Xalqaro menejment


 Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qabul qiluvchi mamlakatning



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/67
Sana24.09.2022
Hajmi1,36 Mb.
#850098
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
Bog'liq
xqvc6y4FNemWk4VrcthXS69P2hMaMWsSTmr087wi

2.3. Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qabul qiluvchi mamlakatning 
sharoitlariga moslashtirish bo’yicha chora-tadbirlar 
 
Hozirgi davrda texnologiya va uskunalarni import qilmaydigan mamlakat yo’q, 
chunki hech bir davlat o’z sanoati uchun barcha turdagi mashina, uskuna va texnikani 
ishlab chiqarishga qodir emas. Bu O’zbekistonga ham taaluqli, bizning oldimizda eng 
yangi xorijiy texnologiya va uskunalarni jalb qilish orqali butun milliy moddiy-
texnika bazani zamonaviylashtirish vazifasi turibdi. 
Xorijiy texnologiya va uskunalarni qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga 
moslashtirish muammolarini o’rganish bilan ko’pgina tadqiqot markazlari 
shug’ullanadi. Angliya Iqtisodiyot institutining olimlari shunday xulosaga keldilarki, 
import texnologiya va uskunalarni muvaffaqiyatli va o’z vaqtida o’zlashtirishning 
asosiy sharti bo’lib oldindan zaruriy texnik-iqtisodiy tadbirlarni o’tkazish 
hisoblanadi. 
Zamonaviy 
texnologiya 
va 
uskunalarni 
import 
qiluvchi 
kompaniyalarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, agregatlar va elektron-hisoblash 
tizimlarini yetkazib beruvchilarga qo’yiladigan talablar maksimal mehnat 
unumdorligini, tejamkorlikni ta’minlashga, ekologik me’yorlar va standartlarga rioya 
qilishga asoslanishi lozim. 


20 
Xususan, yetkazib beriladigan uskunalarning texnik xarakteristikalari 
quyidagilarni ta’minlashi kerak: davomli to’xtovsiz ekspluatatsiya (amortizatsiya 
me’yorlarini kiritish ko’p davlatlarning sanoat siyosatlarining tarkibiy qismiga 
aylanmoqda); qayta ishlash rejimlarini elektron-hisoblash tizimlari yordamida 
optimallashtirish yo’li bilan jadal texnologik jarayonlarni qo’llash orqali mehnat 
unumdorligini oshirish; minimal chiqindilarning miqdori; sarflanadigan materiallarni 
keyinchalik ishlatish va ishlab chiqarish chiqindilarini to’la ishlatiluvchi texnologik 
jarayonlarni qo’llash imkoniyati; ma’naviy eskirgan uskunalarning turlariga nisbatan 
mahsulot birligiga energiya va xomashyo sarfini qisqartirish; ishlab chiqarish 
maydonlarini qisqartirish lozim. 
Bundan tashqari uzoqni ko’ruvchi importerlar xarid qilinayotgan texnologiya 
va uskunalarga quyidagi talablarni qo’yadi: 
1.Texnologik jarayonlar sanoati rivojlangan mamlakatlarning zavodlarida 
patentlangan va sinalgan bo’lishi kerak. 
2.Uzatilayotgan texnologiyalar mahalliy sharoitlar, xususan mahalliy 
xomashyo resurslariga moslashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari 
importer xarid qilingan texnologiya va uskunalarni keyinchalik takomillashtirish 
imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. 
3.Ishlab chiqarish xarajatlari minimal, hech bo’lmaganda ma’naviy eskirgan 
uskunalarning turlariga nisbatan past bo’lishi kerak. 
4.Xarid qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar, xaridorning zavodida ilgari 
o’rnatilgan agregatlarga mos kelishi zarur. 
5. 
Uskuna yetkazib beruvchining taklifi tez yemiriluvchi detallarning ishchi 
chizmalarini (mahalliy korxonalarda ularni tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lish 
uchun), shuningdek uskunani o’rnatish va ishlatish uchun mos xizmatlar va 
texnologiyalarning ro’yxatini keltirishi kerak. 
Tajribali importerlar muzokaralarda narxlar, texnik shartlar va yetkazib berish 
muddatlarini muhokama qilish bilan bir vaqtda moliyalashtirish shartlarini ham 
gaplashib oladilar. 
Xorijiy texnologiya va uskunalar muvaffaqiyatli amal qilishining zaruriy sharti 
sifatida xaridor zavodida ishlab chiqarish infrastrukturasi va yetarli texnik madaniyat 
darajasiga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi xizmat qiladi. Tajriba 
ko’rsatishicha, yangi texnologiya mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish yaxshi 
yo’lga qo’yilgan va tajribali xodimlarga ega bo’lgan uzoq vaqt amal qilayotgan eski 
zavodlarda eng qisqa muddatda o’zlashtiriladi. 
Ko’p hollarda import texnologiya va uskunalarni o’zlashtirishdagi jiddiy 
o’zgarishlar yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasida o’zaro munosabatlarning yaxshi 
yo’lga qo’yilmaganligi yoki xaridorning kontrakt imzolashdan oldin o’z 
imkoniyatlarini to’g’ri hisobga olmaganligi uchun resurslari yetarli emasligi sababli 
vujudga keladi. Bunday holda importerning boshqaruv xodimlarini ishlab chiqarishni 
rivojlantirishning uzoq muddatli yo’nalishlarini hisobga olmasdan qisqa muddatli 
masalalarni hal qilishga urinishi va uning ishlab chiqarishga umuman yangi 
texnologik jarayonlarni tatbiq etish qaltisligiga moyil emasligi natijasida import 
texnologiya va uskunalar uzoq vaqt davomida ishlatilmay turadi. 


21 
Shu bilan birga yangi texnologiyalarni xarid qilishda oqlanmagan shoshma-
shosharlik kontrakt imzolash chog’ida importerning uskuna imkoniyatlarini to’la 
anglamasligiga olib kelish holatlari ham uchraydi. Natijada importer o’zining yetarli 
bilimga ega emasligini ko’rsatadi va ushalmagan umidlar og’ushida qoladi. 
Import texnologiya va uskunalarni qabul qilish, yig’ish, o’rnatish va 
foydalanishga tushirish ishlariga jalb qilingan xodimlarning soni kafolatli sinovlar 
yaqinlashishi bilan qisqaradi (3-rasm). 
Birinchi bosqichda shartnoma imzolangandan so’ng sotib olingan texnologiya 
va uskunalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish ishlariga, xaridor kadrlarini 
o’qitish, uskunalarni qabul qilish yig’ish va o’rnatish uchun maydon tayyorlash 
ishlariga, mahalliy va chet el tadqiqot institutlari va universitetlaridan muhandislar, 
loyihachilar va texnologlar, qurilish kompaniyalarining mutaxassislari maksimal 
miqdorda jalb qilinadi. (3-rasmdagi uchburchak asosi). 
Bu davrda odatda uskuna ishlab chiqaruvchilar xaridor xodimlarini o’qitishda 
asosiy rol uynaydi, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar, loyiha va kurilish 
tashkilotlari esa xorijiy uskunani qabul qilishga tayyorgarlik kurishga xizmat 
ko’rsatadilar. So’nggi yillarda texnologik jarayonlar va kompyuterlashtirilgan 
agregatlar konstruktsiyalarining murakkablashuvi sababli tajribali importerlar sotib 
olingan uskunalarni ishlatishga mutaxassislarni o’qitish va uni qabul qilish ishlarini 
uskuna ishlab chiqarilgan joyda amalga oshirishga katta e’tibor bermoqdalar. 
O’qitish agregatlarni o’rnatish joyida, shuningdek xorijiy ishlab chiqaruvchi 
korxonalarda ham o’tkaziladi. O’qitish kursiga terotexnologiya - uskunalarga xizmat 
ko’rsatish va ta’mirlash tizimini, agregatlarni boshlang’ich materiallar, energiya, 
ehtiyot qismlar bilan uzluksiz ta’minlashni tashkil qilishni o’zlashtirish kiradi. Import 
Kafolatli sinovlar
Хоdimlarning soni 
Uskunani yig’ish 
va o’rnatishga 
tayyorgarlikni 
boshlanishi 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish