QADIMGI RIM
Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi
1. Apennin yarim orolining geografik o‘rni va tabiiy sha-
roiti. 2. Qadimgi Rim tarixi manbalari. 3.Rim tarixi tarix-
navisligi. 4. Rim tarixini davrlashtirish. 5. Apennin yarim
orolining qadimgi aholisi.
1. Apennin yarim orolining geografik o‘rni va tabiiy sha-
roiti. Qadimgi Italiya (yunoncha «Buzoqlar mamlakati») deb,
dastlab o‘zining sero‘t yaylov-o‘tloqlari bilan ma’lum bo‘lgan
Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli
O‘rtayer dengizi dunyosining markazida joylashgan bo‘lib, qa-
dimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega bo‘lgan.
Italiyani sharq, janub va g‘arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adri-
atika dengizlari o‘rab, uni O‘rtayer dengizining barcha mam-
lakatlari bilan bog‘lagan edi. Mil.avv. I ming yillikda Italiya ning
shimoliy hududlari mo‘tadil iqlim zonasida bo‘lib, Apennin
yarim orolining qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi.
Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Mes-
sin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‘arbiy
qirg‘og‘i qulay buxtalarga boy bo‘lib, dengizchilik va savdoning
rivojlanishiga turtki berdi.
Italiyaning ko‘pgina qismini tog‘lar egallaydi. Faqatgina 20 %
hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliya ning
unumdor yerlari, Latsiya tekisligi va Po daryo vodiysi dehqon-
chilik uchun qulay bo‘lganligi uchun bu yerda tariq, bug‘doy, pol-
ba ekilgan. Qadimda bog‘dorchilikda zaytun daraxt lari va uzum-
chilik bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o‘rmonlarga
boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‘p emas edi: temir, mis,
qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz.
Qadimgi Italiyani geografik jihatdan 3 qismga bo‘lish qabul
qilingan:
1. Shimoliy (Liguriya, Alp orti Galliyasi va Venetsiya);
455
2. O‘rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va
Samniy);
3. Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).
Apennin tog‘lari janubiy-sharqqa tomon cho‘zilib, Arelin tu-
manida Adriatika dengizigacha yetib boradi. Yarim orolning
shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi.
Uning shimoliy iqlimi o‘rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim
orolning bu qismi juda hosildor bo‘lib, keyinchalik Italiya deb
atala boshlangan. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan
aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan
aytilgan.
Mil.avv. V asrda Po daryo vodiysiga gallar ko‘chib kelib, u
yerdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli, bu o‘lka
Rimda «Sizalp Galliyasi» deb nom oldi. U Sispadan Galliyasi,
Po daryosining o‘ng qirg‘og‘i va Transpadan Galliyasi (daryo-
dan shimol tomondagi viloyat)ni o‘z ichiga oladi. Italiyaning o‘zi
Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyaning g‘arbiy
qismi madaniyat tarixida o‘z yer tuzilishiga ko‘ra, muhim rol
o‘ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), lotin markazi Rim,
Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik yotadi.
Bu yerdan kemachilik uchun qirg‘oqlari qulay tabiiy portlari
bo‘lgan Tibr daryosi oqib o‘tadi.
Lotin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy-sharq-
dan Sabin, sharqdan Alban, janubdan Volsk tog‘lari bilan o‘rab
turishi yarim orol tarixida lotin xalqlarining yuksalishiga sabab
bo‘ldi. Italiyaning sharqiy qismi tog‘lik bo‘lib, janubga tomon
mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani bo‘lgan yovvoyi Sabin
tog‘lari cho‘zilib ketadi. Undan so‘ng Samniy tepaliklari yota-
di. Janubiy Italiyaning g‘arbiy qismida samniylarga qarindosh
tog‘li qabilalar joylashgan tog‘lik Lukaniya va Bruttiya yotadi.
Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo‘lib,
bu yerda Tarent qo‘ltig‘i orqali Yunonistondan kolonistlar kel-
gan. Bu yerda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya,
Eleya kabi ko‘p sonli yunon koloniyalari barpo etilib, qadimda
Buyuk Yunoniston deb atalgan.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‘rin
tutadi. Orolning sharqiy va janubiy hududlarini mil.avv. VIII asr-
dan boshlab yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq finikiya-
liklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsel)
shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon
daraxtlari o‘stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar
456
olib keldilar. Yunonistonga qaraganda, Italiyada hosildor yerlar
ko‘proq. Ayniqsa, Po daryo vodiysi, Kampaniya viloyati sikurn
va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqon-
chilik uchun juda ko‘p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug‘orish
ishlari amalga oshirildi. Bu ishning mohir ustasi etrusklar edi.
Mamlakatda metall juda kam bo‘lgani uchun u chetdan olib
kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo‘rg‘oshin, Elba orolidan
temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda etrusklar katta
yutuqlarga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |