarda
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ongli ravishda boshqarish usuli sifatida
indikativ rejalashtirish rivojlanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari sifatida iqtisodiyotning
dinamikasi, tarkibi va samaradorligini; moliya-kredit siyosatining holatini;
tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozorining holatini; narxlar
harakatini; aholining bandligi va turmush darajasini tavsiflovchi
ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liq va muvazanatlashgan tizimi
davlatning ta’siri choralari bilan to’ldiriladi, shu jumladan byudjet
mablag’lari, amortizastiya me’yorlari, kredit uchun foiz, soliqlar, bojxona
bojlari, listenziyalar va kvotalar, davlat buyurtmalari va boshqalardan
foydalaniladi.
Indikativ rejalashtirish bozor iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatishiga
ta’sir etishning asosiy usuli hisoblanadi. U faqat bozor usullari bilan
amalga oshirishning iloji bo’lmagan yoki qiyin bo’lgan ko’plab
masalalarning hal etilishini ta’minlashga qaratilgan. Bu davlat boshqaruv
organlari tizimi barcha bo’g’inlarining ham o’zaro, ham mintaqaviy
organlar bilan o’zaro hamkorligi shaklidir.
Indikativ rejalashtirish bozorning mustaqil subyektlarini davlat bilan
mutanosib asoslarda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga
oshirishga jalb qilish usuli hisoblanadi. U tovar ishlab chiqaruvchilar,
xaridorlar va umuman bozorga ta’sir etishning iqtisodiy vositalaridan
foydalanishga asoslanib, davlat va xususiy sarmoya manfaatlarini
uyg’unlashtirish imkonini beradi.
Indikativ reja ikkita asosga tayanadi. Bir tomondan, u dasturlar yoki
alohida ko’rsatkichlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiruvchi axborot
hisoblanadi. Bu borada u tavsiyaviy xususiyatga ega: ko’rsatkichlar
strategiya yoki iqtisodiy harakat to’g’risida qarorlar qabul qilishda
indikatorlar sifatida foydalaniladi. Indikativ reja qamrab olgan xo’jalik
yurituvchi subyektlar uchun uning ko’rsatkichlari majburiy hisoblanadi,
chunki ularni bajarmaslik rejada qo’yilgan vazifalarning bajarilmasligiga
olib keladi.
Indikativ rejalar ustuvor yo’nalishlarga asoslanadi, ularning ayrimlari
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosati bilan belgilansa
60
(energetika, aviastiya, kosmik texnika), boshqalari rejalashtirish jarayonida
aniqlanadi.
Asoslangan
ustuvor
yo’nalishlar
zamirida
tegishli
rag’batlantirish mexanizmlari ishlab chiqiladi; milliy ahamiyatga ega
bo’lgan yirik loyihalar bo’yicha o’rta muddatli dasturlar doirasida davlat
va xususiy sektorning birgalikdagi sa’y-harakatlari evaziga investistiya
kelishuvlari tuziladi.
Indikativ rejalashtirishda korxonalar muvofiqlashtiruvchi organga
(bu ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lishi mumkin) o’zining mahsulotni
sotish (etkazib berish) to’g’risidagi takliflarini yuboradi. Agar ular qabul
qilinsa, bu ikkala tomon uchun ham tegishli majburiyatlarni yuklaydi: a)
muvofiqlashtiruvchi organ hajmlarni amalga oshirish va rag’batlantirish
tizimiga kiritadi; b) korxona olingan majburiyatni bajarishga majbur
bo’ladi. Shunga o’xshash tartib direktiv rejalashtirishda ham yuqoridan va
quyidan belgilangan rejalarni uyg’unlashtirish shaklida amal qildi, farq
faqat shundaki, endi reja korxonaga majburiy tartibda etkazilmaydi, balki
u tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.
Shartnomaviy rejalashtirish korxonalar, birlashmalar, banklar,
hokimiyat va boshqaruv organlari o’rtasida ixtiyoriy va o’zaro foydali
asosda quriladigan tijorat munosabatlarini tartibga soladi. Shartnomaviy
munosabatlar barqaror ishlab chiqarish-iqtisodiy aloqalarni, o’zaro
majburiyatlarni, ularni bajarish shartlarini shakllantiradi va bozor
sharoitida rejaviylikni qo’llab-quvvatlashning kafolatlovchi xo’jalik
mexanizmini yaratadi.
Shartnomaviy rejalar etkazib berish to’g’risidagi kelishuvlar,
shartnomalar, ishtirok etish tizimi ko’rinishida va boshqa shakllarda
amalga oshiriladi. Tegishli iqtisodiy va huquqiy asoslar: qonunchilik
me’yorlari, mustaqil sud tizimi va boshqalar shartnomaviy rejalashtirishni
ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Ma’danli xomashyoni qidirish, razvedka qilish, qazib chiqarish,
ishlab chiqarilgan mahsulotni taqsimlash, uni tashish, ishlov berish,
saqlash sotish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar mahsulotni
bo’lish to’g’risidagi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
Investistiya kelishuvlari ma’danli xomashyo ishlab chiqarish
tarmog’iga investistiyalarni jalb qilish maqsadida tuziladi. Iqtisodiyot
vazirligi hamda qo’shma korxonaning ustav fondiga zarur ulush kiritgan
va to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi xorijiy
kompaniyalar investistiya kelishuvining tomonlari hisoblanadi. Iqtisodiyot
vazirligi xorijiy sarmoyaorga investistiya kelishuvini amalga oshirish
uchun ko’maklashadi.
61
Korxonalar, firmalar, ishlab chiqarish-xo’jalik va moliya faoliyati
barcha subyektlarining samarali rivojlanish yo’llarini asoslashga va
tanlashga
yo’naltirilgan
Funksiyasi
tadbirkorlikni
rejalashtirish
hisoblanadi. Uning asosini firmaning turli muddatlarga mo’ljallangan
tezkor, joriy va strategik vazifalarni hal etishga qaratilgan ichki rejalari
tashkil qiladi.
Rejalashtirish mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mazmunini
aks ettiruvchi tegishli ko’rsatkichlarni ishlab chiqishdan iborat. Reja
ko’rsatkichlari tasdiqlanadigan va hisob-kitob; miqdoriy va sifat; absolyut
va nisbiy; natural va qiymat kabi turlarga bo’linadi. Ko’rsatkichlarning
katta qismi hisob-kitob ko’rsatkichlaridir. Tasdiqlanadigan ko’rsatkichlar
normativlar (fondlarni tashkil etish, to’lovlar, pul mablag’lari), me’yorlar
(resurslarni iste’mol qilishning ruxsat etilgan yuqori hajmi va b.) va
byudjetdan moliyalash hajmlari ko’rinishida ishtirok etadi.
Qiymat ko’rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarishning o’sish sur’atlari,
ulushi va tarkibini, yalpi ichki mahsulotni, milliy daromadni, tarmoqlar
bo’yicha mahsulot hajmini, investistiyalarni, chakana tovar aylanishini,
foyda, eksport, import va boshqalarni tavsiflaydi.
Resurslardan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligi,
fondning qatarilishi, material sig’imi, ishlab chiqarish quvvatlarini
o’zlashtirish, daromadlilik, tannarx, rentabellikning nisbiy ko’rsatkichlari
yordamida rejalashtiriladi.
Korxonalarda rejalarda quyidagi asosiy ko’rsatkichlar ishlab
chiqiladi:
tovar mahsulotining o’sish sur’atlari;
natural ifodadagi mahsuldotning asosiy turlarini, shu jumladan yangi
texnika mahsulotlari va eksport uchun mahsulot;
mahsulotni sotish hajmi;
yangi texnikani ishlab chiqish, o’zlashtirish va joriy etish bo’yicha
fan-texnika dasturlarining asosiy vazifalari;
ishlab chiqarishning umumiy hajmida oliy sifatli mahsulotning
salmog’i;
mehnat unumdorligi;
1 so’mlik mahsulot uchun xarajatlar;
foyda;
asosiy fondlarni ishga tushirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |