va
Eskvilinni egalladilar. Mil.avv. VII – VI asrlarda 285 gektar yerni
egallagan Palatin, Seliy
, Eskvilin tepaliklaridan tashqari boshqa
Kvirinal va Viminal tepaliklari ham qo‘shib olindi. Bu tepaliklar
va Palatin o‘rtasidagi bo‘shliq shahar markaziga aylandi. Shu
yerda uzoq yuz yilliklar davomida Rim davlat hayoti to‘plangan
bosh maydon – Forum Romanum paydo bo‘ldi.
«To‘rt kvartalli» shaharning paydo bo‘lishida etrusklarning
roli katta edi. Ular shaharga Roma (Rim) nomini bergan bo‘lish-
lari mumkin. So‘nggi Rim tarixchilarining aytishicha, Rimning
eng birinchi podsholaridan biri Serviy Tulliyning kelib chiqishi
etrusklardan bo‘lib, Serviy Tulliy davrida shahar yanada ken-
gaydi. Kapitoliy va Aventin tepaliklari qo‘shib olinib, mustah-
kam devorlar bilan o‘rab olingan. Endilikda Rim eng qudratli
469
lotin shahriga aylandi va tezda Latsiy viloyatida Al’ba Longadan
yetakchilikni tortib oldi.
Ilk Rim jamiyatining asosi urug‘(gent) edi. Urug‘ a’zolari
umumiy mulkka ega bo‘lib, diniy marosimlarni birgalikda ba-
jarar edilar. Bu qadimgi urug‘ jamoa tuzilmasining izlari Rim
ismlarida ko‘rinadi. Rim ismlari uch qismdan iborat bo‘lgan:
birinchi qism – shaxsiy ism, ikkinchi qism – urug‘ning nomi
va uchinchi qism – urug‘ shoxchasi yoki shu odamga tegish-
li laqab. Misol uchun, Gay (shaxsiy nom), Yuliy (urug‘ nomi),
Sezar (urug‘ shoxchasiga tegishli laqab). Bu keyinchalik
merosiy bo‘lib o‘tgan. Vaqt o‘tishi bilan urug‘chilik aloqalari
zaifla shib, oilaviy aloqalar kuchaydi. Bu aloqalar nafaqat oila
a’zolarini, balki xonaki qullarni ham qamrab oldi.
Patriarxal oila tepasida barcha oila a’zolarining hayoti va
o‘limi ustidan cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan «pater fa-
milius» (oila otasi) turar edi. Rim oilasi ajdodlarning an’ana va
urf-odatlarini saqlovchisi
edi. Oila juda mustahkam edi. Far-
zand ko‘rmaslik ham oilani buza olmagan. Farzandsiz oila qa-
rindoshlarining bolalarini asrandi o‘g‘il-qiz qilib olganlar. Rimda
er-xotinning ajralishi oson bo‘lsa-da, er-xotinlar ajralmaganlar.
Er oila boshlig‘i, xo‘jayini edi. Oila a’zolari biror-bir ayb qilib
qo‘ysa, ota oila sudini amalga oshirar, hatto o‘g‘lini qatl qilishi
yoki sotib yuborishi mumkin edi. Ayollar oilada izzat-hurmatda
bo‘lib, ular erlarining yordamchilari edi. Erga chiqqan rimlik
ayol matrona deb atalgan. Matronalar erlari bilan mehmon-
ga borar, uydagi ziyofatlarda ishtirok etar edilar. Farzandlari
ham ularni hurmat qilganlar. Oilada bir xizmatkor bo‘lsa, ona
uy ishlari bilan shug‘ullanmagan. Uning faxrli ishi ip yigirish
bo‘lgan. Zodagon matronalarga yuqori darajada hurmat ko‘rsa-
tilgan. Erkaklar ularga yo‘l berganlar. Matronalarning dafn ma-
rosimlari ham hashamatli bo‘lgan. Ular erlari ustidan hukm
surishni yaxshi ko‘rib, oila or-nomusini saqlashni o‘z burchlari
deb bilganlar. Ular erlariga buyruq va maslahat berishni xush
ko‘rganlar. (Mil.avv. I asrda Yuliy Sezarga qarshi fitnada ayol-
lar erlari bilan birga qatnashganlari tarixda ma’lum). Farzand
o‘g‘il-qizlar ham ota-onaning so‘zini ikki qilmas, oila g‘ururini
saqlashga bir umr harakat qilganlar.
Podsholik davrida qullar hali ham kam sonli bo‘lgan. O‘sha
vaqtda Rimning to‘la huquqli fuqarolari «Populus Romanus» (Rim
xalqi) shahardagi uch etnik unsur – lotin, sabin va etrusklarni aks
ettirgan uch trib (qabila)ga bo‘lingan.
470
O‘n kuriya bir trib (qabila)ni tashkil qilgan. Har bir trib o‘n
kuriyani, har bir kuriya esa o‘n urug‘ni o‘z ichiga olgan edi.
Shunday qilib, Rim tarixchilarining ma’lumotiga ko‘ra, Rimning
erkin aholisi dastlab 300 urug‘dan iborat bo‘lgan. Podshoning
chaqirig‘iga ko‘ra, ular kurial yig‘inlari – komisiyalariga to‘planar
edilar. Saylov kuriyalar bo‘yicha o‘tkazilgan. Kuriya yig‘inlarida
urushlar, tinchlik, diniy e’tiqodga oid qarorlar qabul qilingan.
Boshqa lotin shaharlari kabi Rimda ham jamoalar tepasi-
da kuriya komisiyalarida
(xalq yig‘ini) saylanadigan podsho tu-
rar edi. Podsho oldida uning hokimiyati ramzi bo‘lgan, bolta
ko‘targan 12 liktorlar borgan. Davlatni podsho bilan dastlab
100, keyinchalik 300 a’zodan iborat bo‘lgan oqsoqollar ken-
gashi – senat (senatus – senex so‘zidan keksa) boshqargan.
Senat komisiyalar qabul qilgan barcha qarorlarni tasdiqlagan.
Podsho vafot etgan taqdirda, senat yangi podsho saylaguncha
o‘z ichidan har besh kunda bir kishini vaqtinchalik podsho («in-
terreks»)ni tayinlagan. Bu odat keyingi vaqtlarda ham saqlanib
qoldi. Rimda oliy mansabdor shaxs – konsul vafot etganda ham
bu odat qo‘llanilgan.
Podsho oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo‘lib, zaruri-
yat bo‘lganda bir qancha yordamchilar – kvestorlarga tayan-
gan. Kvestorlar odam o‘ldirish ishlari bo‘yicha sudni amalga
oshirganlar. Podsho mutlaq hukmdor bo‘lmasa-da, etrusklar
davrida uning hokimiyati juda kuchli bo‘lib, Rim oilasi («pa-
ter familius») hokimiyatini eslatar edi. U umrbod saylab qo‘yil-
gan. Podsho qonunlarni qo‘llash huquqiga ega bo‘lib, lekin uni
o‘zgartira olmas edi.
Romul davridan Rim podshosi (rex) shaharning sudyasi, bosh
kohini va lashkarboshisi bo‘lgan. Rim etrusk davlat hokimiya-
ti ramz va belgilarini o‘zlashtirib oldi. Rim podshosi oltin toj,
tilla iplar bilan tikilgan qizil rangli hashamatli kiyim, baland
poshnali qizil etik kiyib, qo‘lida burgut tasvirli podsholik asosi-
ni ushlagan. Podshoga qo‘llarida qamchi va bolta ushlagan tan
soqchilar hamrohlik qilar edilar. Ular podshoning buyrug‘i bilan
aybdor fuqaroni o‘lim jazosiga tortish yoki tan jazosi berishga
doimo tayyor turganlar. Podsho fil suyagidan yasalgan taxtda
o‘tirib, sud ishini amalga oshirgan. Podsho hokimiyati imperiya
(oliy) deb atalar edi. Podsho o‘z vorisini tayinlash huquqidan
mahrum edi. Yangi podshoni xalq saylagan.
Urug‘ tashkilotlari a’zolari Rim xalqi (Romanus populus)ni
tashkil qildi. Boshda
ko‘chib kelganlar hisobidan to‘ldiriladigan
471
Rim fuqarolik jamoasi kuriyalar (Rimda o‘n urug‘ bir kuriyaga
birlashtirilgan) bo‘yicha taqsimlangan edi. Ank Martsiy davri-
da jamoa yer (ager publicus) zaxiralari tugadi. Chetdan ko‘chib
keladiganlar endilikda jamoaga qabul qilinmadi va Rimda yopiq
jamoa hosil bo‘ldi. Natijada qadimgi Rimning ikki sinfiy toi-
falari – patritsiylar va plebeylar shakllandi. Imtiyozli patritsi-
ylar (patricius – «zodagon otaning o‘g‘li») jamoa yer jamg‘arma-
sidan foydalanish, kuriya komisiyalarida
(comitca – lotin tilida
yig‘ilish) ishtirok etish huquqiga ega edilar. Ko‘p sonli plebey-
lar (plebs – lotin tilida omma) esa, o‘z urug‘larini saqlab qolib,
Rim urug‘chilik tashkilotidan tashqarida bo‘lib, hech qanday
huquqlarga ega emas edi. Shu sababli, patritsiy va plebeylar
o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar yuz yillab davom etdi.
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida bir qism plebey boyib
ketdi. Kambag‘allashib qolgan plebeylar, xonavayron bo‘lgan
fuqarolar hamda ozod qo‘yilgan qullar qudratli patritsiylar
homiyligi (patron)ga o‘tib, ularga kliyent (clients – «qaram
kishilar») bo‘ldilar. Kliyent o‘z patroni – urug‘ining a’zosi
bo‘lib, unga bo‘ysunar edi. So‘nggi Rim podsholari o‘z shax-
siy hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib
bordilar. Ular patritsiylarga qarshi kurashda plebeylardan
siyosiy qurol sifatida foydalandilar. Podsho Serviy Tulliyning
islohotlari Rim jamiyatini urug‘ jamoasidan davlatga o‘tishi-
da muhim o‘rin tutdi. U harbiy islohot va unga bog‘liq senz
(mulk) islohotlarini o‘tkazdi.
Bu o‘zgarishlar natijasida kuriyalar bo‘yicha yig‘inlarni ik-
kinchi darajali qilib qo‘ygan senturiy komisiyalari yetakchi
o‘ringa chiqib oldi. Podsholik davri so‘nggida mulkchilikning
antik shakli bilan Rim polisi yoki civitas
– fuqarolik jamoasi-
ni shakllanishi tugadi. Serviy Tulliy o‘tkazgan siyosiy islohot-
lar bu qarama-qarshiliklarni ma’lum darajada yumshatdi.
Serviy Tulliy islohoti urug‘chilik tuzumi asoslarini yemirdi.
Podsho Serviy Tulliy (mil.avv. 578–534-yillar) Rimning bar-
cha erkak aholisini (patritsiy va plebeylarni) olti mulkiy toifa-
ga bo‘ldi: 100 000 mis assga teng mulkka ega bo‘lgan I toifa;
75 000 assga teng mulkka ega bo‘lgan II toifa; 50 000 assga
teng mulkka ega bo‘lgan III toifa; 25 000 assga teng mulkka
ega bo‘lgan IV toifa; 11 500 ass qiymatli mulkka ega bo‘lgan V
toifa, VI toifa butun boyligi faqat bolalari bo‘lgan barcha kam-
bag‘allar proletariy (latincha proles – «avlod»)larni tashkil etdi.
472
Har bir toifa Rim qo‘shini tarkibiga belgilangan miqdorda
senturiy (yuzlik qo‘shin) berishi shart edi: I toifa – og‘ir qurol-
langan piyodalar 80 senturiy, suvoriylar 18 senturiy, jami 98
senturiy; II toifa – 22 senturiy; III toifa – 20 senturiy; IV toifa
– 22 senturiy; V toifa – 30 senturiy yengil qurollangan piyo-
dalarni; VI toifa – 1 senturiy, jami olti toifa 193 senturiy (yuzlik)
berishi shart edi.
Xaql yig‘inida har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ko‘pchilik
senturiy ovozi bilan qaror qabul qilingan. Senz fuqarolarning
huquq va burchlari uyg‘unligini ta’minlashi lozim edi. Rimlik
fuqaro qanchalik darajada boy va zodagon bo‘lsa, shuncha da-
rajada umum foydasiga mablag‘ sarflashga majbur edi. Serviy
Tulliy xalq yig‘inining yangi ko‘rinishi senturiy komisiyalarini
joriy qildi. Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdi-
lar. Senturiylarda odamlarning soni bir necha o‘ndan (1 toifa)
bir necha yuzgacha (proletar senturiylari) tebransa-da, har bir
senturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk senzi
toifasi 193 ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi. Shundan xulosa
qilgan holda, senturiy komisiyalarida
hal qiluvchi ovozga mulk-
dor fuqarolar egalik qildilar.
Mulkiy senzdan tashqari, yosh senzi ham belgilandi:
yoshlarning senturiylari (17 yoshdan 46 yoshgacha) harbiy
dala xizmatini o‘tadilar, keksalarning senturiylari (46 yoshdan
katta) garnizonlarda xizmat qilar edilar. Rim qo‘shini podsho
qo‘mondonligi ostidagi 4 legiondan tashkil topgan edi. Serviy
Tulliy yana ma’muriy-hududiy islohot o‘tkazdi. Rim davlati
hududi 21 okrugga (mil.avv. 241-yildan ularning soni 35 taga
yetdi) bo‘lindi. Bu okruglar trib
deb (ulardan 4 tasi shahar, qol-
gan 17 tasi qishloq tribi) ataldi.
Senturiy komisiyalari ixtiyoriga kuriya komisiyalarining
muhim vakolatlari – qonunlarni qabul qilish, mansabdor
shaxslarni saylash, urush e’lon qilish va tinchlik bitimi tuzish
kabilari o‘tdi. Serviy Tulliy islohoti demokratik ruhda bo‘lib, u
zodagon bo‘lmagan, qobiliyatli oddiy fuqaroga o‘zini mehnati
va samarali faoliyati bilan yanada yuqoriroq mulk senziga
o‘tish imkoniyatini berar edi. Bu islohot oqsuyak urug‘ zoda-
gonlarining ta’sirini zaiflashtirdi. Serviy Tulliy ibtidoiy jamoa
munosabatlarini zaiflashtirdi. Rim shahrini lotin shaharlari
ittifoqidagi mavqeyini mustahkamladi, patritsiy va Plebeylar-
ni bir-biriga yaqinlashtirdi. Islohot davlat hokimiyatining ilk
473
asoslarini mustahkamladi. Serviy Tulluyning islohotlarini
oddiy aholi qo‘llab-quvvatladi. Lekin bu islohot senator «ota-
lar»ning qahr-g‘azabiga sabab bo‘ldi. Ular fitna uyushtirib,
islohotchi podshoni o‘ldirdilar. Uning kuyovi va davomchisi
Tarkviniy Mag‘rur islohotchi podsho Serviy Tulliyning siyo-
satini davom ettirdi. U hunarmandchilik, savdo va qurilishni
rivojlantirishga harakat qildi. Senatni past mavqedagi urug‘
vakillari bilan to‘ldirdi. Amaldagi hokimiyat eski patritsiy
urug‘lari qo‘lida saqlanib qoldi. Chunki ular yerning eng ko‘p
miqdoriga ega bo‘lib, birinchi tabaqani tashkil etib, senturiy
komisiyalarida ko‘pchilik (98)ni tashkil qildi.
Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho‘ponlar jamiyati
edi. Rimliklar etrusklardan yerga ishlov berishning samarali
usullari va uzumchilikni o‘zlashtirib oldilar. Etrusklarning
tajribasidan foydalanib, rimliklar forum atrofida eng katta
yer osti kanalini qurdilar. Ular yana etrusklardan marka-
ziy zalga ega, tomida tuynugi bo‘lgan uyning maxsus shakli
atriyni o‘zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi
davrida mahalliy hunarmandchilik va savdo aloqalari rivoj-
landi. Savdoning rivojlanishi uchun shaharning geografik
jihatdan qulay joylashganligi, serqatnov suv yo‘li bilan Tibr
daryosining o‘rta oqimida
joylashganligi muhim ahamiyat
kasb etdi. Bir necha asrlar davomida rimliklar savdo aloqa-
larini pul o‘rnida hayvon (pekus)ni ayirboshlash yordamida
amalga oshirdilar. Qadimda asosan ho‘kiz, qo‘y va mis metali
ayirboshlashning asosiy mahsulotlari edi. Dastlab Rim savdo
aloqalarini Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari bilan olib
bordi. Podsholik davrining oxirida esa, Attika va Karfagen
bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Eng birinchi savdo shart-
nomasi Karfagen bilan tuzildi. Savdo va hunarmandchilik
bilan birinchi navbatda, plebeylar shug‘ullandilar. Bu soha
bo‘yicha Rimdagi Kapitoliy va Palatin o‘rtasida etrusk kvar-
tali «Vikus tuskuss» muhim rol o‘ynadi.
Dastlabki Rim dini animistik ko‘rinishda bo‘lib, unda to-
temizmning bir qancha qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga
misol qilib, Rim shahrining asoschilari Romul va Remni em-
izgan ona bo‘ri afsonasini aytish mumkin. Podsholik davrida
Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to‘la edi. Ularni sehr-
garlik, qurbonlik va duo-afsunlar o‘qish bilan yumshatish
mumkin edi. Rimliklar asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ul-
474
langanliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda
cho‘ponning barcha ishlariga homiylik qiladigan ko‘pgina
xudolarga sig‘inar edilar.
Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo‘riq
yerni haydashda odamlarga yordam ko‘rsatgan. Yerlarni o‘g‘it-
lashda xudo Saterkuliniyga
qurbonlik keltirilgan. Ekin ekish-
da Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma’buda Siga,
g‘alla unib chiqqanda ma’buda Segitiyaga murojaat qilar edilar.
Begona o‘tlardan ekinlarni Runsinator, g‘allani chirishidan esa
Robig himoya qilgan. Boshoqning yetilishi xudo Laturnaning,
gullashi ma’buda Floraning vazifasi, o‘rimni xudo Messis bosh-
qargan. Uy-joyni Lara va Penat, eshiklarni Yanus, uy o‘chog‘ini
ma’buda Vesta himoya qilgan. Har bir oila o‘zining homiy xu-
dosiga ega edi.
Rim e’tiqodi, eng avvalo, barcha diniy urf-odatlarga qat’iy ri-
oya qilish edi. Shu sababli, ko‘p sonli kohinlar mavjud bo‘lib,
ular barcha xudolarning nomlari va vazifalarini yaxshi bilar
edilar. Kohinlar duolarning rasmiy tasdiqlangan to‘plamlarini
tuzar edilar. Ular kalendarni ham joriy qildilar. Qaysi kunda
qaysi diniy marosimlarni bajarishni, baxtli va baxtsiz kunni
aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. Avgurlarning max-
sus kollegiyasi mavjud bo‘lgan. Kohin-folbin garuspiklar qur-
bonlik hayvonlarining ichki a’zolariga qarab fol ochardilar. Ko-
hinlar Rimda saylab qo‘yiladigan mansabdor shaxslar bo‘lib,
lekin alohida toifa emas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |