Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Din. Qadimgi yunon afsonalariga ko‘ra, dastlab Yer (Geya) 

va Xaos, hayotning boshlanishi (Eros) va yer osti dunyosi (Tar-

tar) bo‘lgan. Geya yulduzli osmon Uranni tug‘adi. Uran dun-

yoning birinchi hukmdori va Yer ma’budasi Geyaning turmush 

o‘rtog‘i bo‘ladi. Uran va Geyadan so‘ng xudolarning ikkinchi 

avlodi – titanlar boshlanadi. Uran o‘z o‘g‘li, dehqonchilik xu-

dosi titan Kronos tomonidan taxtdan ag‘dariladi. Kronosning 

bolalari Aid, Zevs, Poseydon, Gestiya, Demetra, Gera bo‘lgan. 

Olimpning bosh xudosi Zevs osmon va chaqmoq hukmdori, 

Poseydon yer va dengizni sug‘oradigan namlik xudosi, Aid (Plu-

ton) yerosti dunyosi hukmdori bo‘ladi. Zevsning rafiqasi Gera 

nikoh homiysi, Gestiya uy o‘chog‘i ma’budasi, Demetra deh-

qonchilik homiysi deb sig‘inganlar. Zevs va Geradan: o‘smirlik 

ma’budasi Geba; urush xudosi Ares; temirchi va hunarmandlar 

homiysi Gefest tug‘iladi.

Yunon mifologiyasida yerni yuvib turadigan daryoning nomi 

va uning ma’budi Okean deb nomlangan. Okeanning qizi dono 

Metida  Zevsning  rafiqasi.  U  yerning  eng  chekkasi  hayot  va 

o‘limning chegarasi bo‘ladi. Okean Prometeyni Zevs bilan mu-

rosaga keltirishga urinadi. Zevsning avlodlaridan tabiatning 

ilk uyg‘onish xudosi Apollon alohida o‘rinda turadi. U san’at 

homiysi hamda davolovchi xudo. Apollonning singlisi Artemi-

da ovchilik ma’budasi va yoshlarning homiysi. Germes moddiy 

mo‘l-ko‘lchilik xudosi, keyin savdo, aldamchi va o‘g‘rilar xudosi, 

keyinchalik esa notiqlar va sportchilar homiysi. Dionis (Vakx)

ga tabiat kuchlari, uzumchilik va vinochilik xudosi deb sig‘in-

ganlar. Jangovar Afina donolik ma’budasi sifatida shuhrat qo-

zondi.


Yunon diniy dunyoqarashi bo‘yicha xudolar odamlarga 

o‘xshab azob chekishlari, insoniy his-tuyg‘uga ega bo‘lishlari 

mumkun edi. Yunonlarning fikri bo‘yicha odamlar va xudolar 

dunyolari o‘rtasida o‘tib bo‘lmaydigan chegara yo‘q edi. Ularni 

bog‘laydigan bo‘g‘in sifatida xudolar va yerdagi ayollarning alo-

qasi natijasida tug‘ilgan qahramonlar (yarim xudolar) bo‘lgan. 

Misol uchun, o‘z qahramonliklari uchun xudolar safiga kiritil-

gan Gerakl shunday edi.

Alohida polislarning homiylari hisoblangan xudolar va 

qahramonlarga bag‘ishlab ibodatxonalar qurilgan va ko‘p 

sonli qurbonliklar keltirilgan. Eng qadimgi yunon ibodatxo-

nalari yog‘ochdan qurilgan, keyinchalik hashamatli ibodat-




399

xonalar tosh va marmardan qurilgan. Ibodatxonalar xudolar 

haykallari,  mifologik  tasvirlar  bilan  bezatilgan.  Afina  Ak-

ropolida qurilgan Erexteyon afsonaviy ma’bud Erextey, Afina 

shahri homiysi  ma’buda  Afinaga,  dengiz  ma’budi  Poseydon-

ga bag‘ishlangan. Ba’zi ibodatxonalar oldida ibodat qilayot-

gan kohinlar xudolardan kelajak to‘g‘risida bashoratlarni 

so‘rashlari mumkin edi. Xudo mehrobiga 100 qoramol qur-

bonlik (gekatomba) keltirilgan. Qurbonlikka hayvonning ich ki 

a’zolari berilib, go‘shti esa polisning barcha fuqarolari uchun 

bazmda ishlatilgan. Bayram tadbirlarida sport, musiqa, poetik 

musobaqalar alohida o‘rin tutgan. «Xudolar» ishtiroki bilan 

tantanali teatr tomoshalari uyushtirilgan. Homiy xudo shara-

figa uyushtiriladigan bayram polis-shaharning kuch-qudrati-

ni namoyishi sifatida polisning barcha fuqarolari birligining 

eng yuqori cho‘qqisi deb qaralgan. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish