66
Inson matorikasini issiq iqlim sharoitida rivojlantirishda
tizim tashkil etuvchi
omilning strukturaviy komponentlarini quyidagilar tashkil etadi:
1) optimal jismoniy yuklama; 2) jismoniy mashqlarning uyg„unligi; 3)
organizmning harakat, issiqlik va nur moslashishining birligi; 4)
mashqlar yuklamasi
jarayonida va jismoniy mashqlar bilan shug„ullanuvchilar turmush rejimi tiklovchi va
stimulyasiyalovchi vositalar tizimi; 5) sog„lomlashtirish tadbirlari tizimi; 6)
organizmning salomatligi dinamikasi va funksional statusi haqida joriy tibbiy-biologik
va dispanser ma‟lumotlar asosida jismoniy rivojlantirish vositalarini o„z
vaqtida
korreksiyalash.
Etarlicha shug„ullanmagan va moslashgan organizmlarning funksional tizimida
o„zgarishlar ro„y bermasligi uchun jismoniy mashg„ulotlar va musobaqalarni kunning
issiq qismida (30 gradusdan ortiq temperatura) o„tkazmaslikni tavsiya etadi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug„ullanuvchi shaxslarda fasllar
o„zgarishining ta‟siri silliq kechadi. Funksional o„zgarishlar xususiyatlari rivojlantirish
vositalarini yil fasllariga qarab tanlash uchun asos bo„lib xizmat qiladi.
Organizmda ko„p issiqlik yo„qotish ayniqsa, yanvar oyida ko„proq qayd etiladi.
Manfiy qiymatlardan musbatga o„tish
aprel oyining birinchi yarmida, musbat
qiymatlardan manfiyga o„tish esa oktyabr oxiri va noyabr boshlarida tugallanadi.
Aprel, oktyabr oylari issiqlik darajasi qulay vaqtdir.
Inson issiqligi ko„rsatkichlarining sutkalik o„zgarishi ham yil fasllariga bog„liq:
yozda va kuz faslining boshida biotermik ko„rsatkichlar sutkada kam o„zgaradi, qishda
va bahorning dastlabki ikki oyida biotermik ko„rsatkichlarning sutkalik o„zgarishi
yuqori bo„ladi. Bu esa qishda va o„tish fasllarida shamollash kasalliklarining
ko„payishiga olib keladi
Eng qulay oylar aprel va oktyabr.
Sog„lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyani rejalashtirishda
quyidagi holatlarni
e‟tiborga olish lozim:
1.
Jismoniy
tarbiya
va
sportda
yuklamaga
jismoniy
mashqlarning
shug„ullanuvchilar organizmiga ta‟siri sifatida qaraladi. Parametrlari (mashqlarning
kattaligi, yo„nalishi, tuzilishi)ga binoan jismoniy yuklama organizmga turlicha ta‟sir
ko„rsatadi:
- rivojlantiruvchi yuklama, harakat sifatlari va jismoniy ish qobiliyati darajasini
o„stirish;
- qo„llab-quvvatlovchi yuklama, ish qobiliyatini muayyan darajada ushlab turish;
- reabilitatsion yuklama, charchoqdan so„ng ish qobiliyatini tiklash;
- ta‟lim beruvchi yuklama, harakat bilim va ko„nikmalarini egallash.
2. Talabalar jismoniy tarbiyasida, asosan, ta‟lim beruvchi yuklama qo„llaniladi va
u harakat ko„nikmalarini shakllantirish, harakatlarni bosh qarish va jismoniy sifatlarga
rivojlantiruvchi ta‟sir ko„rsatishga yo„naltirilgan.
3. Sog„lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya
mash qlariga gavda tuzilishi, jismoniy
rivojlanishni yaxshilash,
nafas olish, yurak- qon, asab tizimlarini takomillashtirish
kasalliklarning oldini olish aqliy va jismoniy ish qobiliyatini o„stirish,
turli zararli
ta‟sirlarga qarshi kurashuvchanligini ta‟minlashga qaratishiz lozim.
4. Inson jismoniy holatiga energiyaning sarflanishi jihatdan ta‟siriga qarab sport
turlari klassifi-katsiyasini ishlab chiqdilar. Qizlar uchun jadallikdagi aerobika raqslari,
67
badminton o„yini, yigitlar uchun - atletik gimnastika, sog„lomlashtiruvchi
yugurish,
sport o„yinlari.
5. Gidrometmarkazining ko„p yillik ma‟lumotlari sog„lomlashtiruvchi jismoniy
tarbiya mashg„ulotlarini ochiq havoda o„tkazish (dekabr - 2,9 , yanvar - 0,4, fevral -
4,2 dan tashqari) kerakligi haqida xulosa qilish imkonini beradi. Bu organizmning tash
qi
muhit zararli omillariga, ayniqsa kuzgi-qishki davrda, qarshi kurashuvchanligini
oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: