Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

 
“Avesto”. Madaniy hayot 
 
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri 
O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar va qabilalar orasida keng tarqalgan va 
asosiy din zardo‘shtiylik edi. Bu diniy ta’limotning asoschisi Zaratushtra 
va bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” haqidagi bahs va munozaralar 
tadqiqotchilar orasida hozirgacha davom etmoqda. 
Zaratushtra (o‘rta fors tilida “oltin tuyali”, “oltin tuya yetaklagan 
odam”) tarixiy shaxs bo‘lib, Spitama avlodidan kelib chiqqan. 
Zaratushtraning otasi Pourushasp qohinlar avlodidan bo‘lgan. Zaratushtra 
tug‘ilgan joy haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning tug‘ilgan yilini 
tadqiqotchilar keng sanalar bilan (mil. avv. 1500-1000 yillardan boshlab, 
mil. avv. VII-VI asrlargacha) bog‘laydilar. Sosoniylar davri (III-VII asr) 
zardo‘shtiylar an’analariga e’tibor beradigan bo‘lsak, Zaratushtraning 
hayoti mil. avv. VII-VI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik 
tadqiqotchilar bu sanani to‘g‘ri deb hisoblaydilar. 
Zaratushtra tug‘ilgan joy hamda “Avesto” paydo bo‘lgan hudud 
haqida ham olimlar orasida yagona fikr yo‘q. Bir guruh olimlar 
Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon, yana bir guruh qadimgi Baqtriyada, 
boshqa guruh olimlar Xorazmda va Eronda tug‘ilib faoliyat ko‘rsatgan va 
“Avesto” ham shu hududlarda paydo bo‘lgan deb hisoblaydilar. 
Zaratushtraning yangi ta’limoti o‘z vatanida tarafdorlarini 
topmaganligi sababli u o‘z yurtidan ketishga majbur bo‘lgan. Zaratushtra 
diniy ta’limotini birinchi bo‘lib qabul qilgan tarafdorlar qadimgi Baqtriya 
podshosi 
Kavi 
Vishtasp, 
malika 
Xutaosa 
va ularning 
yaqin 
qarindoshlaridir. Zaratushtra o‘z g‘oyalarida qonli qurbonlik qilishni 
qat’iyan qoralaydi. U yana shuni ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli 
bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q. 
Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan davr O‘rta Osiyo 
va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. Ibtidoiy jamoa 
munosabatlari o‘zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda 
edi. Yangi din esa bu o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib, tug‘ilayotgan sinfiy 
jamiyatga xizmat qilar edi. U birlashishga va kuchli markazlashgan 


77 
hokimiyat tuzishga, o‘sha davrda o‘troq dehqonchilik bilan 
shug‘ullanuvchi vodiy aholisi uchun “xudoning qamchisi (tig‘i)” 
hisoblangan ko‘chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi. 
Zardo‘shtiylarning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning 
kurashiga asoslangan. Bu kurash yorug‘lik, yaxshilik kuchlari xudosi 
Axuramazda, qora va zulmat kuchlari xudosi Axriman o‘rtasida boshlanib 
jamiyat va insonlar orasida davom etgan. 
Zaratushtra ta’limotiga ko‘ra jamiyat yaxshilik va yomonlikdan 
iborat. Shuningdek, bu ta’limotga ko‘ra insonlar hayotining asosiy 
mazmuni 
doimo 
xayrli 
ishlar 
qilish, 
bir-biriga 
mehr-oqibatli, 
xushmuomala bo‘lish va olijanob fazilatlardan iborat. Zardo‘shtiylarda 
to‘rt unsur - olov, yer, suv va havo muqaddas hisoblangan va ular doimo 
ardoqlanib kelingan. 
Zardo‘shtiylar o‘limni dunyoda, jamiyat taraqqiyotida eng yovuz 
narsa deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham ular muqaddas yerga o‘likni 
ko‘mmaganlar hamda o‘ziga xos ko‘mish marosimlariga amal qilganlar. 
O‘likni (odam, hayvon) yerga ko‘mish qattiq jazolangan. Zardo‘shtiylar 
o‘likni maxsus joylarda saqlab, hayvonlar va qushlar ular suyaklarini 
tozalaganidan so‘ng tozalangan suyaklarni tosh, loy yoki ohakdan 
yasalgan maxsus “astadon” (“ossuariy”)larga dafn etganlar. 
Zaratushtra dini vaqt o‘tishi bilan asta-sekin, eron tiliga mansub 
xalqlar o‘rtasida tarqalar ekan o‘z asosini saqlagan holda biroz o‘zgaradi. 
Axuramazda va Axrimandan tashqari “Avesto” bir qator boshqa xudolar - 
Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabi ulug‘ xudolar faoliyati 
haqida ham hikoya qiladi. 
Zardo‘shtiylik Sosoniylar davrida (mil. III-VII asrlar) uzil-kesil 
rasmiylashgan. Bu davrda zardo‘shtiylik adabiyoti ham keng tarqaldi. 
Dastlabki paytlarda zardo‘shtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlarga 
og‘zaki yetkazilgan va Zaratushtra o‘limidan so‘ng bir necha asr o‘tgach 
ma’lumotlar to‘planib yagona matn yozilgan. “Avesto” shu tariqa yuzaga 
kelgan. Bir qator olimlar zardo‘shtiylik aqidalariga tayanib “Avesto”ni ilk 
sosoniylar (III-IV asrlar) davriga bog‘lasalarda, shunga qaramay uning 
birinchi tahriri mil. avv. I asrda bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. “Avesto” 
(“Asos”, “Asosiy matn”) jumlasi ham o‘sha paytda paydo bo‘ladi. 
Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri 
O‘rta Osiyo hududlarida madaniy hayot, milliy urf-odatlar, an’analarning 
rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin. Shunday an’analardan biri 
Navro‘z bayramidir. 


78 
Navro‘z qadim avlodlarimizdan bizgacha yetib kelgan muqaddas 
urf-odatlardan bo‘lib, uni bayram qilish O‘rta Sharq va O‘rta Osiyoda 
qadimdayoq rasm bo‘lgan. Asrlar o‘tishi bilan Navro‘z bilan bog‘liq 
an’analar xalqlar va elatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning 
rivojlanishi zaminida keng yoyila borib, ko‘p o‘lkalarning an’anaviy 
milliy bayramiga aylandi. 
Narshaxiyning ma’lumot berishicha, “Navro‘z - Yangi yil bayramini 
o‘tkazish” an’analari boshlanganiga uch ming yildan o‘tgan. Ingliz 
olimasi M.Boys fikricha, zardo‘shtiylarda “olov hamda ezgulik homiysi 
Asha Vahishta sharafiga bahoriy udum - Navro‘zni o‘tkazish an’anasi 
paydo bo‘lgan”. Beruniyning yozishicha, “Navro‘z yangi yilning birinchi 
kuni bo‘lib, uning forscha nomi ham shu ma’noni taqozo etadi. 
Yeronliklar o‘tmish zamonlarda yillarni qabisali oylarga bo‘lishgan. Bu 
vaqt quyoshninng Saraton burjiga kirish paytiga to‘g‘ri kelar edi. So‘ngra 
u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo‘ldi. Endi u butun yil unga 
xizmat qiladigan bir vaqtda, ya’ni, bahor yomg‘irining birinchi tomchisi 
tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha 
o‘simlik unib chiqa boshlashidan takomillashguncha davom etgan vaqtda 
keladi. Shuning uchun Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil 
qilingan.” 
Demak, Navro‘z 3-3,5 ming yillar ilgari paydo bo‘lgan bo‘lib, asrlar 
davomida yangicha qarashlar va an’analar bilan boyib bordi. Shu bilan 
birga uning tarkibida ajdodlarimining qadimgi mifologik tasavvurlari va 
hayot tarzi bilan aloqador marosim va urf-odatlar ham saqlanib qoldi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish