ETRUSKLAR. RIM PODSHOLIK DAVRIDA
1. Etrusklar. 2. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510-
yillar).
1. Etrusklar. Gerodot, Starabon, Katta Pliniy va Tatsit etrusk-
lar Kichik Osiyodagi Lidiyadan mil.avv. XIII asrda dengiz orqa-
li Italiyaga kirib kelganlar, deb ma’lumot beradilar. Etrusklar,
ularning kelib chiqishi to‘g‘risida Gerodot, Strabon, Katta Pliniy,
Galikarnaslik Dionisiy ma’lumot berganlar. Tarixshunoslikda
Dempster (1579–1625-yillar, u etriskologiya fanining asoschisi
ham sanaladi), Puje, Maspero, Nibur va boshqalar etrusklar-
ning kelib chiqishi bilan shug‘ullandilar. Lekin hozirgacha
fanda etrusklarning kelib chiqishi to‘g‘risida aniq bir fikr yo‘q.
Lotinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki
tersenlar deb atadilar.
Etrusklar tarixi bo‘yicha sag‘ana, dafn
toshlari, qo‘rg‘oshin taxta, ko‘za, muhrlarda mavjud bo‘lgan 11
ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning ko‘pchiligi bag‘ishlov,
in’om mazmunida bo‘lib, qisqa yozilgan. Ularning yozuvi biror-bir
tilga yoki tillar oilasiga to‘g‘ri kelmaydi.
Etrusklar to‘g‘risidagi ilk aniq ma’lumotlar mil.avv. VIII asr-
ga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O‘rta
Italiyadagi Tibr va Arnus daryolari oralig‘ida rimliklar Etruriya
(hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to‘plangan. Etruriya Li-
guriya, Sizalp Galliyasi, Umbriya va Latsiy viloyatlari bilan che-
garadosh bo‘lib, Tirren dengiziga chiqqan. Etruriya o‘rmonlar,
qurilish toshi, gilga boy edi. Etrusklar uchun zarur bo‘lgan mis,
qo‘rg‘oshin, qalay xomashyosi mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Qo‘shni Ilva
(Elba) orolidan etrusklar temir rudasini olganlar. Ilk ar xeologik
yodgorliklar etrusklarning ijtimoiy-iqtisodiyotda yuqori daraja-
da rivojlanganidan guvohlik beradi. Villan madaniyatiga tegish-
li urug‘-jamoa qo‘rg‘onlari qoldiqlari, Etruriya shaharlarining
paydo bo‘lishi mil.avv. VIII asrga mansub.
Mehnat taqsimoti, ayirboshlashning rivojlanishi, jamoa
tuzumi ning yemirilishi boy oilalarning – hukmronligini yuzaga
keltiradi. Jamiyatning imtiyozli qatlami – harbiy kohinlar (lugu-
monlar) oqsuyak zodagonlar shakllanadi. Etruriyada qulchilik
juda erta paydo bo‘lgan. Qulchilikning mavjudligidan etrusk zo-
464
dagonlarining qo‘rg‘onlarida uyushtiriladigan gladiatorlar jang-
lari guvohlik beradi. Qadimda jangda halok bo‘lgan yo‘lbosh-
chilar qabri ustida asirga tushgan dushmanni jang qi lishga
majbur etilishi orqali gladiator janglari kelib chiqqan. Oqibatda
ular tomosha sifatida saqlanib qolib, bunday tomoshani etrusk-
lardan boshqa Italiya shaharlari o‘zlashtirib olganlar.
Qullar va qaram odamlardan tuzilgan qurolli guruh bi-
lan luqumonlar qo‘shni viloyatlarga hujum qilganlar, dengiz
qaroqchiligi (piratlik) bilan shug‘ullanganlar. Etruriya sha-
harlarida podsholar boshda saylab qo‘yilgan. Siyosiy kurash
natijasida ayrim shaharlarda podsholarning o‘rnini saylab
qo‘yilgan lavozimlar egalladi. Podsho hokimiyati ramzlari –
xivich bog‘lami va unga suqilgan bolta ko‘targan xizmatchilar
podsho oldida borganlar, qizil zey berilgan toga, podsho o‘tir-
gichi – kreslo rimliklarga etrusklardan o‘tgan. Ko‘rinishidan
rimliklar oliy hokimiyat (imperuim) tushunchasini etrusklar-
dan o‘zlashtirganlar.
Etrusklar xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lib,
ular toshloq yerlarga suvni kanallar, yer osti suv omborlari
orqali yetkazganlar. Etrusk dehqonlari toshloq yerlarning
botqoqlanishini oldini olish, zax suvlarni qochirish yo‘llarini
bilganlar. Etrusklar Italiyada birinchi bo‘lib shaharsozlik, sha-
har hayoti va madaniyatini barpo qildilar. Aholisi ko‘p sonli va
boy bo‘lgan Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tark-
viniya, Vulchi va Sere kabi etrusk shaharlari barpo qilindi. Sav-
do-hunarmandchilik rivojlanib, etrusk hunarmandchilik mah-
sulotlari chet elllarga chiqarilgan. Dengiz orqali vositachilik sav-
dosini jadal amalga oshirdilar. Etrusklarning savdo kemalari
Karfagen, Finikiya, Yunoniston va boshqa sharq mamlakatlari
portlarida muntazam langar tashladilar. Ular ichki va tashqi
savdoning rivojlanishi uchun tanga-pul zarb qildilar. Etrusk-
lar metallga ishlov berishda yuqori natijalarga erishdilar. Etru-
riyaning o‘zida mis, qo‘shni Elba orolida temir rudasi qazib
chiqarilgan. Etrusk kulolchilik mahsulotlari nihoyatda yuksak
baholangan.
Etrusklar Janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o‘z koloni-
yalarini barpo qildilar. Mil.avv. VII–VI asrlarda Etruriyada
markazi Volsiniya shahri (bu shaharda etrusklarning oliy xu-
dosi Kertumnaning ziyoratgohi bor edi) bo‘lgan etrusklarning
12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyo-
satiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan.
465
Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqo-
bat qildilar. Mil.avv. 535-yilda etrusklar Karfagen bilan ittifoq
bo‘lib, Korsika oroli yaqinidagi Alali yonidagi jangda yunonlarni
tor-mor qiladilar. Korsika oroli etrusklarning tayanch nuqta-
siga aylandi. Shu vaqtda Latsiya, Kampaniya va Shimoliy Ita-
liyaning bir qismi etrusklar qo‘lida edi. Rimda etrusklarning
Tarkviniy sulolasi qaror topdi, yarim orolning shimoli-sharqida
etrusklarning Adriya shahri Adriatika dengiziga o‘z nomini ber-
di. Mil.avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriya iqtisodiy-siyosiy
hayotining yuksalish davri bo‘ldi.
Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha
boshladi. Etrusklarning zaiflashuvining bir necha sabablari
bor edi. Etrusk federatsiyasi hech qachon mustahkam bo‘lma-
gan. Shaharlar o‘rtasida doimiy raqobat, shaharlardagi ijtimoiy
qatlamlar o‘rtasidagi ziddiyatlar siyosiy zaiflashuvga olib keldi.
Italiya shaharlari etrusklarning hukmronligiga chek qo‘yish-
ga harakat qildilar. Etrusklar shimolda keltlarning hujumini
qaytarish uchun og‘ir kurash olib bordilar. Etrusklar davlati
hududlari qisqarib bordi. Etrusk federatsiyasiga kirgan sha-
harlar o‘rtasidagi ichki aloqa zaiflashdi. Etrusklar birdaniga
yunonlar, rimliklar va keltlarning siquvi ostida qoldi.
Rivoyatlarda rimliklarning etrusklarga qarshi urushlari ning
yor qin tasvirlari saqlanib qolgan. Bir rivoyatga ko‘ra etrusk
podshosi Parsenni o‘ldirish uchun rimlik o‘smir Gay Musiy
etrusklar qarorgohiga kiradi, lekin uni ushlab oladilar. Parsena
Gay Museyni qiynoqqa solib, sheriklarini aytishni talab qiladi,
gay Stsevola og‘riq va o‘limdan qo‘rqmasligini ko‘rsatish uchun
qo‘lini olovga tutadi va qo‘li qanchalik kuymasin, miq etib ovoz
chiqarmaydi. Mil.avv. 524-yilda yunonlar Kampaniya yonida,
mil.avv. 474-yilda Qum yonida etrusk flotini tor-mor qildilar.
Mil.avv. 509-yilda rimliklar so‘nggi etrusk podshosi Tarkviniy
Mag‘rurni shahardan haydab yubordilar. Mil.avv. 265-yilda
etrusk shahri Voliniyaning
qulashi bilan rimliklar Etruriyaning
to‘la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida etrusklar roman-
lashuv jarayonida o‘z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan
qo‘shilib ketdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |