Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


QADIMGI RIM Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

QADIMGI RIM

Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi

1. Apennin yarim orolining geografik o‘rni va tabiiy sha-

roiti. 2. Qadimgi Rim tarixi manbalari. 3.Rim tarixi tarix-

navisligi. 4. Rim tarixini davrlashtirish. 5. Apennin yarim 

orolining qadimgi aholisi.

1. Apennin yarim orolining geografik o‘rni va tabiiy sha-

roiti.  Qadimgi Italiya (yunoncha «Buzoqlar mamlakati») deb, 

dastlab o‘zining sero‘t yaylov-o‘tloqlari bilan ma’lum bo‘lgan 

Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli 

O‘rtayer dengizi dunyosining markazida joylashgan bo‘lib, qa-

dimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega bo‘lgan. 

Italiyani sharq, janub va g‘arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adri-

atika dengizlari o‘rab, uni O‘rtayer dengizining barcha mam-

lakatlari bilan bog‘lagan edi. Mil.avv. I ming yillikda Italiya ning 

shimoliy hududlari mo‘tadil iqlim zonasida bo‘lib, Apennin 

yarim orolining qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. 

Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog‘lari, janubda Mes-

sin qo‘ltig‘i uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g‘arbiy 

qirg‘og‘i qulay buxtalarga boy bo‘lib, dengizchilik va savdoning 

rivojlanishiga turtki berdi.

Italiyaning ko‘pgina qismini tog‘lar egallaydi. Faqatgina 20 % 

hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliya ning 

unumdor yerlari, Latsiya tekisligi va Po daryo vodiysi dehqon-

chilik uchun qulay bo‘lganligi uchun bu yerda tariq, bug‘doy, pol-

ba ekilgan. Qadimda bog‘dorchilikda zaytun daraxt lari va uzum-

chilik bilan shug‘ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o‘rmonlarga 

boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko‘p emas edi: temir, mis, 

qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz. 

Qadimgi Italiyani geografik jihatdan 3 qismga bo‘lish qabul 

qilingan: 

1. Shimoliy (Liguriya, Alp orti Galliyasi va Venetsiya);



455

2. O‘rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va 

Samniy);

3. Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).

Apennin tog‘lari janubiy-sharqqa tomon cho‘zilib, Arelin tu-

manida Adriatika dengizigacha yetib boradi. Yarim orolning 

shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. 

Uning shimoliy iqlimi o‘rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim 

orolning bu qismi juda hosildor bo‘lib, keyinchalik Italiya deb 

atala boshlangan. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan 

aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan 

aytilgan. 

Mil.avv. V asrda Po daryo vodiysiga gallar ko‘chib kelib, u 

yerdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli, bu o‘lka 

Rimda «Sizalp Galliyasi» deb nom oldi. U Sispadan Galliyasi, 

Po daryosining o‘ng qirg‘og‘i va Transpadan Galliyasi (daryo-

dan shimol tomondagi viloyat)ni o‘z ichiga oladi. Italiyaning o‘zi 

Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyaning g‘arbiy 

qismi madaniyat tarixida o‘z yer tuzilishiga ko‘ra, muhim rol 

o‘ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), lotin markazi Rim, 

Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik yotadi. 

Bu yerdan kemachilik uchun qirg‘oqlari qulay tabiiy portlari 

bo‘lgan Tibr daryosi oqib o‘tadi.

Lotin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy-sharq-

dan Sabin, sharqdan Alban, janubdan Volsk tog‘lari bilan o‘rab 

turishi yarim orol tarixida lotin xalqlarining yuksalishiga sabab 

bo‘ldi. Italiyaning sharqiy qismi tog‘lik bo‘lib, janubga tomon 

mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani bo‘lgan yovvoyi Sabin 

tog‘lari cho‘zilib ketadi. Undan so‘ng Samniy tepaliklari yota-

di. Janubiy Italiyaning g‘arbiy qismida samniylarga qarindosh 

tog‘li qabilalar joylashgan tog‘lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. 

Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo‘lib, 

bu yerda Tarent qo‘ltig‘i orqali Yunonistondan kolonistlar kel-

gan. Bu yerda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, 

Eleya kabi ko‘p sonli yunon koloniyalari barpo etilib, qadimda 

Buyuk Yunoniston deb atalgan.

Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o‘rin 

tutadi. Orolning sharqiy va janubiy hududlarini mil.avv. VIII asr-

dan boshlab yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq finikiya-

liklar kelib, Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsel) 

shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon 

daraxtlari o‘stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar 




456

olib keldilar. Yunonistonga qaraganda, Italiyada hosildor yerlar 

ko‘proq. Ayniqsa, Po daryo vodiysi, Kampaniya viloyati sikurn 

va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqon-

chilik uchun juda ko‘p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug‘orish 

ishlari amalga oshirildi. Bu ishning mohir ustasi etrusklar edi. 

Mamlakatda metall juda kam bo‘lgani uchun u chetdan olib 

kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo‘rg‘oshin, Elba orolidan 

temir qazib olingan. Metallga ishlov berishda etrusklar katta 

yutuqlarga erishdilar.




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish