Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Yunon-Baqtriya
davlatining
salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining 
qo‘zg‘oloni xususiyatiga ega bo‘lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-
Baqtriya davlati paydo bo‘lgan turli sanalarni belgilaydilar (mil. avv. 256, 
250, 248 va 246-245-yy.). Bu davlatning asosi Baqtriya bo‘lib, ba’zi 
hokimlar davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning 
shimoli-g‘arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta yerlar 
qo‘shib olinadi. 
Ko‘pchilik 
tadqiqotchilarning 
fikricha, 
Yunon-Baqtriya 
mulklarining chegaralari doimiy mustahkam bo‘lmasdan harbiy-siyosiy 
sharoitdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. Mil. avv. III asrning oxirlari O‘rta 
Osiyoning janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumotlar 
beradi. Uning yozishicha, salavkiylar tomonidan Baqtrada qamal qilingan 
Yevtidem (Yunon-Baqtriya hukmdori) ularning hukmdori Antiox III ga 
“chegarada ko‘chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o‘tadigan 
bo‘lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi mumkinligini” 
bildiradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Polibiy ma’lumot bergan 
ko‘chmanchilar mil. avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar 
deyarli butun So‘g‘dni egallagan bo‘lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya 
mulklarining vaqtinchalik shimoliy chegarasi bo‘lib qoladi. Shuningdek, 
G‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari ham shimoliy chegaralar bo‘lgan bo‘lishi 
mumkin. 
Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III 
asrning ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri 
keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin 
(pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorobog‘tepa, Kampirtepa kabi 
yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va 
jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga 
pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi. 
Yunon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo‘lib, hokimiyatni 
podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib bu 
viloyat hokimlari podshoga bo‘ysunar edilar. Ba’zi tadqiqotchilar So‘g‘d 
va Farg‘ona ham Yunon-Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu 
davlatning chegaralari Amudaryodan nariga o‘tmagan deydilar. So‘nggi 
yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko‘plab 
arxeologik topilmalar Amudaryoning o‘ng va so‘l qirg‘og‘i aholisining 


86 
mil.avv. III-II asrlardagi o‘zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu 
yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi. 
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda mil. avv. 250-140/130 yillar 
davomida Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, 
bu davrda Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Geliokl kabi podsholar 
hokimiyatni boshqarganlar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib 
ko‘chmanchilar zarbalari ostida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga 
uchradi. 
Yaqin va O‘rta Sharqning turli davlatlari, jumladan O‘rta Osiyo 
hududlarida katta xronologik davr yunon-makedon sulolalari siyosiy 
hukmronligi davri sifatida izohlanib fanda bu davr-

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish