25
Material resurslar sarfi me’yorlari mehnat buyumlarini tashkil etuvchi
xom-ashyo, material,yoqilg’i va boshqa elementlar kattaligini tartibga soladi.
Jihozlardan va mehnat vositalaridan foydalanish me’yorlari
bilan bir
qatorda ular moddiylashtirilgan mehnatdan foydalanish ko’rsatkichlarini
belgilaydi.
Material resurslarini ishlab chiqarishdagi vazifasiga ko’ra xom-ashyo va
asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg’i, elektr energiya sarf me’yorlari
ajratiladi
Xom-ashyo va material sarfi me’yorlari ishlab chiqariladigan mahsulot
birligi uchun o’rnatiladi. Ushbu me’yorlar detal bo’yicha, spetsifik va mahsulot
turi bo’yicha belgilanadi. Detallar uchun me’yorlar
alohida detal uchun uning
konstruktiv xususiyatlari, ishlov berish usullari, qo’llaniladigan jihozlar turidan
kelib chiqib material sarfini tartibga soladi.
Spetsifik me’yorlar buyumni tayyorlash uchun
xar bir materialning sarf
me’yorlaridir. Yig’ma buyumlar bo’yicha me’yorlar maxsulot turini tayyorlash
uchun zarur bo’ladigan materiallar turi guruhining sarf kattaligidir.
Alohida detallar uchun o’rnatilgan sarf normalar ichki moddiy tehnik
taminotni rejalashtirishga xizmat qiladi. Spetsifik va yig’ma me’yorlar korxona
miqyosida ta’minotni rejalashtirish uchun qo’llaniladi.
Texnologik maqsadlar
uchun yordamchi material, yoqilg’i va energiyaning
bevosa sarf normalari mahsulot birligi uchun o’rnatiladi. Har bir turdagi material
istemoli ma’lum xarajatlar tuzilmasi bilan xarakterlanadi.Lekin umumiy holda
ushbu tuzilmani quyidagi uch elementdan tashkil topadi deyish mumkin:
1)
Mahsulot birligi uchun sof
material sarfi;
2)
Texnologik chiqindi va materiallardan yo’qotishlar;
3)
Boshqa yo’qotishlar.
Sof material sarfi – meyorning asosini tashkil etadi va materialni chiqindi va
yo’qotishlarni e’tiborga olmagan holda foydali sarfini belgilaydi. Bevosita sarf
ma’lum konstruksiyadan kelib chiqqan holda mahsulot, bo’g’in detallarini sof
26
og’irligi xom-ashyo va materiallardan yaroqli mahsulot chiqish, elektr energiyasini
foydali sarfi orqali ifodalanadi.
Texnologik chiqindi va materiallar bo’yicha yo’qotishlar
texnologik
jarayonlar xususiyatlardan kelib chiqadigan qo’shilgan xarajatlarni e’tiborga oladi.
Texnologik chiqindi va yo’qotishlar turli material resurslar uchun turlicha
bo’ladi.
Masalan: metalprokat uchun qo’shimcha chiqindilar elementlariga qirindi,
yonish natijasida yo’qotish shtamnovkalash jarayonidagi chiqindilar shular
jumlasidandir.
Boshqa chiqindi va yo’qotishlar foydalaniladigan
va foydalanilmaydigan
chiqindilar ajratiladi. Sarf me’yorlariga faqat foydalanilmaydigan chiqindilar
kiritiladi.Materiallar sarf me’yorlari elementlarini quyidagi formula orqali
ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: