Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


-mavzu. Turkistonning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

11-mavzu. Turkistonning xonliklarga bo‘linib ketishi, uning 
sabablari va oqibatlari. 
 
XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi
ijtimoiy-siyosiy hayot. Shayboniylar va Ashtarxoniylar sulolasi 
 
XV asrning 90-yillarida Movaraunnahrdagi temuriylar saltanati 
amalda mustaqil boshqariladigan viloyatlarga aylanib qolgan edi. Kichik 
bir viloyatda hokimlik qilayotgan temuriy shahzodalarning har biri 
poytaxt Samarqandni egallash, bobokalonlari o‘tirgan taxtga chiqib, butun 
mamlakatga yagona hukmdor bo‘lish orzusida edilar. Bu niyatga yetish 
uchun ular o‘rtasida o‘zaro ichki nizo avj olib ketgan bo‘lib, mamlakat 
aholisining ham temuriylardan noroziligi kuchayib borayotgan bir davr 
edi. 
Samarqand hukmdori Sulton Ahmad Mirzoning 1494-yilda vafot 
etishi, bu holatni yanada keskinlashtirdi, mamlakatda boshboshdoqlik, 
ko‘p hokimiyatchilik vujudga keldi. Bu vaziyatdan temuriylarning 
shimoldagi qo‘shnisi, Dashti Qipchoqda o‘z hokimiyatini mustahkamlab 
olgan Muhammad Shayboniyxon (1451-1510) foydalanib qolish uchun 
1497-yilda Movaraunnahrni egallash uchun birinchi marta qurol bilan 
bostirib kirdi. Bunga 1496-yilda Samarqand taxtiga o‘tqazilgan 
Boysunqur mirzo ibn Sulton Mahmud (1479-1499)ning boshqa temuriy 
shahzodalardan Samarqandni mudofaa qilishda ittifoqchilikka chaqirib 
qilgan taklifi ham sabab bo‘lgan edi.
XI asrdan boshlab Balxash ko‘li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan 
Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo‘lgan hududlarda qipchoq va 
boshqa turkiy qabilalarning hukmronlik qilganliklari sababli bu hudud 
Dashti Qipchoq deb atalgan. Dashti Qipchoq chegaralari ba’zan Kavkaz 
tog‘lari, Qora va Kaspiy dengizlarigacha yetib borgan. Bu yerda Botuxon 
1236-yilda asos solgan Oltin O‘rda davlati XIV asr boshlarida ikki qismga 


241 
ajralib ketgan bo‘lib, uning sharqiy qismida ayrim tarixiy manbalarda 
“O‘zbeklar mamlakati” deb yuritilgan Oq O‘rda davlati tashkil topdi. Bu 
hududda Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan 
Abulxayrxon (1412-1468) 1428-yilda mustaqil davlatga asos soldi.
Oltin O‘rda, Mo‘g‘uliston va temuriylar davlatlaridagi o‘zaro urush 
va parokandalikdan ustalik bilan foydalangan Abulxayrxon o‘z davlati 
hududlarini ancha kengaytirib oldi. Lekin urug‘ boshliqlarining mustaqil 
hukmronlikka intilishlari va 1468-yilda Abulxayrxon vafoti bu davlatning 
inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi. XV asrning 80-yillariga kelib, 
Abulxayrxonning nabirasi, Budoq Sultonning o‘g‘li Muhammad 
Shohbaxt Shayboniyxon (1451-1510) bobosining davlatini qayta tiklab, 
shayboniylar sulolasiga asos soldi. Yoshligida yetim qolgan Muhammad 
ukasi Mahmud bilan Muhammad Mazid tarxon, Sultonali mirzo 
homiyligida Turkiston, Samarqand, Buxoro shaharlarida ilohiyat olimlari 
Muhammad Xitoiy, Hofiz Husayn Busuriy kabi ulamolardan saboq olib, 
o‘z davrining bilimdon, o‘qimishli kishisi, iste’dodli shoiri bo‘lib yetishdi. 
Muhammad Shayboniyxon buyuk davlat tuzish faoliyatini dastlab lashkar 
to‘plash va yollanma qo‘shin lashkarboshisi sifatida temuriylarga xizmat 
qilishdan boshladi. Shayboniyxon yollanma qo‘shin boshlig‘idan xon 
darajasiga ko‘tarildi. 
XV asr 90-yillarining o‘rtalaridan Movaraunnahrning siyosiy 
hayotida Amir Temurning evarasi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-
1530) ham sezilarli rol o‘ynay boshladi. 1494-yil 10 iyun kuni 12 yoshida 
Farg‘ona taxtiga o‘tirgan yosh Bobur amakisi Sulton Ahmad (1469-1494 
yy. Samarqand hokimi), Toshkent hokimi, tog‘asi Sulton Mahmudlar 
hujumlarini qaytarib, 1496 yilda Samarqand shahrini qamal qiladi, lekin 
qish yaqinlashib qolgani uchun qamalni to‘xtatadi. 1497-yil mayida Bobur 
Samarqandni ikkinchi bor qamal qilganida Shayboniyxon bilan birinchi 
marta yuzma-yuz bo‘ldi. Boysunqur mirzoning Shayboniyxonga 
Samarqand darvozasini ochmagani sababli, u Bobur bilan jang qilmasdan 
maydonni tashlab ketdi. 7 oylik qamaldan keyin Samarqandni egallagan 
Bobur poytaxtda 100 kun hukmronlik qildi. Farg‘onada ukalari sabab 
kelib chiqqan nizoni bartaraf etish uchun Bobur Samarqandni tashlab 
chiqdi va 1500 yilgacha u yerda tinchlik o‘rnatish bilan ovora bo‘ldi. 
Butun Movaraunnahr yerlarini birlashtirish maqsadi bilan yonayotgan 
Bobur hatto tinchlik uchun Farg‘onani ham ikki qismga bo‘lib, ukasi 
Jahongirga Sirdaryoning shimoliy qismini berishga majbur bo‘ldi. 
Bu paytda asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga butunlay barham 
berish bo‘lgan Shayboniyxon Buxoro, Samarqand, Qarshi, G‘uzor, 


242 
Shohruxiya shaharlarini egalladi. Bu shaharlardagi dasht o‘zbeklarining 
qirg‘in va talonchiliklari mahalliy xalq ichida Shayboniyxonga qarshi 
harakatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bundan foydalangan Bobur 
1501 yilda Samarqandni ikkinchi marta egalladi.
Movarounnahrda o‘zining asosiy raqibi Bobur ekanligini sezgan 
Shayboniyxon asosiy kuchlarini Samarqand yaqiniga to‘plab hal qiluvchi 
jangga kirdi. Ochiq jangda yengilgan Bobur shaharga kirib, mudofaaga 
kirishdi, lekin boshqa temuriylardan yordam bo‘lmagach, Shaybonixon 
bilan sulh tuzib, Samarqandni tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Shundan 
keyin Bobur 250 kishisi bilan Afg‘onistonga keldi va Qobul podsholigiga 
asos soldi. 1510-yilda Marv yaqinida Shayboniyxon qo‘shini ustidan 
g‘alaba qozongan Eron shohi Ismoil Saffaviy Bobur Mirzoga birgalikda 
Samarqandga qo‘shin tortishni taklif etdi. Bu taklifni qabul qilgan Bobur 
Muhammad Shayboniyxon vafoti (1510) bilan o‘zaro kelishmovchilik 
sababli ancha zaiflashib qolgan shayboniylar hukmronligi ostidagi Hisor, 
Ko‘lob, Qunduz, Badaxshon, Qarshi, yerlarini egallab, Samarqand 
shahrini 1511-yilda uchinchi marta bosib oldi.
Boburning ittifoqchilari, shia mazhabidagi Eroniy qizilboshlilarning 
talon-tarojlari sababli mahalliy aholi Boburni qo‘llab-quvvatlamadi. 1512-
yil oxirlarida Ubaydulla sulton qo‘shinlaridan Buxoro yaqinida 
mag‘lubiyatga uchragan Bobur Movaraunnahrdan, butunlay umidini uzib 
ketdi. Qobul atrofida o‘z hukmronligini to‘la mustahkamlab, 1526-yil 
boshida Hindistonga yurish boshladi va u yerdagi Ibrohim Lo‘diyning 
qo‘shinlarini to‘la tor-mor keltirib, yangi saltanat-Boburiylar saltanatiga 
asos soldi. Bu saltanat Hindistonda 332 yil (1526-1858-yillar) hukmronlik 
qildi. 
1487-1488-yillarda O‘tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig‘noq 
shaharlarini bosib olib, o‘z hukmronligini Dashti Qipchoqda 
mustahkamlagan 
Muhammad 
Shayboniyxon 
1499-yildan 
Movaraunnahrni egallashga jiddiy kirishdi. U yerdagi asosiy dushmani 
Boburdan 1501 yilda Samarqandni tortib olgan Shayboniyxon 1503 yilda 
Toshkentni, 1504-yilda Xisorni, 1505-yilda 10 oylik qamaldan keyin 
Urganchni, 1507-yilda Hirotni, 1509-yilda Marvni o‘ziga bo‘ysindiradi. 
Natijada 
Dashti 
Qipchoq, 
Xorazm, 
Movaraunnahr, 
Xurosonni 
birlashtirgan Shayboniyxon Mashhad va Tus shaharlarini egallab Eronda 
Shoh Ismoil asos solgan Saffaviylar davlatiga xavf soladi. 1510 yilda 
Marv yaqinidagi jangda Shoh Ismoil qo‘shinlaridan mag‘lubiyatga 
uchragan Muhammad Shayboniyxon og‘ir yarador bo‘lib, vafot etadi. 


243 
Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Ko‘chkunchixon (1512-
1529) va Abu Sa’id (1523-1533) davrida Movarounnahr va Xurosonda 
markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o‘rtasida nizo 
kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi va 
Turkiston yerlari parchalandi. O‘zaro urushlarga birmuncha barham 
bergan, Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydulla 
Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo‘lgan bo‘lsa, 1533-yildan butun 
markazlashgan o‘zbek davlatining Oliy Hukmdori etib saylandi. 
Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirdi. 
XVI asrning 40-yillariga kelib feodallar va mahalliy sulolalar 
o‘rtasida shaharlar va hududlar uchun kurash avj olib ketdi. Samarqand 
hukmdori Abdulatifxon (1541-1552-yy.) bilan Buxoro xoni Abdulazizxon 
(1540-1550 yy.) o‘rtasidagi kurashni Toshkent va Sirdaryo bo‘yidagi 
shaharlarning hukmdori Baroqxon (Navro‘z Ahmadxon, 1540-1556) 
yanada kuchaytirdi. U hatto 1551-yilda Samarqandni bosib oldi. Karmana 
va Miyonqol hukmdori Abdulla Sulton Baroqxonga qarshi kurash olib 
bordi. Bu kurashlarda Iskandar Sultonning o‘g‘li Abdullaxon (1534-1598) 
o‘zining qat’iyatliligi, yaxshi siyosatchi va sarkardalik qobiliyati bilan 
ajralib turdi. U 1561-yilda otasi Iskandarxonni oliy hukmdor deb e’lon 
qildi. 
Abdullaxon II markazlashgan Shayboniylar davlatini tiklash 
maqsadida amirlar va sultonlar bilan ayovsiz kurash olib bordi. Tinimsiz 
urushlar natijasida Farg‘ona (1573), Shahrisabz, Qarshi, Hisor viloyatlari 
(1574), Samarqand (1578), Toshkent, Shohruhiya, Sayram, Ohangaron 
(1582), Balx (1583), Badaxshon (1584), Hirot (1588), Xorazm (1595), 
Abdullaxon qo‘l ostiga birlashtirildi. U 1561-1583-yillarda otasi nomidan, 
1583-1598-yillarda rasmiy xon sifatida davlatni boshqardi. Ammo 1598-
yilda Abdullaxon II vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Abdulmo‘min uzoq 
muddat taxtni boshqara olmadi. So‘nggi Shayboniy hukmdori 
Pirmuhammad II (1599-1601) ham bebosh amirlarni tiyib qo‘ya olmadi. 
XV asrning oxiri XVI asr Dashti Qipchoq, Movaraunnahr va 
Xurosonda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar, iqtisodiy madaniy 
ahvoli to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beruvchi asarlar juda ko‘p. Bular 
ichida Zahriddin Muhammad Boburning (1453-1530) “Boburnoma”, shoir 
va tarixchi olimlardan Kamoliddin Binoiy (1453-1512) va Muhammad 
Solih 
(1453-1535)larning 
forsiy 
va 
o‘zbek 
tilda 
bitilgan 
“Shayboniynoma” asarlari, Xondamirning “Habib us-siyar”, Fazlulloh ibn 
Ruzbehon (1457-1530) ning “Mehmonnomayi Buxoro”, noma’lum 
muallifning “Tavorixi guzida”, “Nusratnoma”, Mirzo Muhammad Haydar 


244 
(1500-1556)ning “Tarixi Rashidiy”, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdaj 
ul-Osor”, Xo‘ja Qulibek Balxiyning “Tarixi Qipchoqxoniy” va Hofiz 
Tanish 
Buxoriy 
(1547-1604) 
ning 
“Sharofnomayi 
shohiy“ 
(“Abdullanoma” nomi bilan mashhur) asarlari alohida ahamiyatga ega. 
Muhammad 
Shayboniyxonning 
markaziy 
hokimiyatni 
mustahkamlash uchun amalga oshirgan ba’zi chora tadbirlari, beklarning 
kuchayishi va o‘zaro kurashlariga ham sabab bo‘ldi. Masalan, davlat 
boshqaruvi sohasida suyurg‘ol tizimining joriy etilib, bosib olgan 
hududlarda boshqaruv ishining farzandlari, qarindosh-urug‘lari, qabila 
boshliqlariga topshirilishi uning vafotidan keyin markaziy hokimiyatdan 
mustaqil bo‘lishga intilishlarni kuchaytirdi. 
Mamlakat xo‘jaligini tiklash uchun bo‘sh yotgan yerlar, vafot etgan 
yoki soliqlar og‘irligidan ko‘chib ketgan mahalliy mulkdorlar yerlari 
qayta taqsimlandi. Bu esa ijtimoiy hayotni tartibga solishga yordam berdi. 
Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo sotiqni jonlantirish maqsadida 
1507 yilda pul islohoti o‘tkazilib, markaziy shaharlarda vazni bir hil 
bo‘lgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa pullar zarb qilindi. Asosan 
markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy mavqeyini kuchaytirish, 
shayboniy xonlari va beklari hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan 
bu islohot Shayboniyxon vafotidan keyin kuchayib ketgan o‘zaro urushlar 
natijasida yaxshi natija bermadi va pul qadrsizlandi. 1515-yilda oliy 
hukmdor Ko‘chkunchixon pul islohoti o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 
Ayniqsa, Abdullaxon II davrida o‘tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy 
hayotida katta ahamiyat kasb etgan bo‘lib, markaziy hokimiyat 
kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga 
yordam berdi.
Pul islohotini bosqichma-bosqich o‘tkazgan Abdullaxon II oltin, 
kumush, mis pullarni otasi nomidan (1560-1583) chiqarganda 
mamlakatdagi bir qancha shaharlarda pul zarb qilingan bo‘lsa, mustaqil 
hokimiyatni boshqargan yillarida (1583-1598), asosan, Buxoroda 
markazlashgan pul zarb qilishni yo‘lga qo‘ydi. Manbalarga qaraganda, 
Abdullaxon II ba’zan Balx, Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda 
pul chiqarishga ruxsat bergan. 
Muhammad Shayboniyxon davrida ta’lim sohasida ham islohot 
o‘tkazilib, unga ko‘ra bola 6 yoshdan maktabga berilgan va ikki yil 
o‘tgach madrasaga o‘tkazilgan. Madrasa uch bosqichdan iborat bo‘lib, har 
bosqichda 8 yildan o‘qitilgan. Bu davrda ilohiyot, hisob-kitob, 
matematika, she’r san’ati kabi fanlar o‘qitilgan. 


245 
Iqtisodiy hayotda su’niy sug‘orish asosiy rol o‘ynaganligi sababli 
shayboniylar davrida suv inshootlari qurilishiga ancha e’tibor berildi. 
1502-yilda Zarafshon daryosida qurilgan suv ayirg‘ich, 1556-1585-
yillarda Qashqadaryo, Zarafshon, Amudaryo, Murg‘ob va Vaxsh 
daryolaridan chiqarilgan kanallar, suv ayirg‘ich va suv omborlari buning 
yaqqol misoli bo‘la oladi. 
Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo‘jaligi, savdo-
sotiq va hunarmandchilik bo‘lib, yer asosiy boylik hisoblangan. 
Shayboniylar davrida mulkiy munosabatlarda aytarlik o‘zgarishlar yuz 
bermadi. Dashti qipchoqdan kelgan o‘zbeklar yer egaligi munosabatlarini 
boshidan kechirayotgan bo‘lib, ular Movaraunnahrga yangi ishlab 
chiqarish munosabatlarini olib kelganlari yo‘q, balki temuriylar davrida 
shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qabul qildilar, hamda unga 
moslashdilar.
Yer egaligining mulki sultoniy (davlat yerlari), mulki xolis (xususiy 
yerlar), vaqf (diniy mahkamalarga qarashli yerlar) va qishloq jamoalari 
egalik qiladigan yerlar kabi asosiy turlari bo‘lib, ular iqto`, suyurg‘ol, 
tanho va jog‘ir ko‘rinishida bo‘lgan. Davlat oldidagi xizmatlari uchun 
harbiy-ma’muriy amaldorlarga va yirik din arboblariga beriladigan 
bunday yerlarda yersiz dehqonlar ishlaganlar. Ular ham davlatga, ham 
amaldorga soliq to‘laganlar. Shayboniylar davrida chorvachilik va 
hunarmandchilik ancha rivojlangan bo‘lib, ular yetishtirgan mahsulot 
ichki va tashqi bozorlarda sotilgan. Hindiston, Eron, Rossiya kabi 
mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilingan. 
Shayboniylar davrida 40 dan ortiq soliq va jarimalar bo‘lib, xiroj va 
zakotdan tashqari, tagjoy jizya, ixrojat, tog‘ar, ulufa, qo‘nalg‘a, begar, 
madadi lashkar, boj, tuhfa kabi nomlar bilan atalgan soliq turlari va yasoq 
deb ataluvchi majburiyatlar bo‘lgan. Soliq to‘lovchi aholi fuqaro (rayiyat) 
deb atalgan. Juybor shayxlari kabi yirik ulamolar-din peshvolari barcha 
soliqlardan ozod qilingan. Oliy tabaqaga xon va uning yaqinlari kirgan. 
Harbiy-ma’muriy boshqaruv tizimidagi amaldorlar umaro, olim va 
shoirlar fuzalo deb atalganlar, bundan tashqari yana shayboniylar davrida 
qullar ham bo‘lgan. 
Shayboniylar davlati ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘lingan 
bo‘lib, boshqaruv tizimi markaziy va mahalliy amaldorlar qo‘lida bo‘lgan. 
Markaziy boshqaruvda xondan keyin ko‘kaldosh, otaliq, naqib, 
parvonachi, vaziri a’zam kabi mansabdorlar dunyoviy ishlarni boshqargan 
bo‘lsalar, shayx ul-islom, qozi kalon, a’lam, imom, sadr, muftiy, rayis 
(muhtasib)lar diniy ishlarni nazorat qilganlar hamda no‘yon, tug‘begi, 


246 
tovochi, jevachi, qutvol, dorug‘a, to‘pchiboshi kabi harbiy unvonlar 
bo‘lgan. Mahalliy boshqaruv hokim va beklar qo‘lida bo‘lib, bu jarayonda 
qozi, muftiy, rayislar muhim rol o‘ynaganlar. 
Muhammad Shayboniyxon, Ko‘chkinchixon va Ubaydullaxonlar 
o‘z davrining o‘qimishli kishilari bo‘lib, turkiy va forsiy tillarda ijod 
qilganlar. Abdulazizxon va Abdullaxon II larda katta kutubxona mavjud 
bo‘lgan. Bu davrda matematika, astronomiya, tibbiyot, tarix, adabiyot 
sohalarida ko‘zga ko‘rinarli ajoyib asarlar yaratilgan. Shayboniylar 
davrida qurilgan Mir Arab madrasasi (1535-1536), Masjidi Kalon (1540-
1541), Toqi Zargaron (1559), Toqi Sarrofon (1559), kabi inshootlar va 
Modarixon madrasalari hozirga qadar me’morchiligimizning ajoyib 
namunalari sifatida saqlanib turibdi. Shayboniylardan Abdullaxon II 
davrida markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo‘lida olib borilgan 
urushlar natijasida temuriylar davridagi ko‘pgina inshootlar vayron 
qilingan bo‘lsa, ikkinchi tomondan u ko‘plab rabot, sardoba, madrasa, 
masjid, ko‘prik, suv omborlarini qurdirib, mamlakat obodonchiligiga katta 
hissa qo‘shgan. 
Shayboniylar 
davlatidagi 
quyi 
tabaqa-mehnatkashlar 
bilan 
zodagonlar, mahalliy hokimiyat bilan markaziy hokimiyat o‘rtasidagi 
asosiy ziddiyatlar bu sulola hukmronligining inqirozga yuz tutishiga sabab 
bo‘ldi. Mamlakatni birlashtirish, markazlashgan hokimiyat qurish uchun 
kurashlarda Abdullaxon II shayboniyzodalarning ko‘pchiligini qatl qilgan 
bo‘lsa, uning o‘g‘li Abdulmo‘min o‘z mavqeini saqlab qolish uchun eng 
yaqin qarindoshlarini ham o‘ldirtirdi. Natijada 6 oy ham hokimiyatga ega 
bo‘la olmagan Abdulmo‘min vafotidan keyin mamlakatni idora qilishga 
layoqatli shayboniylardan biror kishi qolmadi. Ularning oxirgi hukmdori 
Pirmuhammad o‘z hukmronligini shayboniylar davlatining kichik bir 
bo‘lagida o‘rnatib, o‘zaro janglarda halok bo‘ldi. Bu vaziyatdan 
foydalangan Xorazm o‘z mustaqilligini tiklab oldi.
Eron shohi Abbos I Hirotni, Sabzavor va Mashhadni egalladi, qozoq 
sultonlari Toshkent va Samarqandni bosib olib, Buxoroni qamal qildilar. 
Ana shunday og‘ir sharoitda Buxoro zodagonlari Joni Muhammad Sulton 
(Jonibek)ni taxtga taklif qilib, 1601-yilda uning nomiga xutba o‘qitdilar 
va Jonimuhammadxon Buxoro xoni deb e’lon qilindi. Shu yildan boshlab 
Buxoro xonligida ashtarxoniylar nomini olgan sulola hukmronligi 
boshlanib, u 1753-yilgacha hokimiyatga mang‘itlar sulolasi chiqqunga 
qadar davom etdi. 
Ashtarxoniylar XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxan (Hoji 
Tarxon, Ashtarxon) atroflarida hukmronlik qilganlar. 1556-yilda rus 


247 
knyazlari Astraxanni bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammad 
Buxoroga kelib, Iskandar sultondan panoh topdi. Iskandar sulton qizi 
Zuhraxonimni Yormuhammadning o‘g‘li Jonibekka bergan. Jonibek 
sultonning 
Zuhraxonimdan 
uchta 
o‘g‘li 
(Dinmuhammad, 
Boqimuhammad, Valimuhammad) bo‘lgan.
Jonibek sulton Buxoro xoni deb e’lon qilingach, o‘g‘li 
Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Seyiston hukmdori 
bo‘lgan Dinmuhammad Hirot yaqinida safaviylar bilan bo‘lgan jangda 
halok bo‘ladi va taxtga Boqimuhammad (1601-1605) o‘tqazilib, ukasi 
Valimuhammad (1605-1611) voris deb e’lon qilinadi.
Boqimuhammad 
1602-yilda 
Balxni 
egalladi, 
1603-yilda 
eroniylarning Balxga hujumini qaytardi. 1604-yilda qozoq xoni 
Kelimuhammad qo‘shinlariga zarba berib, davlat hokimiyatini 
mustahkamlashga harakat qildi. Undan keyin taxtga ko‘tarilgan 
Valimuhammad o‘zi mustaqil harakat qilolmas, davlat ahamiyatiga molik 
masalalarni beklarning roziligi bilangina hal etar edi. Mustaqil 
boshqaruvga intilgan beklar xonga bo‘ysunmay qo‘yishgan. O‘zaro ichki 
kurash, tarafkashlik Valimuhammadga qarshi fitna uyushtirishga olib 
kelgan va buning natijasida Imomqulixon (1611-1642) taxtni egallagan 
edi.
Imomqulixon mahalliy beklarni bo‘ysundirish, Eron qo‘shinlariga 
zarba berishda qozoq sultonlari kuchlaridan foydalandi. Mamlakat 
hududlarini kengaytirgan Imomqulixon Toshkentga o‘g‘li Iskandar 
sultonni hokim qilib qo‘ydi, lekin 1613 yilda Iskandar zulmidan bezor 
bo‘lgan toshkentliklar isyon ko‘tardi, Iskandar o‘ldirildi. Imomqulixon bu 
xabarni eshitib, Toshkentga katta qo‘shin bilan kelib, isyonchilarni 
bostirdi va aholini qirg‘in qildi. U qozoqlar, qalmoq (jung‘or)lar, 
mo‘g‘ullar va qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. Bu 
Imomqulixonning mavqeyini mustahkamladi, xon hokimiyati kuchaydi. 
Uzoq vaqt hukmronlik qilgan Imomqulixon zodagonlarning qarshi 
chiqishlari va o‘zaro kurashlarini birmuncha vaqt to‘xtatishga muvaffaq 
bo‘ldi. Lekin urug‘ amirlarining ko‘pchiligi xon hokimiyatini tan olmas 
edilar. Ular ichki, hatto tashqi masalalarda ham to‘la mustaqil faoliyat olib 
borganlar. Bir necha yil Samarqandni boshqargan yirik yer egasi 
Yalangto‘shbiy shunday amirlardan biri edi. 
1642-1645-yillarda hukmronlik qilgan Nodirmuhammad mamlakat 
hududlarini 12 ta o‘g‘li va ikkita jiyaniga bo‘lib berib, ijtimoiy-siyosiy 
tarqoqlikni kuchaytirdi. Uning zodagonlar bilan kelisha olmasligi davlat 
asoslarining zaiflashuviga olib keldi. Natijada uning poytaxtda 


248 
yo‘qligidan foydalanib amirlar Abdulazizxon (1645-1680)ni xon deb 
e’lon qildilar. Nodirmuhammad Balx shahriga qochdi va Hindiston 
hukmdori Shohjahon (1628-1658)dan yordam so‘radi. Ammo, uning 
yordami muvaffaqiyatli bo‘lmadi. 
Abdulazizxon hukmronligi yillarida Xiva xonlari Abulg‘ozixon 
(1643-1663) va uning o‘g‘li Anushaxon (1663-1687) Buxoro hududlariga 
bir necha marta talonchilik yurishlarini amalga oshirdilar. Xorazmliklar 
1655-yilda Qorako‘l, Buxoro atroflarini, 1662-1663 yillarda Buxoro va 
Buxoro atroflariga hujum qilib, u yerlarni talon-taroj qildilar. Dushman 
qo‘shinlariga zarba berish, o‘zaro feodal urushlarni to‘xtatish imkonini 
topa olmagan Abdulazizxon taxtdan voz kechdi. Uning o‘rniga taxtga 
o‘tirgan ukasi Subhonqulixon (1680-1702) davrida ham Buxoro-Xiva 
munosabatlari murakkabligicha davom etdi. Ayniqsa, Samarqand 
amirlarining Xiva xoni Anushaxon hukmronligini tan olib, uning nomiga 
xutba o‘qitishlari ba’zi amirlarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Shunday 
vaziyatda Subhonqulixonni Mahmudbiy qatag‘on qo‘llab quvvatladi, 
samarqandliklar 
jazolandi. 
Shunga 
qaramay 
Buxoro 
va 
Xiva 
munosabatlari keskin bo‘lib qolaverdi. XVII asr oxiri XVIII asr 
boshlarida tinimsiz bo‘lib turgan o‘zaro kurashlar, siyosiy tartibsizliklar 
xalq 
ommasining 
ahvolini 
og‘irlashtirdi, 
soliqlar 
ko‘payib, 
poraxo‘rlikning avj olishi, boshboshdoqlik mamlakat xo‘jaligining 
vayrona holga kelib, izdan chiqishiga olib keldi. Shunday og‘ir vaziyatda 
vafot etgan Subhonqulixon o‘rniga Ubaydullaxon (1702-1711) taxtga 
o‘tirdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamlash, mustaqillikka intilgan 
bebosh amirlarni bo‘ysundirish, ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun 
tinimsiz urushlar olib bordi. Ubaydullaxon yirik zodagonlar, qabila 
boshliqlarining mavqeyini pasaytirish, siyosiy tarqoqlikni bartaraf etish 
maqsadida ularni markaziy hokimiyatdan chetlashtirdi, hatto diniy-siyosiy 
hokimiyatga katta ta’siri bo‘lgan Jo‘ybor shayxlarini soliq to‘lamaslik 
imtiyozidan mahrum etdi. Yana davlatni boshqarishga hunarmandlar va 
savdogarlarning bolalarini jalb qilib, o‘ziga ishonchli yangi amaldorlarni 
shakllantirishga harakat qilgan Ubaydullaxon faoliyati yuqori tabaqa 
vakillarining noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, 1708-yilda markaziy 
hokimiyatni kuchaytirish uchun o‘tkazgan pul islohoti aholining o‘rta 
tabaqasi orasida ham xonning ta’sirini ancha pasaytirdi. 
Ashtarxoniylar orasida nisbatan qat’iyatli, markaziy hokimiyatni 
mustahkamlash 
uchun 
bir 
necha 
tadbirlarni 
amalga 
oshirgan 
Ubaydullaxon davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik kuchaydi va uning 
o‘zi fitna qurboni bo‘ldi. Fitna ishtirokchisi bo‘lgan ukasi Abulfayzxon 


249 
(1711-1747) taxtga chiqarildi. Irodasi kuchsiz Abulfayzxon kuchli amirlar 
ta’siridagi qo‘g‘irchoq xon sifatida tarixda qoldi. U nomigagina xon 
bo‘lib, haqiqiy hokimiyat kuchli amirlar qo‘lida bo‘lgan. Ayniqsa, 
Abdullabiy, Ibrohimbiy, Muhammad Hakimbiylar davlat boshqaruvida 
katta ta’sirga ega bo‘lganlar. Abulfayzxon davrida siyosiy tarqoqlik 
g‘oyatda kuchayib, har bir viloyat amalda mustaqil boshqaruvga ega 
bo‘lgan hokimiyatga aylanib qolgan edi. Toshkent, Xo‘jand, Balx, 
Badaxshon, Shahrisabz, Hisor va uning atrofidagi yerlar Buxoroga 
bo‘ysunmagandi. Bu porakandalik markaziy hokimiyatda yuqori mavqega 
ega bo‘lishga intilgan biylar o‘rtasidagi kurash sababli ro‘y bergan edi. Bu 
kurashda Shahrisabz hokimi kenagas Ibrohimbiy bilan barcha shahzodalar 
otaliqlarining boshlig‘i bo‘lgan mang‘it urug‘idan chiqqan Muhammad 
Hakimbiylar katta rol o‘ynadilar. 
Ibrohimbiy Samarqand poytaxti bo‘lgan mustaqil davlat tuzish 
maqsadida qarindoshi Rajab Sultonni Samarqand hokimi deb e’lon qildi 
va Buxoroga qarshi yurish qildi. Biylarning o‘zboshimchaligiga qarshi 
qat’iyat bilan kurashayotgan Muhammad Hakimbiy to‘qnashuvda 
mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham, Buxoro ahlining qattiq qarshiligi 
sababli Rajab Sulton shaharni egallab ololmadi. 
Buxoro xonligidagi porakandalik, o‘zaro urushlar 1736-yilda 
Eronda hokimiyatni egallab, mustahkamlanib olgan Nodirshoh Afshar 
(1736-1747) e’tiboridan chetda qolmadi va u Buxoro va Xiva xonlarini 
o‘ziga bo‘ysundirish harakatini boshladi. 1740 yilda Eron hukmdori 
Buxoroga qo‘shin tortganda Abulfayzxon og‘ir shartlarga ko‘nib, sulh 
tuzishga majbur bo‘ldi va Nodirshoh hokimiyatini tan oldi. 
Abulfayzxonning Eronga qaramligini tan olish bilan Ashtarxoniylarning 
mustaqil hukmronligi tugadi. Mamlakat boshqaruvi 1743-yilgacha 
Muhammad Hakimbiy, uning vafotidan keyin Muhammad Rahimbiy 
qo‘lida bo‘ldi. 1747-yilda Nodirshoh vafoti bilan Abulfayzxon o‘ldirildi, 
uning vorislari Abdulmo‘min (1747-1748), Ubaydulla III (1748-1756) 
nomigagina xon deb e’lon qilinib, davlat hokimiyati amalda Muhammad 
Rahimbiy asos solgan mang‘itlar sulolasi qo‘liga o‘tdi. Chingizxon 
avlodiga mansub bo‘lmagan Muhammad Rahim 1753-yilda o‘z nomiga 
xutba o‘qittirib, o‘zini amir deb atadi. Mang‘itlar sulolasining 1920-
yilgacha hukmronlik qilgan davri tarixda shuning uchun ham Buxoro 
amirligi deb ataldi. 
Ashtarxoniylar davrida Movaraunnahr siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
sohalarda inqirozga yuz tutib, uchta mustaqil davlatning shakllanishi bilan 
izohlanadi. O‘zaro urushlar va chet el bosqinchilarining hujumi mamlakat 


250 
iqtisodiy hayotini to‘la izdan chiqardi. Suv inshootlari qarovsiz qolib, 
ko‘pgina ekin ekiladigan yerlar izdan chiqdi. Bu mamlakat iqtisodiy, 
ijtimoiy hayotida og‘ir holatni keltirib chiqardi. 
Siyosiy hayotda shayboniylar davridagi davlat tuzumi asosan 
o‘zgarmagan bo‘lsa ham, boshqaruvda otaliqlar va dindorlarning mavqei 
oshib, mamlakat siyosiy hayotini hal qilish ularning qo‘liga o‘tgan edi. Bu 
ijtimoiy tuzumga ta’sir qilib, xon va uning amaldorlari harbiy-ma’muriy 
amaldorlar, urug‘ boshliqlari, yirik ulamolar fikri bilan hisoblashishga 
majbur bo‘lardilar. 
Harbiy sohada islohotlarning amalga oshirilmaganligi zamonaviy 
harbiy texnikaga e’tibor berilmaganligi qo‘shinning salohiyatini 
pasaytirib, shayboniylar davrida Buxoroga qaram yerlarning qo‘ldan 
chiqib ketishiga va hatto ashtarxoniylarning butunlay o‘z mustaqilliklarini 
yo‘qotishlariga sabab bo‘ldi. 
Tinimsiz olib borilgan urushlar qishloq xo‘jaligi kabi shahar 
hayotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Sayido Nasafiy Buxoroda 200 xildan 
ortiq hunarmandchilik sohalari mavjud edi deb ma’lumot bersa-da, ular 
juda tor doirada bo‘lib mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilashga sezilarli 
ta’sir ko‘rsata olmadi. Ubaydullaxon davrida o‘tkazilgan pul islohoti 
savdogarlar 
va 
hunarmandlarning 
noroziligiga 
sabab 
bo‘ldi. 
Hunarmandchilik sohasidagi yetakchi tarmoqlar to‘qimachilik va 
kulolchilik edi. Mamlakat iqtisodida dehqonchilik va chorvachilik 
yetakchi soha sifatida bu davrda ham o‘z mavqeini saqlab qoldi. Xalq 
xo‘jaligining bu sohalaridagi mahsulotlarning turli-tumanliligi ichki 
savdoga yo‘l ochib bergan bo‘lsa, tashqi savdodan keladigan katta foyda 
chet mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqani rivojlantirib xon va uning 
amaldorlarini rag‘batlantirar edi. XVI-XVII asrlardan boshlab Buxoro 
xonligida Rossiya va uning turli shaharlari bilan savdo aloqalari kuchayib 
bordi. Shu bilan birga qo‘shni mamlakatlar Hindiston, Eron, Qashqar 
hamda uzoq Turkiya mamlakatlari bilan ham savdo aloqalari olib borildi. 
Ashtarxoniylar davridagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi 
tanazzul madaniy hayotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Dindorlar 
mavqeining kuchayishi aniq fanlarga nisbatan e’tiborni pasaytirdi. XVII 
asrda Buxoro xonligida 150 dan ortiq madrasa faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-
da, ularda zamon taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatish darajasidagi allomalar 
yetishib chiqqani yo‘q. Bu dunyoviy ilmlar sohasida umuman ish 
qilinmadi degani emas. Matematika, astronomiya, ayniqsa tibbiyot, 
tarixnavislik va adabiyot sohasida bir qancha yangi asarlar yaratildiki, 
bular XVII asr va XVIII asr birinchi yarmidagi o‘zbek halqi ma’naviy 


251 
merosining buyuk namunalari sifatida qayd etiladi. Boboxo‘ja ibn Xoja 
Orif Samarqandiy, Mullo Tursun Faroyiziy Samarqandiylar falakiyot 
sohasida, Subhonqulixonning “Lubb ul-lavoyih ul-qamar fil-ixtiyorot”, 
“Ihyo at-tabibi Subhoniy”, Sa’id Muhammad Tohir ibn Abulqosimning 
“Ajoyib ul-tabqot” asarlari shu davrdagi ko‘zga ko‘ringan asarlar sirasiga 
kiradi. 
Ashtarxoniylar davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti 
haqida ma’lumot beruvchi Mirzo Sodiq Munshiyning “Dahmay shohon” 
majmuasi, Muhammad Balhiyning “Subhonqulinoma” masnaviysi, 
Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad ibn 
Muhammad Zamon Buxoriyning “Muhit ut-tavorix”, Abdurahmon 
Tole’ning “Abulfayzxon tarixi”, Muhammad Yusuf munshiyning 
“Muqimxon tarixi” va boshqa asarlar shu davr madaniy hayotining ajoyib 
namunalaridir. 
Bu davrda Turdi Farog‘iy (XVII asr), Boborahim Mashrab (1640-
1711), So‘fi Olloyor (1644-1723), Mirzo Abdulqodir Bedil kabi 
ijodkorlarimiz o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa 
qo‘shdilar. Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asari 
Subhonqulixon davri davlatchiligi tarixi va tuzumi haqida ma’lumot 
bersa, Mutribiyning “ Tazkirat ush-shuaro”, Maleho Samarqandiyning 
“Muzakkir ul-as’hob”, mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ush-shuaro” 
kabi tazkiralari davr ilmiy muhiti va ijodkorlari haqidagi asarlardir. 
Ularda 200 ga yaqin ijodkorlar hayoti va ijodi haqida fikr yuritiladi. 
Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi va Nodir devonbegi 
tomonidan qurilgan Labi Hovuz me’moriy majmuasi, Samarqand 
registoniga Yalangto‘shbiy qurdirgan Sherdor va Tillakori madrasalari, 
Qarshidagi Yormuhammadbiy va Ho‘ja Qurbonbiy madrasalari, 
Shahrisabz 
vohasidagi 
Xo‘ja 
Ilimkon 
me’moriy 
majmualari 
ashtarxoniylar davri me’morchiligining yuksak namunalaridir. Markaziy 
hokimiyatning zaiflashuvi, o‘zaro urushlar, siyosiy porakandalik bilan 
izohlanuvchi ashtarxoniylar davrida tarixnavislik, adabiyot, me’morchilik 
sohasida qo‘lga kiritilgan bu yutuqlar, ijobiy siljishlar, mehnatkash 
xalqimizning 
bunyodkorlik, 
yaratuvchanlik 
xislatlarining 
buyuk 
ko‘rinishidir. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish