Xalqaro menejment



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/67
Sana24.09.2022
Hajmi1,36 Mb.
#850098
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

Tayanch iboralar: 
repatriatsiya muammolari, mehnat bozoridagi tafovutlar, 
optimal texnologiyalar, xalqaro kompaniyada mehnatga haq to’lash, ekspatriantlar 
mehnati. 
Nazorat savollari: 
1. Xodimlar xizmat safaridan qaytganidan so’ng qanday muammolar kelib 
chiqishi mumkin? 
2. Xalqaro kompaniyada mehnatga haq to’lash qanday xususiyatlarga ega? 
3. Nima uchun mehnat bozoridagi tafovutlarni hisobga olish zarur?
4. Milliy va xalqaro darajalarda inson resurslarini boshqarish xususiyatlari 
qanday farqlarga ega? 
5. Xorijiy filial boshqaruvchisini tayinlashda qanday qiyinchiliklar mavjud? 
6. Mahalliy boshqarish xodimlaridan foydalanish qanday ijobiy va salbiy 
tomonlarga ega? 
7. Ekspatriantlar deganda kimlar nazarda tutiladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


102 
10 - BOB. XALQARO BIZNES ETIKASI VA XALQARO ALOQALAR 
MENEJERIGA QO’YILADIGAN TALABLAR 
 
10.1. Global menejer uchun etikaning ahamiyati 
 
Global menejer uchun turli mamlakatlar va qit’alar sharoitida mehnat
qilish bilan bog’liq bo’lgan ahloq, ma’naviy talablar va me’yorlarning
umuminsoniy xarakterini tushunish ichki milliy va xalqaro nizolarning oldini
olishga yordam beradi. Bunday ziddiyatlar ehtimoli kompaniya boshqaruvchisiga
nisbatan xalqaro menejer uchun yuqoriroq hisoblanadi. 
Xalqaro menejerning o’z kundalik faoliyatida duch keladigan davlatlar
o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy tafovutlar ko’pincha sayyoramizda yashovchi
etnik guruhlarning ijtimoiy-madaniy rivojlanishidagi farqlarning natijasi
ekanligiga ishonch hosil qiladi. Bu tafovutlar menejment uslubiga, ishlab
chiqarish va sotishni tashkil etishga, mahalliy mutaxassislar bilan ishlab
chiqarish munosabatlariga va pirovardida qabul qiluvchi mamlakatda mehnat
unumdorligi va xalqaro kompaniya xorijiy filiali haqidagi ommaviy fikrga
bevosita ta’sir etadi.
Ziddiyatlar xalqaro menejerning bir tomondan qabul qiluvchi mamlakat
ijtimoiy fikrini inkor etib, faqat iqtisodiy yutuqka erishishga qaratilgan faoliyat
yuritganda, boshqa tomondan esa, ko’p sonli shaxslar guruhlarini o’z
faoliyatining to’g’riligi, foydaliligi yoki hech bo’lmaganda zararsiz ekanligiga
ishontira olmaganda vujudga keladi. Bunday guruhlarga masalan, qabul qiluvchi
mamlakatda xalqaro kompaniyaning filiali ishchi va xizmatchilari, mahalliy 
hissadorlar, hukumat mansabdorlari, tegishli kasaba uyushmalar rahbariyati va
hokazolar kiradi. Menejer va ular o’rtasida ba’zan maxsus mahalliy qonunchilik
yordamida hal qilish mumkin bo’lmagan baxsli ziddiyatlar vujudga keladi. 
Bu holda global menejer jamiyat oldidagi o’z ma’suliyatini anglashi va
har qanday yo’l bilan foyda olish prinsipini cheklash yo’li bilan o’z xatti-
harakatlarini ahloqiy jixatdan qoralanishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Bu foyda olish
prinsipini umuman inkor etishni emas, balki qabul qiluvchi mamlakatdagi
mavjud ijtimoiy me’yorlarni buzishga olib kelganda, iqtisodiy samaradorlik
mantiqi bilan rivojlanayotgan taraqqiyot kishilar uchun havf-xatar manbaiga
aylangan holda uni cheklashni nazarda tutadi. 
Ahloqiy me’yorlar korxona rahbarining xatti-harakatlarini ma’lum
darajada, jumladan, xalqaro menejer nuqtai nazaridan iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq bo’lgan tadbirlar kishilar, atrof-muhit uchun havf-xatar
tug’dirishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda ham cheklaydi. Bu qarashlarga global
menejer faoliyatida ustunlik berilishi kerak, chunki qabul qiluvchi
mamlakatlarda xorijiy va qo’shma korxonalar tobora ko’proq darajada
jamoatchilikning kuchli e’tibori ostida amal qilmoqda. 
Xalqaro menejerning ahloqiy jihatdan qo’pol xatolariga quyidagilarni
kiritish mumkin: 
- qabul qiluvchi mamlakatlarda ishbilarmonlik muhiti va madaniy
hayot xususiyatlarini o’rganishni inkor etish; 


103 
- xorijiy faoliyat natijalarini oshirib kutish; 
- chet ellik sheriklar bilan o’zaro tushunishga erishishga intilmaslik; 
- chet ellik sheriklar bilan muntazam muloqot qilmaslik, shu jumladan,
ular bilan iliq shaxsiy munosabatlar ahamiyatini yetarli baholamaslik; 
-vujudga kelgan muammolar va kelishmovchiliklarning sabablarini yaxshi 
o’rganmasdan turib, chet ellik sheriklar bilan munosabatni uzish. 
Jahon iqtisodiyotining zamonaviy bosqichida global menejer malakasi 
iqtisodiy va texnik bilimlardan tashqari ijtimoiy sohadagi bilimlar va muloqotga 
kirishuvchanligini ham o’z ichiga olishi kerak. Ziddiyatlar vujudga kelganda tinchlik 
o’rnatilishini kifoya deb biluvchi an’analar eskirib qoldi. Hozirgi vaqtda xalqaro 
menejer duch keladigan muammolarning hal qilinishi bundan manfaatdor bo’lgan 
barcha shaxslar va huquq sub’ektlari o’rtasida kelishuvga, ya’ni 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish