B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


 Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/126
Sana17.10.2022
Hajmi2,22 Mb.
#853638
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Bog'liq
13ab082b6aa0697ba7521f82e74e7ae4 INDIKATIV REJALASHTIRISH

4.2. Rejalashtirishning asosiy vazifalari va bosqichlari 
 
Rejalashtirish 
vazifalarini 
yoritishda 
rejalashtirishning 
qator 
usullariga to’xtalib o’tiladi. Mazkur usullari ro’yxati va ularning 
rejalashtirish bosqichlariga mos kelishi 1-jadvalda keltirilgan.
Rejalashtirish 
jarayonining 
birinchi 
bosqichi 
maqsadlarni 
shakllantirishdan iborat.
Maqsadlarni shakllantirish 
– bu keyingi harakatlar uchun aniq, 
tarkiblangan va amalga oshirish uchun yaroqli bo’lgan me’yorlar tizimini 
yaratish.
Rejalashtirishda, agar aniq ifodalangan maqsadlar tizimi mavjud 
bo’lmasa, ushbu bosqich alohida ahamiyatga ega. “Maqsadlarni 
shakllantirish” bosqichi vazifalarining hal etilishi keyingi harakatlar uchun 
me’yorlarni aniq belgilashga yordam beradi. Agar, aksincha, maqsadlar 
tizimi mavjud bo’lsa, u holda rejalashtirish jarayonining birinchi 
bosqichidan, odatda, voz kechish mumkin. Maqsadlarni shakllantirishdagi 
asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: maqsadlarni topish, maqsadlarga 
aniqliklar kiritish, maqsadlarni tarkiblash, maqsadlarning amalga oshirilish 
imkoniyatini tekshirish, maqsadlarni tanlash.
Ularda yuqori tartibdagi boshlang’ich maqsadlar belgilanadigan 
tadbirlarga maqsadlarni topish deyildi. Boshlang’ich maqsadlardan turli 
darajadagi quyi tartibning alohida maqsadlari ajratiladi. Quyi maqsadlar 
yuqori 
maqsadlarga 
bo’ysunadi. Ehtimoliy maqsadlar ularning 
boshlang’ich maqsadlarga mos kelishini o’lchash orali muntazam 
tekshirilib turiladi.
Maqsadlarga aniqliklar kiritish maqsadlar mazmuni, shakllari, 
atamalar, alohida maqsadlar cheklovlarini yanada aniq belgilashni 
anglatadi. Maqsadlarga aniqliklar kiritish va maqsadlarni topish o’zaro 


70 
uzviy bog’langan. Aniq ifodalanadigan maqsadlar ancha aniq rejalashtirish 
va nazorat qilish imkonini beradi va bu bilan boshqaruvning barcha 
vositalarining ta’sirchanligini oshiradi.
Maqsadlarni tarkiblashda barcha topilgan maqsadlarni ko’p pog’onali 
tartibga keltirishga intilinadi. Bunda turli maqsadlar maqsadlar ierarxiyasi 
(maqsadlar tizimi) bo’lishi mumkin. Maqsadlarning «teleologik» 
ierarxiyasi yuqori va quyi tartib maqsadlarli “maqsad va vosita” 
munosabatida bo’lgan holatda yuzaga keladi. Maqsadlarning mantiqiy 
ierarxiyasi tushunchalarning muayyan tizimini qo’llashdan kelib chiqadi. 
Agar R davrining foydasi quyidagicha aniqlansa: 
R = (davr daromadi) – (davr xarajatlari),
u holda davr foydasi daromad va xarajatlarga qaraganda yanada 
yuqori tartib maqsadi hisoblanadi. Ustuvor yo’nalishlar bo’yicha ierarxiya 
maqsadlarning yana bir ierarxiyasi bo’lib, unda yuqori tartib maqsadlari 
sifatida ularni amalga oshirishda yuqori ustunlik beriladigan maqsadlar 
ko’rib chiqiladi. Qarorlar qabul qilishdagi maqsadlar nisbatiga ko’ra 
maqsadlar ierarxiyasi qarorlar qabul qilish modeli uchun maqsadlarning 
ahamiyatini hisobga olish asosida shakllanishi mumkin. Bunda asosiy 
maqsadlar ikkinchi darajali maqsadlardan farq qiladi. Va, nihoyat, 
korxonani boshqarish unsurlari bilan shakllanadigan va korxona 
maqsadlari, bo’linmalar maqsadlari, bo’limlar maqsadlari va lavozim 
maqsadlarining ajralishiga olib keluvchi maqsadlarning tashkiliy 
ierarxiyasi haqida ham to’xtalib o’tish lozim. Agar boshqaruv tizimi bilan 
maqsadlar tizimini o’zaro muvofiqlashtirish zarur bo’lsa, maqsadlarning 
ushbu ierarxiyasi dastlabki o’ringa chiqadi. 
Maqsadlarni tanlash (maqsadlar bo’yicha qarorlar qabul qilish) 
deganda qarorning pochta orqali qabul qilinishiga olib keluvchi 
harakatlarni tushunish lozim. Agar maqsadlarning bir necha muqobil 
tizimlari ishlab chiqilgan bo’lsa, u holda yuqori tartib maqsadlariga 
erishishni yaxshiroq ta’minlaydigan maqsadlar tizimini tanlash zarur. 
Maqsadlarning amalga oshirilish imkoniyatini tekshirish tamoyili 
alohida maqsadlar texnik-iqtisodiy shartlar, maqsadlar tizimining tarkibi, 
xodimlarning mavjudligi nuqtai nazaridan erishilajakligini, amalga 
oshirilajakligini aniqlashga yo’naltirilgan. Tarkibiy-maqsadli jihat 
maqsadlarning ularning birgalikda mavjud bo’la olishligi bo’yicha 
munosabatlarini qamrab oladi. Bunda maqsadlar birgalikda mavjud bo’la 
olishi ham, bo’la olmasligi ham mumkin. Birgalikda mavjud bo’la 
oladigan maqsadlar xolis (betaraf) va bir-birini to’ldiruvchi maqsadlar 
bo’lishi mumkin. Birgalikda mavjud bo’la olmaydigan maqsadlar haqida 


71 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish