Talabalarni jismoniy tarbiya qilishda yuklamalarni me‟yorlash.
Jismoniy tarbiya ta‟lim-tarbiyaviy va sog„lomlashtirish jarayonlarining ajralmas
qismidir. Jismoniy mashqlarni me‟yorlash odam salomatligini rivojlantirish
masalalarini hal qilish shartlaridan biridir.
Harakat faolligini me‟yorlash muammosi muhim ahamiyatga ega, chunki oxirgi
paytda yoshlarda o„sib borayotgan gipodinimiya sezilmoqda. Bu o„quv mashg„ulotlar
hajmining nafaqat auditoriyada, balki uyda ham kattaligi bilan bog„liqdir. Natijada
salomatligi qoniqarsiz, ortiqcha vaznga ega, turli kasalliklarga moyil, qomati buzilgan,
ko„zi yaxshi ko„rmaydigan, ruhiyati tushkun talabalar foizi oshib bormoqda.
YOshlar salomatligini asrash va jismoniy sifatlar darajasini ko„tarish uchun
minimum 2,5 ming kkal energiyani sarflaydigan harakat rejimi zarur, bu ko„rsatkich
deyarli 600 motorli kkalni tashkil etadi.
O„smirlar harakat rejimidaga etishmoachilikning salbiy ta‟siri ushbu yoshga xos
bo„lgan akseleratsiya xolati bilan murakkablashadi. Jismoniy tarbiya me‟yorlarining
noadekvatligi organizmning o„sishi va rivojlanishiga yoki yuklamaga qarab orqaga
qolishiga yordam beradi.
Haftalik harakat rejimi tavsiya etiladi:
Erkaklar uchun sog„lomlashtiruvchi yugurish - 15-17 km, to„sinda tortilish - 70-
80 marta, gavdani oldinga engashtirish - 90-120 marta;
Ayollar uchun - sog„lomlashtiruvchi yugurish - 12-14 km, turgan joyda arqonda
sakrash - 350 marta, yotgan joydan gavdani ko„tarish, qo„llar bosh orqasida, oyoqlar
jipslashtirilgan - 100-120 marta, o„rta tezlikda yurish -21-36 km.
Harakat faoliyatini quyidagi uch kategoriyaga bo„lishni taklif etamiz:
- lokal ish: uni bajarishda 30% mushaklar uncha ko„p energiya sarflamasdan
ishtirok etadilar.
- regonal ish: uni bajarishda 50 % mushaklar o„rtacha energiya sarflab ishtirok
etadilar
- global ish: 70 % kam bo„lmagan mushaklar ancha energiya sarf qilib ishtirok
etadilar.
Dastlabki ikki kategoriya aniq sog„lomlashtiruvchi samaraga ega emas. Faqat
global harakatli faoliyat salomatlikni mustahkamlashaga yordam beradi. Ularning
bajarilishi yurak - qon, nafas olish tizimining jadal faoliyati va ko„p energiya
sarflanishi bilan bog„liq.
CHidamlilik rivojlanishi bilan bog„liq jismoniy yuklamalar qon aylanish organlari
kasalliklarining rivojlanishi havfini ancha kamaytiradi. Semizlikda tana vaznini
me‟yorlashtirish uchun muntazam, uzoq davom etuvchi jismoniy yuklamalardan (1-1,5
soat davomida sekin yugurish, su-zish, chang„ida yurish, velosiped haydash)
foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |