Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Adabiyot va san’at. Bu davrda Sharq va yunon madaniya-

tining o‘zaro ta’sirida Bobil va Misrda tarixshunoslikning rivoji 

ko‘zga tashlanadi. Mil.avv. III asrning I yarmida bobillik kohin 

Beroesning «Xaldeya tarixi» va misrlik kohin Manefonning «Misr 

tarixi» nomli asarlari yaratildi. Har ikkala asar ham yunon tili-

da bo‘lsa-da, mahalliy manbalar asosida yozilgan edi. Afsuski, 

ikkala asardan ham bizgacha faqat ayrim parchalar yetib kel-

gan. Manefon asarida fir’avnlarning eng qadimgi zamonlardan 

to Aleksandrgacha bo‘lgan podsho sulolalarining xronologik 

ro‘yxati  berilgan.  Tarixchi  Apollodor  keyinchalik  parfiyaliklar 

tarixini yozdi. 

Ellin  davri  tarixiy  va  falsafiy  to‘plamlarida  insonning  jami-

yatga, o‘z davrining siyosiy-ijtimoiy muammolarga munosabati 

ochib beriladi. Tarixiy asarlarning sujetlari bo‘lib yaqin o‘tmish 

voqealari xizmat qildi. Ko‘pincha tarixchilar o‘z asarlarini badi-

iy adabiyot chegarasida shakllantirdilar: bayon qilish mohiro-

na fojialashtirildi, kuchli his-tuyg‘uga qaratilgan ritorik usullar 

ishlatildi. Ana shunday usulda Kallisfen (mil. avv. IV asr oxiri) 

va  Aleksandriyalik Klitarx (mil.avv. III asr o‘rtalari) makedoni-

yalik  Aleksandr tarixini, Timey (mil.avv. III asr o‘rtalari) Yu-

noniston tarixini mil.avv. 280-yildan – 219-yilgacha, Kleomen 

islohotlari tarafdori Filarx (mil.avv. III asr oxiri) ana shunday 

usulda bayon qildilar. Bu usuldan farq qilgan holda boshqa 

tarixchilardan Ptolemey I (mil.avv. 301-yildan keyin) tomoni-

dan yozilgan  Aleksandr yurishlari tarixi, kardiylik Gieronim 



448

(mil.avv. III asr o‘rtalari) diadoxlar urushlari davri tarixini faqat 

quruq dalillarni qat’iy bayon qilish usulini qo‘lladilar. 

Ellin davrida fan sifatida adabiyotshunoslik kurtaklaridan 

filologik  tanqid  Gomerdan  boshlab  klassik  mualliflar  asarla-

rini asl nusxalarini qayta tiklash va sharhlash shaklida yuzaga 

keladi. Filologlar mantiqiy asosda yunon grammatika tizimini 

ishlab chiqdilar.

Aleksandriya Museyoni

 yunon adabiyotining muhim marka-

zi bo‘lib qoldi. Bu yerda va boshqa joylarda rivoj topgan ada-

biy oqim «Aleksandriya adabiy oqimi» deb nom olgan. Bu ellin

 

jamiyati yuqori tabaqasining kayfiyatini ifodalagan poeziya edi.  

Aleksandriya shoirlarining boshlig‘i Kallimax edi. U Museyon 

kutubxonasining mudiri va taxt vorisining tarbiyachisi edi. 

Kallimax kutubxona katalogini tuzdi. Shu bilan birga, Kalli-

max mifologik, tarixiy va adabiy mavzularda yozilgan, hajmi ji-

hatidan kichik-kichik she’rlar muallifidir.

Kallimaxning kichik zamondoshi Feokrit



   Aleksandriyada-

gi eng taniqli shoir edi. U kichik-kichik lirik-dramatik poema 

va g‘oyalar muallifi bo‘lib tarixga kirdi. Kallimax o‘z asarlarida 

qishloq va shahar hayotining tinch manzaralarini ideallashtir-

gan, cho‘ponlar hamda shaharlik erkak va ayollarning hissiy 

kechinmalarini madh etuvchi nozik lirikdir.

Aleksandriya poeziyasidan tashqari, ellin davrida yangi At-

tika komediyasi katta ahamiyat kasb etdi. Bu davrdagi Attika 

komediyasining asosiy vakili Menandr edi. Misrdan topilgan pa-

pirus o‘ramlari tufayli uning komediyalari bizga ma’lum bo‘ldi. 

Menandr komediyalari sujeti oilaviy, maishiy dramalardan ibo-

rat. Menandr komediyalari baxtiyorlik bilan tamomlanadi



.

Ellin davrida tasviriy san’at ajoyib yutuqlarga erishdi. Bu 

davrda Sharq va yunon an’analari bilan qo‘shilgan anchagina 

me’moriy yodgorliklar bunyod etilgan. Hashamat va ulug‘vor-

likka intilish ularning ko‘plari uchun xos bo‘lgan xususiyatdir. 

Haykaltaroshlik san’ati bu davrda ancha ravnaq topgan edi. 

Ammo uning mazmuni klassik davr an’analaridan farq qildi. 

Ma’budalar va qahramonlarning ideallashtirilgan va umum-

lashtirilgan haykallari orqaga surilib, tabiiy tarzda gavdalantiril-

gan va tasvirlangan shaxsning individualligi yaqqol ko‘rsatilgan 

portretlar oldingi qatorga chiqdi. Ellin davrining haykaltarosh-

lari yaratgan yakka va guruh tarzidagi haykallarda jismoniy 

va ruhiy azob, kurash, g‘alaba, o‘lim tasvirlab ko‘rsatilar edi. 

Mil.avv. IV asrda Sikion maktabining portret chizuvchi rassomi 




449

mashhur Apelles o‘zining Makedoniyalik Aleksandrning «Rok-

sand bilan to‘yi», «Dengizdan chiqayotgan Afrodita» tasviri bilan 

shuhrat qozondi. 

Rodos oroli mil.avv. 304-yilda shaharning dushman qamali-

dan ozod bo‘lgani munosabati bilan shahar homiysi – quyosh 

xudosi Geliosning 36 metrlik haykalini bronzadan Lisippning 

shogirdi Xares 12 yil davomida bunyod qildi. Bu ulug‘vor haykal 

uzoq vaqt orolda qad ko‘tarib turdi. Bu qadimgi dunyodagi yetti 

mo‘jizadan biri edi. 

Peyzajni mustaqil tasvirlab, unda yoki uning o‘rtasida aso-

siy sujetni aks ettirish haykaltaroshlikda yangilik edi. Bu usul 

klassikada ma’lum emas edi. Shu bilan bir qatorda haykalta-

roshlikda dabdabali yo‘nalish mavjud bo‘lib, u ellin hukmdor-

larining haykallari soyasida namoyon bo‘ldi. Ellin haykaltaro-

shligida mil.avv. IV asrning mohir ustalariga borib taqaladigan 

bir necha yo‘nalishni ko‘rish mumkin. Afina va  Aleksandriyada 

Praksitelga borib taqaladigan san’at asarlarini tomosha qilayot-

gan inson o‘ziga to‘q kishilarning didiga mo‘ljallangan san’at 

asarlarini ko‘rishi mumkin edi.

Afrodita va boshqa ma’budalarning yalang‘och haykallari bu 

yo‘nalishga xos xususiyatdir. Dramatizmga to‘la Pergam mak-

tabi haykaltarosh Skopasga borib taqaladi. Pergam mehro-

bining frizi mazkur maktabning ajoyib yodgorligi bo‘lib, unda 

ma’budlarning gigantlar bilan kurashi tasvirlanadi. Bu Pergam 

va boshqa ellin davlatlarining jangovar galat (kel’t) qabilalari bi-

lan olib borgan og‘ir kurashlarining ramzi edi. Rodosning mash-

hur haykaltaroshlik maktabiga Asipp asos soldi. Bu maktabda 

yaratilgan haykallarda asosan baquvvat atletlar tasvirlandi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish